O‘quv fan bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishlarining baholash me’zonlari
Baholashko‘rsatkichlari va me’zonlari
Ko‘rsatkichlar
Baholar
5
4
3
2
Tayanch bilimlarini
aniqlash:
“Blits so‘rov”
usulidagi faolliklari
Savollarga
to‘liq javob
beradi.
Savollarga
noto‘liq
javob
beradi.
Savollarga
qisman
javob
beradi.
Savollarga
umuman
javob
bermaydi.
Bilimlarini
mustahkamlash:
“Muammoli
vaziyat” usulidagi
faolliklari
Masalani
to‘liq tahlil
qilib
savollarga
to‘liq javob
beradi
Masalani
to‘liq tahlil
qilib
savollarga
noto‘liq
javob
beradi.
Masalani
to‘liq tahlil
qilib
savollarga
qisman
javob
beradi
Masalani
tahlil qila
olmaydi
savollarga
javob
bermaydi
Жами:
5
4
3
2
Adabiyotlar ro’yhati:
1.A.Hudoyberdiyev:”Tadbirkorlik v abiznes asoslari”T.2009yil
1.Tаdbirkоrlik tushunchаsi vа uning mоhiyati.
Tadbirkorlik deganda kishilarning foyda
olish maqsadida, tavakkalchilik asosida
o‘z mablag‘lari, mulki, bilimi va
imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatish faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlik, boshqacha qilib aytganda,
ishbilarmonlik yoki biznes deb ham yuritiladi. Bunday faoliyat bilan
muvaffaqiyatli shug‘ullana oladigan insonlarni tadbirkorlik layoqati bor
kishilar
yoki tadbirkor, ishbilarmon yoki biznesmenlar deb atashadi.
Tadbirkorlik — kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida, o‘z
mablag‘i, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish faoliyati.
Tadbirkorlar– foyda olish maqsadida tovar va xizmatlar yaratish uchun
tavakkalchilikni zimmasiga oladigan kishilar.
2. Хususiy kоrхоnа vа uning хususiyatlаri.
Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqarila- digan tijoratchi
tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik
subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
O'zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 558-II-sonli «Xususiy
korxona to'g'risida»gi qonuni, 3-modda
3.Mаs’uliyati chеklаngаn jаmiyat, аfzаlliklаri vа kаmchiliklаri.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis
hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulush- larga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati
mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan
jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va
jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati
doirasida javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi
310-II-sonli «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar
to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING AFZALLIKLARI
Mas’uliyati cheklangan jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy
korxonadan farqli o‘laroq, ishtirokchilarning ulushini qo‘shish orqali, qisqa
muddat ichida katta hajmdagi mablag‘larni jamlash imkoniga ega.
Agar xususiy korxonada faqat jismoniy shaxs ta’sischi bo‘la olsa, mas’uliyati
cheklangan jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar ta’sischi bo‘lishi mumkin
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining javobgarligi ularning ulushi
doirasida cheklanadi. Ishtirokchilar korxona faoliyatida shax- siy mehnati bilan
ishtirok etishi shart emas. Jamiyatning joriy faoliyatini ta’sischilari tomonidan
saylangan yoki tayinlangan direktor boshqaradi.
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING KAMCHILIKLARI
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan chek- lab
qo‘yilishi uning ustav fondini yangi a’zolar hisobiga kengaytirishga to‘sqinlik
qiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota olmaydi yoki
boshqalarga taqdim eta olmaydi. Natijada jamiyat tarkibidan chiqishda ulushning
bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularning qiziqishlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha ishtirokchilarning roziligini
olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib ketishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri qarorlar qabul
qilinishi riskini vujudga keltiradi.
4.Qishlоq jоylаridа tаdbirkоrlik.Ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda 51
foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashaydi. Biroq qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmaydi.
Agrar soha mah- sulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga ham yetmaydi.
Holbuki, rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi. Shu
munosabat bilan qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish bo‘yicha kompleks dastur
ishlab chiqish lozim
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.
Mirziyoyev
Shaxsiy yordamchi xo‘jalik - qishloq joylarda yashovchi fuqarolarning o‘z
tomorqasidagi shaxsiy mehnati orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish
bilan shug‘ullanishiga asoslangan oilaviy xo‘jalik.
5.Dеhqоn хo‘jаligi. Fеrmеr хo‘jаligi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik
Dehqon xo‘jaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila
boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida tashkil etiladi. U oila a’zolarining
shaxsiy mehnati asosida yuritiladi. Dehqon xo‘jaligi ikki ko‘rinishda tashkil
etilishi mumkin:
1)
yuridik shaxsni tashkil etgan holda;
2)
yuridik shaxsni tashkil etmagan holda.
Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq
xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi
subyektdir.
O'zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi 662-II-sonli yangi tahrirdagi
«Fermer xojaligi to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
Fermer xo‘jaligiga qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi yerlar mahalliy ken- gashlar
tomonidan meros qoldirish huquqi bilan 50 yilgacha muddatga ijaraga beriladi.
Fermer xo‘jaligi ham mehnatga layoqatli yoshdagi oila a’zolaridan, ham yollanma
ishchilardan foydalanishi mumkin
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)
tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga
oshirishdir.
O'zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli yangi
tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonuni, 6-
modda