Ma’ruza
Har bir tadbirkor o‘z faoliyati, moliyaviy
manbalarini hisobga olgan holda o‘zi
uchun
biznes-reja ishlab chiqadi. Shu sababli hamma
uchun bir xil mos tushadigan biznes-rejalar
mavjud bo‘lmaydi. Agar sizda biron- bir biznes-
g‘oya mavjud bo‘lib, uni amalga oshirish bo‘yicha
biznes-reja
ishlab
chiqmoqchi
bo‘lsangiz,
taxminan quyidagi tarkibiy qismlarni shakl-
lantirishingiz taqozo etiladi.
Biznes-reja o‘z mohiyatiga ko‘ra, quyidagi uch muhim vazifani baja- radi:
birinchidan, korxona, firma va
kompaniyaning, shu bilan birga, jamoa
a’zolarining asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi;
ikkinchidan, g‘oya yoki birlamchi loyihaning amaliy harakat dasturi
shakliga keltirilgan hujjat sifatida hisob-kitoblar, sarf-xarajatlar, biznesni
tashkil qilish va yuritishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
uchinchidan, faoliyatni moliyalashtirish, kredit resurslaridan foydalanish,
shuningdek, sarmoyador sheriklarni hamkorlikka jalb etishda asos vazifasini
bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti biznes reja tadbirkorlikning barcha sohalarida qo‘llaniladigan
guyo bir mehnat qurolidir. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma raxbarlarinish
o‘z maqsadlariga erishishlarini, birinchi o‘rinda ishning daromadliligini qay tariqa
oshirish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgai biznes reja firmani
o‘sib borishga, bozorda o‘z mavqeini qo‘lga kiritishiga, o‘z taraqiyotining
istiqbollarini belgilab olishiga va yangi tovarlar chiqarish
xamda xizmat turlarini
yaratishga xamda mo‘ljallarni to‘g‘ri amalga oshirishga yordam beradi. Biznes reja
doimiy xujjat bo‘lib, u muntazam yangilanib borilali, unga xam firmaning ichida,
xam umuman iqtisodiyotdagi sharoitlarga qarab, ro‘y bergan o‘zgarishlar kiritiladi.
Biznes reja firmaning muayyan bozordagi faoliyatning aniq yo‘nalishini o‘rganish
maqsadida o‘tkaziladigan tadqiqotlar va tashqiliy ishning nagijasi bo‘lgani sababli,
u quyidagilarga asoslanadi:
-malum tovarni ishlab chiqarishning aniq loyihasiga, yangi turdagi buyumlar
yaratish yoki yangi xil xizmatlar ko‘rsatishga;
-firmaning zaif va kuchli tomonlarini aniqlab, o‘ziga xos xususiyatlarini va o‘ziga
o‘xshash boshqa firmalarlardan farqlarini aniqlab olish maqsadida, xar tomonlama
o‘tkaziladigan ishlab chiqarish, xo‘jalik va tijorat taxliliga;
-aniq vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan moliyaviy, texnikiqtisodiy
va tashqiliy mexanizmlarga.
Biznes reja bir qancha vazifalarni xal qilishga imkon beradi, bularning asosiylari
quyidagilaridir:
-firma
taraqqiyoti
yo‘nalishlarining
iqtisodiyjihatdan
maqsadga
muvofiqligini asoslash;
-faoliyatning
kutilayotgan moliyaviy
natijalarni, sotuv xajmlarini,
sarmoyadan olinadigan daromadlar, foydani xisoblab ko‘rish;
-tanlab olingan strategiyani amalga oshirish uchun kerakli mablag‘lar manbaini,
yani moliyaviy resurslarni jamlash usullarini belgilash;
-mazkur rejani amalga oshira oladigan xodimlarni tanlab olish.
Rejaning xar bir bandini boshqa bandlar bilan bog‘langan xolda olib yechish
mumkin. Biznes reja bo‘lg‘usi sheriklar bilan muzokoralar
olib borilayotganda
biznes taklif uchun asos bo‘lib xizmat kiladi, u firmaning asosiy xodimlarini ishga
taklif etishda katta rol o‘ynaydi. Biznes reja firmaning nafaqat ichki xujjati
bo‘libgina qolmay, balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda xam
foydalanish mumkin. Biznes reja u tadbirkorga tanglik xolatlarini to‘g‘ri baxolash
imkonini beradi va undan olib chiqib ketish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida
boshqaruv samaradorligini ortishini xarakterlaydi. Qo‘shimcha ma’lumot kelib
tushishi va ma’lum tajribaga ega bo‘lish bilan maqsad va vazifa moslanib olinadi.
Biznesrejaningboshmaqsadi - firmanining ko‘zlagan maqsadiga erishishi, reja-
iqtisod bo‘limi xodimlariga va sarmoyadorlarga tanlangan yo‘lning maqsadga
muvofiqligini ko‘rsatib berishdir.
Bundan tashqari biznes reja tadbirkorlarning quyidagi savollariga javob xam
beradi:
-Biznesning joriy xolati (Biz qayerda turibmiz?);
•
Ko‘zlangan maqsad (qaysi tomonga xarakat qilmoqdamiz?);
•
Eng qulay yo‘l (maksadga qanday erishamiz?).
Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, biznes rejada xozirgi xolatda
ko‘zlangan maqsadga erishishning samarali yo‘lllari ko‘rsatilishi joriy maqsadlarga
erishishi o‘rta va uzoq davrlardagi vazifalari xal etilishi aks ettiriladi. Xulosa qilib
aytishimiz mumkinki, biznes reja tadbirkorlarning ish quroli bo‘lib, rivojlanayotgan
kichik biznes sub’yektlari faoliyatida katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik ish
yurituvchilar, tadbirkorlar, korxona (firma) raxbarlari «Biznes reja» qachon kerak
deyilganda, bankdan ssuda yoki sarmoyadordan qarz mablag‘i
olishda zarur
bo‘ladigan xujjat deb xisoblaydi. Shu sababli ayrim qo‘shimcha mablag‘ talab
etilmayligan, korxonalar biznes reja tuzmaydilar.
O‘z navbatida rejalashtirish jarayonini to‘lig‘icha to‘g‘ri tushunmaydilar va uning
afzalligi, foydasi xaqida yetarli tasavvurga xam ega bo‘lmaydilar. Bunday
karashlar noto‘g‘ri xisoblanadi. Mulk formasidan qat’iy nazar barcha tadbirkorlik
faoliyati uchun biznes reja zarurdir. Biznes rejalar kimlarni ko‘prok qiziqtiradi.
Uasosan xo‘jalik faoliyat yurituvchilar va investisiya (sarmoya)ga muxtoj
bo‘lganlar uchun tuziladi.
Sodda qilib biznes rejalardan foydalanuvchilarni quyidagi 3 guruxga kiritish
mumkin:
1.Ish yurituvchilar.
2.Mulkdorlar.
3.Sarmoyadorlar.
Ish yurituvchilar odatda biznes reja tuzuvchisi va bajaruvchi xamdir. Kam e’tibor
berilsada, ish yurituvchining imkoniyati biznes rejada emas balki uni rejalashtirish
jarayonida yuqori bo‘ladi. Mulkdorning biznes reja tuzishdan manfaatdor bo‘lishi
o‘z firmasini kelgusidagi rivojlanishi xaqida ma’lumotga ega bo‘lishdir. Kichik
korxonalarda ish yurituvchi bir vaqtning o‘zida mulkdor xam bo‘lishi mumkin yoki
xar xil rolni bajarishi xam mumkin, ya’ni biznes reja tashqilotchisi, bajaruvchisi va
nazorat olib boruvchisi. Odatda biznes rejalar banklar uchun tuziladi. G’arb
banklarining ko‘pchiligiga biznes rejalarni taqdim etilishi majburiydir.
Kredit
beruvchilar biznes rejani axborotlarni qo‘shimcha manbai sifatida ko‘radilar, ya’ni
kredit berish xaqidagi qarorlarni qabul qilishda unga asoslanadilar