Blokcheyn texnologiyalariva moliyaviy xizmatlar transformatsiyasi




Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana28.02.2024
Hajmi0.59 Mb.
#164243
1   2   3   4
Bog'liq
blokcheyn-texnologiyalariva-moliyaviy-xizmatlar-transformatsiyasi
Qoch bolam, qush keldi, YENGIL ATLETIKA, dasturlash motiv, Axloqning tarkibi va funksiyalari, Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi, 020503, Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahami, 1 Amaliy ish, markaz 1, kitob, Desktop - 5, 11-Mavzu. Iplarni qayta o’rash jarayonining maqsadi va moxiyati., invoice, Davronbek Baltayev
MUHOKAMA 
Bu xolda iste’molchilar bevosita boshqa iste’molchilardan qarz olishi ham mumkin 
bo‘ladi. Bu ayniqsa, bank hizmatlari bilan qamrab olinmaganlar va butun dunyo bo‘ylab faoliyat 
yuritadigan halqaro tadbirkorlar uchun juda muhim amaldir. Moliyaviy bozorlar har kuni butun 
dunyo bo‘ylab umumiy qiymati trillionlab dollarni tashkil qiladigan moddiy aktivlarni 
ayirboshlashga imkon beradi. Savdo bu – investitsiyalash, birjada o‘ynash, xedjirlash va arbitraj, 
jumladan, bitimdan keyingi kliring tsikli, tartibga solish va saqlash maqsadida aktivlar va 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
346 
moliyaviy vositalar sotish va sotib olishdir. Blokcheyn tizimi har qanday tranzaksiyalarni 
tartibga solish vaqtini hafta va kunlardan daqiqa va soniyalargacha qisqartirishga imkon beradi.
Kompaniyayoki yangi korxonaga investitsiya kiritish kapital 
qiymatining ortishi, dividendlar olish, foizlar, renta va ularning xilma-xil kombinatsiyalari 
ko‘rinishida daromad olish imkonini beradi. Raqamli tarmoq mexanizmi investorlarni 
tadbirkorlar va kompaniyalar egalari bilan rivojlanishning «farishta» bosqichidan tortib, 
IPOgacha va uning boshqa turli rivojlanish bosqichlarida uchrashtirgan holda ko’plab bozorlar 
vujudga keltiradi. Mablag‘lar jalb qilish odatda vositachilarni, masalan, investitsion banklarni, 
venchurli investorlarni va huquqshunoslarni talab qiladi. Blokcheyn tizimi esa ularning yuqorida 
tavsif etilgan ko‘plab funksiyalarini avtomatlashtiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pirringli 
moliyalashtirish uchun yangi modellardan foydalanishga imkon beradi, shuningdek, dividendlar 
hisoblash va tegishli kupon to‘lovlarini amalga oshirishni yanada samaraliroq, shaffofroq va 
ishonchliroq qiladi.
Qiymatni sug‘urta qilish va risklarni 
boshqarishning amalga oshirilishi. Risklarni boshqarish va uning xususiy holati bo‘lgan 
sug‘urtalash xususiy shaxslar va kompaniyalarni ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlar va haloqatlardan 
himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Kengroq ma’noda moliya bozorlarida risklarni boshqarish, 
ularni oldindan aytish yoki nazorat qilish hamda qiyin bo‘lgan hodisalarni xedjirlash uchun bir 
talay hosila, murakkab strukturalangan moliyaviy mahsulotlar va vositalar yuzaga keltirgan. 
So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi davrda barcha ommaviy ochiq bo‘lgan hosila qimmatli 
qog‘ozlarning nominal qiymati 600 trln dollarni tashkil qilar ekan. Blokcheyn tizimi sug‘urta 
qilishning nomarkazlashgan modellarini qo‘llabquvvatlaydi, bu esa risklarni boshqarish hamda 
hosila qimmatli qog‘ozlardan foydalanish jarayonini yanada shaffofroq qiladi. Insonning ijtimoiy 
va iqtisodiy kapitaliga, uning harakatlari va boshqa nufuzga oid ko‘rsatkichlarga asoslangan 
blokcheyn tizimining o‘zi sug‘urta qiluvchilarga aktuar riskni yaxshiroq tushunish va turli 
jarayonlardan xabardor bo‘lgan holda qaror qabul qilishiga imkon yaratadi.
Qiymatlar buxgalteriya hisobining amalga oshirilishi. Buxgalteriya hisobi 
– iqtisodiy jarayonlar qatnashchilari haqidagi moliyaviy axborotni o‘lchash, 109 qayta ishlash va 
uzatishdir. Ko‘p milliardlab mablag’lar aylanadigan ushbu tarmoqni to‘rtta audit gigantic
ya’ni,Deloitte Touche Tohmatsu, 
PricewaterhouseCoopers, Ernst & Young va 
KPMGkompaniyalari nazorat qiladi. An’anaviy buxgalteriya hisobi amaliyotchilarizamonaviy 
moliyani tezligi va murakkabligi tufayli unchalik yaxshi boshqara olmayaptilar. Blokcheyn 
taqsimlangan registrini qo‘llaydigan yangi usullar ea audit va moliyaviy hisobotlarni shaffof 
qiladi va ularni real vaqt rejimida faol olib borishga imkon beradi. Shuningdek, utartibga 
soluvchi organlar va boshqa manfaatdor shaxslarning korporatsiya ichidagi moliyaviy faollikni 
kuzatib borish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.Blokcheyn shuningdek, davlatning 
moliya hizmatlari sohasini nazorat qilishdagi roli haqidagi munozaralarni ancha jonlantirib 
yubordi. Agar ularni so‘zning keng ma’nosida kommunal hizmatlar sifatida qabul qiladigan 
bo‘lsak, odatda davlat tomonidan qattiq tartibga solinadigan xomashyo monopoliyalariga 
o‘xshatish mumkin bo’ladi. Biroq, blokcheyn texnologiyasi risklarni pasaytirish hamda 
shaffoflik va tezkorlikni oshirishni va’da qilishi sababli, texnologiyaning o‘zi tartibga solish 
funksiyalarini bajaradi. Biroq, agar tartibga soluvchi organlar banklar va bozorlarda ichki 
jarayonlarga yo‘l topish imkoniga ega bo‘lsa, unda ayrim qonunlarni soddalashtirish, 
boshqalarini esa umuman bekor qilish mumkindir? Bu savolga javob berish ancha qiyin masala. 
Bir tomondan, tartibga soluvchi organlar innovatsiyalar ulkan tezligini hisobga olgan holda 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
347 
o‘zining nazorat funksiyasini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan, banklar 
davlat nazoratidan chetda qolib ketgan holatda bir necha marta halollikni ham yodidan chiqarib 
qo‘yishgan.Tadbirkorlar uchun investorlar izlab topish – jiddiy o‘zgarishlar kutib turganmoliya 
hizmatlari industriyaining sakkizta funksiyasidan biridir. Qimmatli qog‘ozlarni qisman 
joylashtirish, aksiyalar va xususiy investitsiyalarni tijorat kapitaliga birlamchi va ikkilamchi 
joylashtirish (PIPE) orqali aksiyadorlik kapitali to‘plash jarayoni 1930-yillardan buyon jiddiy 
o‘zgarishlarga uchramadi.
XULOSA 
Endilikda esa, barchamizga ma’lum va mashhur bo’lgan kraudfanding platformalari 
kichik biznesning internet orqali kapitalga yo‘l topishi mumkinligini ko’rsatdi. Horijiy 
mamlakatlarda qo’llaniladigan Oculus Rift va Pebble Watch platformalari – ushbu modelning 
birinchi qadamlari desak ham bo’ladi. Lekin avvlagidek, qatnashchilar kapitalni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xarid qila omlaydilar.
 
REFERENCES 
1. Melanie Swan. Blockchain: Blueprint for a New Economy, 2015,
2. Roger Wattenhofer. The Science of the Blockchain. 2016.
3. Phil Champagne. The Book of Satoshi: “The Collected Writings of Bitcoin Creator Satoshi 
Nakamoto”;
4. Jeremy Clark. Bitcoin, blockchain, cryptocurrency, cryptology (A detailed and technical 
study of Bitcoin, blockchain, cryptocurrency, and cryptology.
5. Jacob William. Blockchain: The Simple Guide To Everything You Need To Know. 2016. 

Download 0.59 Mb.
1   2   3   4




Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Blokcheyn texnologiyalariva moliyaviy xizmatlar transformatsiyasi

Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish