Mavzu: iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo'llari. Reja: kirish




Download 46,88 Kb.
bet1/7
Sana25.01.2024
Hajmi46,88 Kb.
#146085
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida mahsulot tannarxini-fayllar.org


Mavzu: iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo'llari. Reja: kirish

MAVZU: IQTISODIYOTNING YETAKCHI TARMOQLARIDA MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRISH YO'LLARI.

REJA:
KIRISH.
  1. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari va uning tasniflanishi.


  2. Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va samaradorligini oshirish uslublari.


  3. O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash borasida erishilgan natijalar.


  4. Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash va tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari.




XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.








KIRISH.



Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda mamlakatimiz hukumati ishlab chiqarishda samaradorlikni oshirishga va maxsulot tannarxini pasaytirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bunda ishlab chiqarish korxonalarini takshil etish va ularning restrukturizasiyasi bo’yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, joylarda sanoat ishlab chiqarishiga e’tiborning pastligi ham kuzatiladi. Jumladan, 2020 yilda Samarqand viloyati bo’yicha ishlab chiqarishda sanoat ulushining 19,8 %ni tashkil etishi achinarli holdir. Bu esa ushbu sektorda faoliyat ko’rsatayotgan barcha ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishini faollashtirish, raqobat va ishlab chiqarish muhitini shakllanishini jadallashtirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda milliy iqtisodni yanada erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish dasturini qabul qilinishini ishlab chiqarish korxonalarini jadal rivojlantirish ustuvor vazifa qilib qo’yildi. Bu haqida Respublikamizni Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: «...Biz o’z oldimizga kichik, o’rta va xususiy biznesning nafaqat yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarishda yuqori o’rinni egallashga erishishimiz, balki aholi farovonligini va daromadlarini o’sishi, ayniqsa kichik shaharlar va qishloq joylarda bandlik muammosini muhim manbai bo’lishi kerakligi haqidagi vazifani qo’yamiz1» - deb alohida ta’kidlagan edi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun xarakatdagi qonunchilik xujjatlariga tegishli qo’shimchalar kiritildi, ishlab chiqarish korxonalarini qo’llab-quvvatlash tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilib uni amaliyotda tadbiq etish yo’lga qo’yildi.
Hozirgi vaqtda respublikada ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va ularni rivojlantirish bo’yicha moddiy-texnika ta’minoti hamda zamonaviy asbobuskunalarni joriy etish bo’yicha izlanishlar va tadqiqotlar muntazam olib borilmoqda.
Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish korxonalarida zamonaviy texnologiyalarning yetishmasligi, bu boradagi axborotlarning taqchilligi, marketing, menejment va moliyaviy boshqaruv bo’yicha savodxonlikning pastligi, maxsulot sifati pastligi va ishlab chiqarish tannarxining yuqoriligi, huquqiyme’yoriy xujjatlarning takomillashtirilmaganligi kabi muammolar mavjud.
Bu muammolar ko’p jihatdan ishlab chiqarish korxonalarida xarajatlarning m’yoridan ortib ketishiga yo’l qo’ymoqda. Bu esa muammoning yetarli darajada o’rganilmaganligi, xorijiy davlatlarning bu sohadagi yutuqlari joriy etilmaganligi bilan bog’liqdir.
Yuqorida ko’rib chiqilgan holatlar mazkur dissertasiya izlanishlari mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.

Download 46,88 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 46,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo'llari. Reja: kirish

Download 46,88 Kb.