1. Medianing boshqa axborot xizmatlar bilan munosabati. Media va axboriy savodxonlikning vazifasi. Mediaga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan sohalar




Download 290.33 Kb.
Sana14.04.2024
Hajmi290.33 Kb.
#195415
Bog'liq
19 Mavzu Medianing boshqa axborot xizmatlari bilan o\'zaro munosabati
Masofaviy talim, 1- Amaliy ish, ReadMe UzLAp Office 2003, Ecological Glossary, Давомад, Is jurgiziw terminler sozligi, «oliy matematika» fanining «differensial tenglamalar», 15-mavzu Grafik organayzerlar. Reja Interfaol metodlar mohiyat, Abyektivka, Idrokning xususiyatlari va patalogiyasi, Xotira va Xayol tasavvurlari haqida tushuncha, Individual loyiha fanidan-fayllar.org (1), [ islew kerek]1-4 AMELIY TAPSIRMALAR APP QQ (2), Statistika

19-Mavu: Medianing boshqa axborot xizmatlari bilan o’zaro munosabati
Reja:
1.Medianing boshqa axborot xizmatlar bilan munosabati.
2.Media va axboriy savodxonlikning vazifasi.
3.Mediaga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan sohalar.
1. Medianing boshqa axborot xizmatlar bilan munosabati. MAS insonning raqamli olamda, barcha xalqlarning ijtimoiy ishtirokini ta’minlaydigan asosiy huquqi vazifasini o‘taydi. Media va boshqa axborot xizmatlari, ya’ni kutubxonalar, arxivlar va internet butun dunyo insonlari uchun butun mavjud axborotning to‘liqligini hisobga olgan holda, qarorlar qabul qilishda yordam beradigan muhim vositalar sifatida tan olingan. Bundan tashqari, ular orqali jamiyat o‘zlari haqida haqiqatni o‘rganadigan, aholi bilan suhbat qura oladigan va birlik tuyg‘usini yaratadigan vositalar bo‘lib hisoblanadi. Kommunikatsiya va axborot kanallari butun hayot davomida o‘rganishga katta ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega, shu sababli fuqarolar media va boshqa axborot tizimlari (kutubxonalar, arxivlar, internet va boshqa.) qanday faoliyat yuritishlarini va ularni qanday baholash kerakligini anglab yetishlari kerak.
2. Media va axboriy savodxonlikning vazifasi. Media va axboriy savodxonlikning vazifasi aynan ushbu bilimlarni foydalanuvchilarga yyetkazishdan iborat. MAS o‘zida quyidagi tushunchalarni aks ettiradi:
a) demokratik jamiyatda media, kutubxonalar, arxivlar va boshqa axborot tizimlarining vazifalarini;
b) ommaviy axborot vositalari va axborot tizimlari bu vazifalarni samarali bajarishlari uchun shartlarni; d) ushbu vazifalarning bajarilish sifatini taklif qilinayotgan kontent va xizmatlar orqali baholash usullarini;
U shbu tushuncha, o‘z navbatida, foydalanuvchilarga ongli ravishda kommunikatsiya va axborot kanallari bilan o‘zaro ta’sir qilish imkoniyatini beradi. MAS orqali egallanadigan kompensiyalar fuqarolarda tanqidiy fikrlashning ko‘nikmalarini rivojlantirishga qodir bo‘lib, bu ularga media va boshqa axborot ta’minotchilaridan yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etishni talab qilish imkoniyatini beradi. Jamiyat OAVga ma’lum talablarni belgilab, ularning faoliyati talablarga javob bermagan holda, ularning ommaviy tanqid uchun ochiq bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada, bunday tizim kattalashtiruvchi ko‘zgu sifatida xizmat qilib, u orqali OAVni bajarilgan vazifalari hamda bu vazifalarni ular bajaradigan sharoitlar va ularning faoliyati auditoriya tomonidan qanday qabul qilinishi nuqtai nazaridan baholash mumkin.

O‘qituvchilarning MASini oshirmagan holda, o‘qitilayotgan insonlarda MASni oshirishning iloji yo‘q. Aynan o‘qituvchilarga yo‘naltirilganlik, samaradorlikning ko‘p marotaba oshirilishi ta’minlaydigan asosiy strategiya hisoblanadi; axboriy jihatdan savodxon o‘qituvchilardan boshlab talabalargacha va umuman olganda, jamiyatgacha. 3.Mediaga O‘zaro bog‘liq bo‘lgan sohalar. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan sohalar mediasavodxonlik va axboriy savodxonlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni turlicha talqin qiladigan ikkita ilmiy maktab mavjud. Maktablarning bittasiga qarashli vakillar axboriy savodxonlikni, uning tarkibiy qismi mediasavodxonlik bo‘lgan, yanada kengroq ko‘lamdagi tadqiqotlar sohasi deb hisoblaydilar. Boshqa maktabning nuqtai nazaridan esa, axboriy savodxonlik kengroq soha bo‘lib, hisoblangan mediasavodxonlikning atiga bir komponenti bo‘lib hisoblanadi. Biroq, YUNESKO qoshidagi xalqaro ekspertlar guruhi media va boshqa axborot xizmatlari o‘rtasidagi nafaqat farqli taraflarni, balki umumiy xususiyatlarni ham ta’kidlab o‘tdilar. Quyida, biz tomondan ko‘rib chiqilayotgan sohada, sayyoramizning turli burchaklarida mutaxassislar bugungi kunda qo‘llay olgan atamalar keltirilgan:


• Media savodxonligi;
• Axboriy savodxonligi;
• O‘z-o‘zini ifodalash erkinligi va axboriy savodxonligi;
• Kutubxona savodxonligi;
• Yangiliklar savodxonligi;
• Kompyuter savodxonligi;
Internet savodxonligi;
• Raqamli savodxonligi;
• Kino savodxonligi;
• Elektron o‘yinlardan foydalanish savodxonligi;
Television savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonligi.
YUNESKO ekspertlari tomonidan qayd etilgan mezonlar bilan hamjihatlikda ishlab chiqilgan. Uning mavzulari, uslubiyati va amaliyoti har qanday auditoriyani media savodxonlikning ko‘nikmalariga o‘rgatish uchun moslashtirilgan. Lekin qo‘llanmaning asosiy ixtisoslashuvi yetarli darajada o‘ziga xos va oddiy bo‘lmagan auditoriya – tarbiyasi og‘ir va ijtimoiy zaif yoshlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan.

Mustahkamlash uchun savollar.


1.Medianing boshqa axborot xizmatlar bilan munosabati haqida yozing.
2.Media va axboriy savodxonlikning vazifasi haqida gapirib bering. 3.Mediaga O‘zaro bog‘liq bo‘lgan sohalarni sanab bering.
Download 290.33 Kb.




Download 290.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Medianing boshqa axborot xizmatlar bilan munosabati. Media va axboriy savodxonlikning vazifasi. Mediaga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan sohalar

Download 290.33 Kb.