2. KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI PASAYTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USLUBLARI.
Ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirishning rivojlanish yo’nalishlari uslublariga ilm-fan taraqqiyoti bevosita ta’sir qiladi. Chunki fan-texnika taraqqiyoti uslublarni uzluksiz takomillashtirish, ularni qo’llash sifati va samaradorligini oshirishga olib keladi.
Ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish faoliyatining vositasi sifatida ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish uslublari ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirishning subyektiv tomonini o’zida gavdalantiradi. Bundan ular hohlagan vaqtda, asossiz tanlanishi mumkin degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Ishlab chiqarish korxonasida uslublarning tarkibi va mazmuni ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish qonuniyatlarini o’zida gavdalantirgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni harakat natijalaridan hosil topadi.
Shunday qilib ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish uslublari qo’yilgan maqsadga erishish uchun ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish obyektiga ta’sir o’tkazish ma’nosini anglatadi. Ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish uslublari o’zini mazmuni jihatidan iqtisodiy, ma’muriy-tashkiliy, ijtimoiypsixologik uslublardan tashkil topadi. Ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish uslublari tizimida iqtisodiy uslublar markaziy o’rin egallaydi.2
Ishlab chiqarish korxonasida iqtisodiy uslub iqtisodiy mexanizmlar orqali ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish obyektiga ta’sir ko’rsatish ma’nosini anglatadi. Ishlab chiqarish korxonasida bunday holda korxonaning ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish organi boshqariladigan obyektga ish haki, mukofotlash, rag’batlantirishning turli shakllari, imtiyozlar, chegaralashni yumshatish, defisit resurslar bilan ta’minlash, iqtisodiy erkinlikni kuchaytirish kabi iqtisodiy mexanizmlardan foydalanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, iqtisodiy istak nafaqat ijobiy rag’batlantiruvchi omilga tayanadi, balki soliqlar, to’lovlar, daromaddan ushlab qolish va hatto jarima (sanksiyalari)ga ham tayanadi. Iqtisodny uslublarning harakati sharoitida pastki bo’g’inlarga markazlashgan ta’sir ko’rsatish susayadi. Iqtisodiyotning pastki bo’g’inlari mustaqil ravishda qarorlar qabul qilshi uchun katta huquq va imkoniyatlarga ega bo’ladi. Ishlab chiqarish korxona va xo’jaliklarning o’z-o’zini ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirishga o’tishi amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirishni iqtisodny uslublarining hozirgi paytdagi o’zgarish omillaridan eng asosiysi ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirishni tik chiziqli shaklidan gorizontal shakliga o’tish hisoblanadi.
Bunda ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish obyektiga ta’sir nafaqat yuqori ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish organlari tomonidan, balki ishlab chiqarish korxona bilan bog’langan mijozlar, iste’molichilar tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish korxonasida bunday ta’sir qilish uslublari o’z ifodasini o’zaro majburiyatlar, bitimlar va shartnomalarda topadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy uslublarning qo’llanilishi o’zining ijobiy samaralarini beradi. Tashkiliy-ma’muriy uslublar iqtisodiy uslublardn farq qilib, ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish obyektiga, ya’ni mehnat jamoalari va alohida xodimlarga bevosita buyruq farmoyish asosida ta’sir o’tkazishga asoslanadi.
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonasida ushbu uslubni ko’p hollarda ko’rsatma tariqasidagi yoki buyruqga oid uslub deb ataydilar. Bunday ko’rsatma va buyruqlar pastki bo’g’inlar tomonidan majburan bajariladi.
Ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirishni bu uslubining mantiqi -
"Boshliqning buyrug’iga bo’ysunadigan xodimlar uchun bajarilish qonuni" degan mazmunni anglatadi. O`shbu ma’muriy uslub asosan bozor iqtisodiyotiga xos bo’lmagan markazlashgan tamoyillar tizimiga xosdir.
Tashkiliy-ma’muriy uslub o’zining mazmuniga ko’ra ikki turga bo’linadi:
tashkiliy va ma’muriy ta’sir ko’rsatish. Ishlab chiqarish korxonalarida tashkiliy ta’sir ko’rsatish birinchidan, xo’jalik ishlab chiqarish texnologiyasi, investisiya va marketing faoliyatini takomillashtirishni, tashkiliy va texnologik me’yorlar va nizomlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Ikkinchidan, tashkiliy ta’sir ko’rsatish, ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayrim mehnat turlarini bajarish uslublarini aniqlaydi.3
O`chinchidan, ishlab chiqarish korxonasida tashkiliy ta’sir ko’rsatish texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, kompyuter texnologiyasidan foydalanish, berkitilgan vositalardan unumli foydalanishni ta’minlaydi.
Qayerda va qaysi vaqtda korxonalarda tashkiliy jihatdan o’zgarishlar sodir bo’lib qolsa (bu jarayonda doimo rivojlanish va takomillashtirish tendensiyasi mavjud) o’sha yerda tashkiliy ta’sir ko’rsatishga amal qilish zaruriyati tug’iladi. Ishlab chiqarish korxonasida tashkiliy ta’sir ko’rsatish o’z samarasini faqat uni ma’muriy ta’sir bilan to’ldirilgandagina beradi. Chunki, har qanday ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy tuzilmasi ichida o’zining turli xizmatga oid sifatlari, xususiyatlari, dunyoqarashi va hatto ba’zi vaqtda qo’yilgan umumiy vazifani turlicha tushunishi bilan bir-birovidan farq qiladigan insonlar harakat qiladi.
Ishlab chiqarish korxonasida bunday sharoitlarda bo’g’inlar o’rtasidagi tashkiliy aloqalarni saqlab turish uchun korxona jamoalariga ma’muriy ta’sir ko’rsatish zarur bo’lib koladi.
Ma’muriy ta’sir ko’rsatish amaliyotda buyruq farmoyish va ko’rsatma shaklida namoyon bo’ladi. Buyruq - bu ma’muriy-ijrochi faoliyatini tartibga solib turuvchi ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish faoliyati hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonasida bajarilishi muqarrar bo’lgan buyruqlarni faqat ishlab chiqarish korxona rahbari beradi. Buyruqlarni ishlab chiqish jarayonida unga kiritilgan masalalarni chuqur tahlil qilish va shu soha bo’yicha bilimdon mutaxassislar maslahatini inobatta olishga e’tibor berilishi lozim.4
Ishlab chiqarish korxonasida buyruqlardan farqli farmoyishlarni rahbarlardan tashqari ularning muovinlari va o’zining vakolat doirasida funksional bo’lim boshliqlari berishi mumkin. Farmoyishda ham xuddi buyruqdagidek masalalar aniq va tushunarli yoritilishi, ijrochilar, ijro sanasi va nazorat shakllari ko’rsatilishi lozim va farmoyishlarda uni bajarilishining aniq muddati ko’rsatiladi.
Ma’muriy ta’sir ko’rsatishning amalga oshirish vositasi ko’rsatma hisoblanadi. Odatda, ular og’zaki shaklda beriladi. O`nda qo’yilgan vazifalarning bajarish muddati aniq ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish korxonasida ma’muriy ta’sir ko’rsatish organlarining qo’ygan vazifalarini amaga oshirish uchun uzluksiz nazorat qilishni yo’lga qo’yish kerak.
Har bir buyruqni bajarilish nazoratini shaxsan rahbar yoki uning vakolati bilan uning vakili amalga oshiradi. Ayniksa, rahbarning shaxsiy nazorati haddan tashqari muhim hisoblanadi. Chunki, bu o’z vaqtida buyruqni bajarish bo’yicha paydo bo’lgan chetlanishlarni payqab, uning oldini olish imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirish uslublari ichida ijtimoiy-psixologik uslublar muhim o’rin egallaydi. Ijtimoiy-psixologik uslublar bu mehnat jamoalari va ayrim xodimlarga turli psixologik mexanizmlar orqali ta’sir ko’rsatish orqali ishlab chiqarishni samaradorlikni oshirishni amalga oshirishdir.
3. O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING BARQAROR SUR’ATLARINI TA’MINLASH BORASIDA ERISHILGAN NATIJALAR.
Mamlakatimizda mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tilgan davrdan boshlab Prezidentimiz tomonidan har bir yil yakuniga ko’ra erishilgan yutuq va natijalarni sarhisob qilib, kelgusi yilda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni belgilab olish an’anaviy tarzda amalga oshirilib kelmoqda. Bu tadbirning o’ziga xos ijobiy jihatlari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
birinchidan, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning samaradorligi, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish chora-tadbirlari hamda dasturlarining izchil va puxta asoslanganligini baholash;
ikkinchidan, xalqimizning yil davomidagi fidokorona mehnati natijalarini
e’tirof etish;
uchinchidan, kelgusi yilda ustuvor e’tibor qaratish lozim bo’lgan vazifa va yo’nalishlarni belgilash, yetarli darajada foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash;
to’rtinchidan, iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari, mamlakatimizning barcha hududlaridagi iqtisodiy salohiyatni o’zaro muvofiqlashtirilgan holda yanada to’laroq safarbar etish va boshqalar.
Ma’lumki, 2018 yilda AQSh ipoteka kreditlash tizimida boshlanib, ko’plab rivojlangan mamlakatlarning moliya tizimini ishdan chiqargan, keyinchalik iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy sohaga sezilarli ta’sir ko’rsatib, katta talofatlar yetkazgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga kelishining dastlabki pallasidayoq O’zbekistonda inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilgan va izchillik bilan amalga oshirish boshlab yuborilgan edi. Prezidentimizning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo’llari va choralari» nomli asarida mazkur dasturda belgilangan quyidagi kompleks chora-tadbirlar ko’rsatib o’tilgan edi:
korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish;
joriy kon’yunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag’batlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratish;
qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish;
elektroenergetika tizimini modernizasiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish;
jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llabquvvatlash.
Bugungi sharoitda esa bunday ijobiy o’zgarish iqtisodiyotimizning istiqboldagi taraqqiyoti uchun g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Aytish kerakki, tashqi qarzlar aksariyat hollarda uzoq muddatga, faqat iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizasiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha investisiya loyihalarini moliyalash uchun jalb qilinmoqda.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash borasida e’tiborli jihatlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 noyabrdagi 4051-sonli «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq:
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar bo’yicha maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;
kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag’larini to’ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo’yicha – Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 foizidan 50 foiziga;
kichik biznes subyektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari bo’yicha maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi.
Kreditlashda bunday ahamiyatli imtiyozlarning belgilanishi mazkur soha vakillari tomonidan kreditga bo’lgan talabning va ayni paytda ularga berilayotgan kredit hajmining yildan-yilga oshib borishiga olib kelmoqda. Jumladan, 2015-2018 yillar davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga berilgan jami kreditlar miqdori 4,4 barobar, mikrokreditlar miqdori esa 7,1 barobar oshgan.
Shu o’rinda tijorat banklari kreditlari to’g’risida so’z borganda ularning maqsad yo’nalishlari jihatidan tarkibi ham takomillashib borayotganligini ta’kidlash lozim.
So’nggi o’n yilda iqtisodiyotning real sektorlarini kreditlashga yo’naltirilgan ichki manbalar 25 barobardan ziyodroq ko’paydi. 2019 yilda jami bank kreditlari tarkibida uzoq muddatli kreditlarning ulushi 78,3 foizni tashkil etgan.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, mamlakatimizdagi bank-moliya sohasining tobora mustahkamlanib borishi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar moliyaviy ta’minotining kuchayishiga, iqtisodiyot real sektorining har tomonlama qo’llab-quvvatlanishiga hamda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarining ta’minlanishiga zamin yaratmoqda.
4. IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI KORXONALARINI QO’LLAB-QUVVATLASH VA TANNARXNI PASAYTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. O`shbu maqsadga erishish uchun esa eng avvalo iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur bo’ladi.
Shunga ko’ra, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi (2.1-rasm).
4.1-rasm. Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlashning asosiy yo’nalishlari
Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo’llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, kooperasiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutdi.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq sohasi bo’lib, u o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa xizmat ko’rsatish tarmoqlarini oladi.
Ishlab chiqarishni modernizasiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizasiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovasion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Kooperasiya aloqalari – turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida ma’lum mahsulotni tayyorlash bo’yicha uzoq muddatli aloqalarni o’rnatish.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko’lamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – ayrim mahsulotlarimiz tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida»gi (2018 yil 28 noyabr) 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo’lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi.
Kreditor qarzdorlik – korxona, tashkilot yoki muassasaning tegishli yuridik yoki jismoniy shaxslarga to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’lari bo’lib, ular me’yordagi (muddati o’tmagan) hamda muddati o’tgan qarzdorliklarga bo’linishi mumkin.
Mahsulot tannarxi – mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog’liq barcha xarajatlar.
O`shbu vazifani amalga oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi (2.2-rasm).
4.2.-rasm. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari
Natijada 2020 yil mobaynida sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi 18 foizga, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati,
«O’zmetkombinat» aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, «O’zeltexsanoat» uyushmasi, «O’zqurilishmateriallari» kompaniyasi singari va boshqa korxona va tarmoqlarda 20-25 foizga kamaydi. Jumladan, respublikamizda iqtisodiyot komplekslari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo’yicha erishilgan natijalarni quyidagi jadval orqali ko’rishimiz mumkin (2.2jadval).
|