Biznes tizimlar tahlili va loyihalash




Download 22.08 Kb.
Sana20.04.2024
Hajmi22.08 Kb.
#202258
Bog'liq
biznes mustaqil ish Ubaydullayev I
O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232, 1 labaratoriya ishi S.I

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI





“BIZNES TIZIMLAR TAHLILI VA LOYIHALASH”

fanidan

“Biznes tizimini ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash vositalari” mavzusida

MUSTAQIL ISH





Guruh: AT-servis 031-19

Bajardi: I.D.Ubaydullayev

Tekshirdi: Sh.A.Anarova




Toshkent 2024


Axborot tizimlarining hayot sikli.
Reja:

  1. Kirish

  2. Biznes uchun kerakli vositalar.

  3. Biznesda asosiy vositalar.

  4. Biznes uchun avtomatlashtirish ahamiyati.

  5. Xulosa.

Kirish.
Ma’lumki, hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalarida ko‘plab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Ularni yaratish, faoliyat olib borish va keng tarqalishidan asosiy maqsad jamiyatning axborotlashtirish muammolarining еchimi hisoblanadi. Respublikamizning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida axborot kommunikatsiya texnologiyalari muhim o‘rin egallashini nazarga tutgan holda hukumatimiz tomonidan bir qator qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda vazirlik va idoralar tomonidan sohaning tashkiliyhuquqiy bazasini tashkil etuvchi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi turli tashkilot va korxonalarda axborot tizimlaridan foydalanish bilan uzviy bog‘liq. Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalarini boshqaruvchilar, mutaxassislar, texnik xodimlar uchun axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda axborotlarni to‘liq va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga yordam beruvchi zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi
Inson, jamoa va tashkilotning samarali faoliyati ko‘p jihatdan axborotga egalik darajasi va undan samarali foydalanish imkoniyatiga bog‘liq. Boshqacha aytganda, biror to‘g‘ri qarorni qabul qilishdan avval axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish kerak. Istalgan sohada to‘g‘ri qaror qabul qilishda katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash zarurati mavjud, buni osonlashtirish uchun esa maxsus texnik va dasturiy vositalarni jalb etish mumkin. Buning natijasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tayangan yangi axborot tizimlarini yaratishga talab ortib bormoqda. Tashkilot, korxona yoki muassasalarning tashkiliy-huquqiy bazasidan qat’i nazar aynan dolzarb va aniq axborotga egalik bilan bir qatorda, ularga mos ravishda ushbu axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning samarali usul va uslublaridan foydalanish muvafaqqiyatning asosiy garovi hisoblanadi.
Qo‘llanmada axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy elementlari va ularning faoliyatining nazariy jihatlari, ularning axborot, texnik, dasturiy ta’minoti, tashkiliy ta’minoti, shuningdek, axborot tizimlari va texnologiyalari iqtisodiyoti masalalari ochib 5 berilgan. Shuningdek, axborot xavfsizligi tushunchasi, tahdid turlari, himoya qilish usullari va vositalari tavsiflangan.
Korxona va tashkilotlarning ma’lumot-huquqiy, boshqaruv, moliyaviy boshqaruv, avtomatlashtirilgan hujjat aylanishi, buxgalteriya hisobi, bank ishi kabi axborot tizimlarida zamonaviy amaliy axborot texnologiyalarining tuzilishi, funksionalligi, foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan. Axborot texnologiyalari va tizimlarini loyihalash, ularni axborot bilan ta’minlash, amaliy dasturiy ta’minotni tanlashning asosiy masalalari ko‘rib chiqiladi.
Download 22.08 Kb.




Download 22.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biznes tizimlar tahlili va loyihalash

Download 22.08 Kb.