Bob. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi




Download 42.7 Kb.
Sana05.07.2023
Hajmi42.7 Kb.
#76317
Bog'liq
Bob. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
PEDAGOGIK, Moliya

BOB. PUL MABLAG’LARI VA HISOB-KITOBLAR HISOBI
1.1. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobini tashkil etish
Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini xalqaro
miqyosda qabul qilingan andozalar darajasida bo’lishini taqozo qiladi. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini to’g’ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni
takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifasidan biri hisoblanadi. Bundan tashqari
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari harakati jarayonlarini takomillashtirish
masalasi ustida izlanishlar olib borilish lozim. Chunki republikamizda bu jarayonlarda
ayrim muammolar mavjud.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlanishi
shartnomaviy munosabatlar asoslarda mehnat vositalari va kreditlarini xarid qilish, mahsulot
(ishlar, xizmatlar) ni sotish-sotib olish bitimlar tuzilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
o’rtasida kengayib bormoqda. Bundan tashqari, byudjet, banklar, sug’urta organlari, turli
jamoat tashkilotlari, xayriya fondlari, bevosita xodimlar va hokazolar bilan to’lov
muomalalari amalga oshirilmoqda. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, fuqarolarning g’oyatda
keng va xilma-xil doirasi bilan amaliy aloqalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining
muntazam va ob’ektiv jihatdan muqarrar shartiga aylanmoqda. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar o’rtasidagi har xil to’lovlar va o’zaro hisob-kitoblar natijasida pul qarzi tusini
olgan mulkiy majburiyat ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Barcha mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’lari, xoh u
xususiy bo’lsin, xoh qarzga olingan bo’lsin, kassadan o’tuvchi pul qoldiqlari va aylanishdan
foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida
saqlanishi lozim. Bank xo’jalik yurituvchi sub’ektning schyotlardan pulni o’tkazish va
berish to’g’risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt
o’rtasidagi shartnomada ko’zda tutilgan boshqa muomalalarni o’tkazish haqidagi
farmoyishlarini bajaradi.
Hisob-kitoblar ushbu ikki shaklda: naqd pulsiz o’tkazishlar yo’li bilan va naqd pulli
to’lovlar tarzida amalga oshirilishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisob-kitob
schyotini ochish uchun bankka ariza, notarius tomonidan tasdiqlangan ta’sis shartnomasi va
ustavini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar asosida bank vaqtinchalik hisob-kitob schyotini
ochadi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kapital badallari summasini qabul qiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tuman xokimligida, adliya boshqarmalarida, auditorlik firmalari
va xorijiy kompaniyalar Adliya vazirligi va soliq inspektsiyasida ro’yxatga olinganidan
so’ng bankka ma’lumotnoma taqdim qiladi so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari hamda
bosh buxgalterning notarius tasdiqlagan imzolari namunalari bo’lgan varaqa doimiy hisobkitob schyotini ochish uchun taqdim etiladi. Bank muassasasi bosh buxgalteri xo’jalik
yurituvchi sub’ekt ustavining asl nusxasida hisob raqamini ko’rsatgan holda schyot
ochilgani to’g’risida belgi qo’yadi va ushbu faktni gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Xo’jalik
yurituvchi sub’ekt o’zining hisob-kitob schyotida bo’lgan barcha mablag’larini unga
amaldagi qoidalariga muvofiq berilgan huquqlar doirasida erkin tasarruf etadi.
(“O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar qoidalari” O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1995 yil 19 avgustdagi majlisida 22-son
bayonnoma bilan tasdiqlangan.)
Barcha hujjatlar taqdim etilgandan so’ng bank xizmat ko’rsatishi haqida shartnoma
imzolanadi va bank rahbari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektga ma’lum bir hisob-kitob
schyoti nomeri beriladi hamda bank buxgalteriya apparati xodimi tomonidan xo’jalik
yurituvchi sub’ektning pul mablag’lari harakati hisobini olib borish uchun joriy schyot
ochiladi.
Hisob-kitob varag’idan to’lovlar mol etkazib beruvchilardan olingan TMZ va asosiy
vositalar, byudjet va sug’urtaga bo’lgan qarzlarini to’lash uchun, ish haqi berish uchun
kassadan naqd pul mablag’lari olinadi va boshqa maqsadlar uchun amalga oshiriladi. Har
bir to’lov xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan, ya’ni hisob-kitob varag’i egasi bilan kelishgan
holda amalga oshiriladi, lekin quyidagi hollarda bank xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob-
kitob schyotidan mablag’larni boshqa tashkilotlardan majburiy asosda echib oladi: moliya
organlarining buyruqlari asosida, agar soliqlarning to’lash muddati o’tib ketgan bo’lsa;
kreditdan foydalanganlik uchun foiz; bank xizmati uchun va hokazo.
Naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishda tomonlarning mas’uliyati har bir ishtirokchi
uchun belgilanadi. Masalan, mol etkazib beruvchi uchun bu – shartnomaga va yuklab
jo’natilgan mahsulotga muvofiq amalga oshirilgan pul ekvivalentini o’z vaqtida olish,
xaridor uchun – mol etkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilishi.
Shu bilan birga banklar ham mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, mijozlar oldida qabul
qilgan majburiyatlar bajarilmagani uchun shartnoma asosida moddiy javobgar bo’ladi;
ularning vazifalari – to’lov muomalalarini o’tkazishning belgilangan qoidalariga qat’iy
rioya etilishini amalda ta’minlash, xizmat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va
tashkilotlarning ishlab chiqish va to’lov muomalalarini tartibini yanada takomillashtirish
bo’yicha takliflar kiritishdir.
Bank orqali naqd pulsiz o’tkazishlar yo’li bilan to’lovlar shakli yordamida nafaqat mol
etkazib beruvchilar bilan ulardan sotib olingan moddiy boyliklar uchun yoki xaridorlar bilan
ular sotgan mahsulotlar, bajargan ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar, balki shuningdek
byudjet bilan soliqlar bo’yicha, turli xil debitor va kreditorlar, bosh (asosiy) kompaniya yoki
birlashma bilan (ichki doiraviy, ichki xo’jalik hisob-kitoblar), kasaba uyushma tashkiloti
bilan hisob-kitoblar hamda bir qancha boshqa to’lovlar amalga oshiriladi. 1.2. Pul mablag’lari va tashkilotlar o’rtasida hisoblashishlar hisobining vazifalari
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriyasi, odatda, barcha to’lov va hisob-kitob
muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq, o’z
vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag’lari, to’lovlar, hisob-kitoblar va kreditlarni
hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
• xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’larini samarali boshqarish maqsadlari uchun
kerakli axborot bilan ta’minlash;
• naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan
holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
• hisob registrlarida to’lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag’larining mavjudligi
hamda harakatini to’liq va tezkor aks ettirish;
• naqd pul mablag’laridan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlab chiqilgan limitlar va
smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;
• pul mablag’lari va o’zaro hisob-kitoblar holatining inventarlanishini tashkil etish hamda
belgilangan muddatlarda o’tkazish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini uzish muddatlari
o’tib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
• kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarda pullar mavjudligi va
butligini nazorat qilish;
• pul resurslarining harakat oqimini bashorat qilish va pul mablag’larining harakat oqimini
maqbul holga keltirishni tartibga solish bo’yicha tegishli boshqaruv qarorlarini tayyorlash.
Bosh buxgalter xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari bilan birgalikda quyidagilarni
ta’minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul mablag’larining to’liq hisobi, shuningdek,
boshqa xizmatlar (yuridik, moliyaviy va hokazo) rahbarlari bilan birgalikda debitorlik
qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, to’lov intizomiga rioya etish, pul
mablag’lari, to’lovlar bo’yicha o’zaro hisob-kitoblar va majburiyatlar holatini belgilangan
muddatlarda inventarlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish mumkin bo’lmagan,
da’vo qo’zg’ash muddati o’tib ketgan qarzlarni buxgalteriya balanslaridan o’chirish.
1.3. Naqd pul, kassa muomalalarining hisobini yuritish tartibi
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasidan naqd pulni olish va xarajatlash bilan bog’liq
bo’lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning bu
boradagi xatti-harakatlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Kassa
muomalalarini olib borish tartibi ”da belgilab berilgan. Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi 5000-“Kassa” hisobvarag’ida yuritiladi.
Mazkur schyot xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassalarida turgan pul mablag’lari va ularning
harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z kassalarida ularga belgilangan limitdan ortiq naqd
pullarni faqat ish haqi, mukofot, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar, stipendiya va
pensiyalarni to’lash uchun, bank muassasasidan pul olingan kunni ham qo’shib
hisoblaganda 3 bank ish kunidan oshmaydigan muddatda (bank muassasasidan ancha olisda
joylashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun 5 ish kuni) saqlab turishlari mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pullarni hisobot topshirish sharti bilan xizmat
safarlariga xo’jalik xarajatlari ekspeditsiyalar, geologiya-razvedka guruhlari, xo’jalik
yurituvchi sub’ekt rahbarlari ularga kassa xizmatlari ko’rsatuvchi tijorat banki bilan
kelishgan holda belgilagan miqdorlarda beradilar.
Xizmat safarlari xarajatlari uchun naqd pullar xizmat safariga yuborilayotganlarga
respublika hududida amal qiluvchi tartibga asosan belgilangan summalar miqdorida
beriladi.
Hisobot topshirish sharti bilan berilgan, lekin xarajatlanmagan naqd pullar shu mablag’
berilgan muddat tugaganidan keyin 3 ish kuni mobaynida xo’jalik yurituvchi sub’ekt
kassasiga qaytarilishi kerak.
Hisobot topshirish sharti bilan naqd pul olgan shaxslar xarajatlangan summalar
to’g’risida xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasiga (avtobus, yo’l pattalari,
mehmonxona pattalari, poezd pattalari, samolyot pattalari) hisobot berishlari shart.
Ilgari hisobot topshirish sharti bilan berilgan summalar yuzasidan to’liq hisobot
berilganidan keyingina yana hisobot topshirish sharti bilan naqd pul berilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa orderlari asosida
yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to’lov vedomostlari, pul berish
to’g’risidagi arizalar, to’lovnoma va boshqalar) ga asosan beriladi. Bu hujjatlarda chiqim
kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi bo’lishi lozim. Naqd pul olish uchun
to’ldirilgan hujjatlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari va bosh buxgalterning yoki ular
vakolat bergan shaxslarning imzosi bo’lishi kerak.
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, to’lovnomalar (schyotlar)
va boshqalarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining ijozat beruvchi imzosi bo’lgan
hollarda chiqim kassa orderlarida rahbar imzosi bo’lishi shart emas.
Chiqim kassa orderi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat bo’yicha alohida shaxsga pul
berayotganda kassir pul oluvchidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko’rsatilishini talab
qiladi, hujjatning nomi va raqamini, u kim tomonidan va qachon berilganini yozib oladi
hamda olinayotgan pulning miqdorini so’z bilan yozdiradi va pul oluvchiga imzo chektiradi.
Agar chiqim kassa orderining o’rnini bosuvchi hujjat bir necha shaxsga pul berish uchuntuzilgan bo’lsa, u holda oluvchilar ham yuqorida aytilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini
ko’rsatadilar hamda to’lov hujjatlarining tegishli ustuniga imzo chekadilar.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning xodimlari ro’yxatida turmaydigan shaxslarga pul
tuzilgan shartnomalar asosida har bir shaxs uchun alohida yoziladigan chiqim kassa orderi
bo’yicha beriladi.
Kassir pulni faqat chiqim kassa orderida yoki uning o’rnini bosuvchi hujjatda
ko’rsatilgan shaxsga beradi. Ayrim hollarda pul ko’rsatilgan tartibda rasmiylashtirilgan
ishonchnoma asosida olinadigan bo’lsa, chiqim orderi matnida pul oluvchining familiyasi,
ismi, otasining ismidan keyin pul olish uchun ishonch bildirilgan shaxsning familiyasi, ismi
va otasining ismi yozib qo’yiladi. Agar pul vedomosti bo’yicha berilayotgan bo’lsa, pul
olinganini tasdiqlovchi imzo oldidan kassir “Ishonchnoma asosida” deb yozib qo’yadi.
Ishonchnomani kassir olib qoladi va chiqim kassa orderiga yoki ishonchnomaga tikib
qo’yadi.
Kassir ish haqi, ish qobiliyatini vaqtincha yo’qotish nafaqasi, stipendiya, pensiya va
mukofotlarni har bir oluvchi uchun chiqim kassa orderi tuzmasdan, to’lov (hisob-kitob-
to’lov) vedomostlari bo’yicha beradi.
To’lov (hisob-kitob-to’lov) vedomostining yuzida pul berishga ruxsat etuvchi ustxat
yozilib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari va bosh buxgalterining yoki ular vakolat bergan
shaxslarning imzolari, pul berish muddatlari hamda so’z bilan yozilgan summa bo’lishi
shart.
Ish haqi sifatida bir marta to’lanadigan pullar (ta’tilga chiqayotganda, kasal bo’lganda
va hokazo), shuningdek, deponentdagi summalar, bir necha shaxslarga xizmat safari
xarajatlari uchun hisobot topshirish sharti bilan beriladigan pullar ham shu tartibda
rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya kassir tomonidan to’lov vedomostlariga kiritgan yozuvlarni tekshirib
berilgan va deponentga qo’yilgan summalarni inventarizatsiyalaydi. Deponentlashtirilgan
summalar bankka topshiriladi va ushbu topshirilgan summalar uchun bitta umumiy chiqim
kassa orderi tuziladi.
Buxgalteriya kirim kassa orderlari, ularning kvitantsiyalarni, shuningdek, chiqim kassa
orderlari va ular o’rnini bosuvchi hujjatlarni siyohli yoki sharikli ruchkada aniq-ravshan
qilib yozishi kerak. Kassa hujjatlarda biror yozuvlar o’chirilishi, chaplanishi yoki
o’zgartarilishiga, hatto tuzatish to’g’riligi qayd etilgan bo’lsa ham, yo’l qo’yilmaydi.
Quyidagi qoidaga rioya qilish tavsiya etiladi:
• kirim va chiqim kassa orderlarida ularni tuzish uchun asos bo’lgan hamda ilova qilingan
hujjatlar ko’rsatiladi; • kirim va chiqim kassa orderlarini yoxud ular o’rnini bosuvchi hujjatlarni pul
topshirayotgan yoki olayotgan shaxslar qo’liga berish taqiqlanadi;
• kassa orderlari bo’yicha naqd pul faqat ular tuzilgan kuni qabul qilinishi va berilishi
mumkin;
• kirim va chiqim kassa orderlarini yoki ular o’rnini bosuvchi hujjatlarni olayotganda kassir
quyidagilarni tekshirishi shart;
• hujjatlarda bosh buxgalter imzosi, chiqim kassa orderi yoki uning o’rnini bosuvchi
hujjatda esa xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari yoki u vakolat bergan shaxsning ijozat
ustxati borligi va haqiqiyligi;
• hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilgani;
• hujjatlarda qayd etilgan ilovalar mavjudligi.
Yuqoridagi talablardan birortasiga rioya etilmagan bo’lsa, kassir bu hujjatlarni
tegishlicha rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi.
Kassa kirim va chiqim orderlari bo’yicha pul berilgan zahoti kassir tomonidan
imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlar esa tegishli shtamp asosida “Puli to’langan” deb
yozib, sana (kun, oy, yil) ni ko’rsatish yo’li bilan hujjat yopiladi.
Kassa kirim va chiqim orderlari yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar kassaga
yuborilishidan oldin buxgalter tomonidan kirim va chiqim kassa orderlarini ro’yxatga olish
daftarida qayd etiladi. Ish haqi to’lash uchun mo’ljallangan to’lov (hisob-kitob-to’lov)
vedomostlarida rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari pul to’langanidan keyin ro’yxatga
olinadi.
Kassa kirim va chiqim hujjatlarini hisoblash texnikasi yordamida ro’yxatga olib borish
mumkin. Bunda tegishli kun uchun tuziladigan “Kassa kirim va chiqim orderlarini ro’yxatga
olish daftarining qistirma varag’i” mashinagrammasida pul mablag’lari ko’zlangan
maqsadlar bo’yicha harakatlanishining hisobini yuritish uchun kerakli ma’lumotlar yozilishi
ham ta’minlanadi.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektda bitta kassa daftari to’tiladi. Bu daftar sahifalari
raqamlangan, ipcha bilan tikilgan va uning uchi surg’uchli yoki mastikali muhr bilan
tamg’alangan bo’lishi lozim. Kassa daftaridagi varaqlar soni mazkur xo’jalik yurituvchi
sub’ekt yoki yuqori tashkilot rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassa daftariga yozuvlar kopirovka qog’ozi (qora qog’oz) orqali sharikli ruchkada 2
nusxada yoziladi. Sahifalarning ikkinchi nusxasi qirqib olinib hujjatlar ilova qilingan holda
kassir hisoboti sifatida topshiriladi. Varaqning siyohda yozilgan asl nusxalari kassa
daftarida qoladi.
9Kassa daftaridagi yozuvlar o’chirilishi hamda tasdiqlanmagan o’zgartishlar kiritilishi
man etiladi. Kiritilgan tuzatishlar kassir, shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ekt bosh
buxgalteri yoki uning vazifalarini bajarib turgan shaxs imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassir kassa daftariga yozuvlarni har bir order yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat
asosida pul olingan yoki berilgan zahoti yozadi. Ish kuni oxirida kun davomida bajarilgan
muomalalar yakunini hisoblab, kassadagi pul qoldig’ini keyingi kunga o’tkazadi va hisoboti
sifatida ikkinchi nusxa (kun davomida kassa daftariga kiritilgan yozuvlar nusxasi) ni kirim
va chiqim kassa hujjatlari bilan birga buxgalterga topshirib, unga kassa daftariga imzo
chektiradi.
Kassir moddiy javobgarlik to’g’risida tuzgan shartnomasiga muvofiq, o’zi qabul qilgan
barcha boyliklarni but saqlashi, qilgan xatti-harakatlari natijasida, ya’ni o’z vazifalariga
sovuqqonlik yoki nohalollik bilan qarash oqibatida xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazilgan
har qanday moddiy zarar uchun javob beradi.
Kassada inventarizatsiyasi bir oyda bir marta o’tkazilib, uning natijasi akt-taqqoslash
vedomostida tuziladi. Inventarizatsiya vaqtida pul kam chiqsa, u moddiy javobgar shaxsdan
undirib olinadi, ortiqcha chiqsa, u holda davlat byudjetiga o’tkaziladi.
Tekshirishni amalga oshirish jarayonida buxgalter quyidagi tartibga rioya qilishi kerak:
• Kassani tekshirish kassir ishtirokida amalga oshiriladi;
• Kassani tekshirish paytida barcha kassa jarayonlari to’xtatiladi. Agar xo’jalik yurituvchi
sub’ektda bir nechta kassa mavjud bo’lsa, o’tkazish holda buxgalter barcha kassalarni
muhrlaydi. Kassa kaliti kassirda,muhr esa bosh buxgalterda qoladi;
• Kassadagi naqd pullar va qimmatbaho qog’ozlar kassir va bosh buxgalter ishtirokida
birma-bir sanab chiqiladi. Pullar qanday holda bo’lishidan qat’iy nazar, to’liq sanab
chiqilishi lozim. Bank o’ramidagi pullar ham o’ramidan olib sanaladi. Sanash tugagach,
dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada kassadagi pullar belgilari bo’yicha alohida
ko’rsatiladi va ularning to’liq summasi yoziladi. Dalolatnomaga taftish hay’ati, bosh
buxgalter va kassir imzo chekadi. Kassa xarajat orderi bilan rasmiylashtirilmagan turli
xildagi tilxatlar, vedomostlar va schyotlar tekshirish jarayonida hisobga olinmaydi;
• Kassadagi sanalgan pullarning va qimmatbaho qog’ozlarning hammasi shu xo’jalik
yurituvchi sub’ektga tegishli hisoblanadi, chunki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va
shaxslarning pullari va qimmatbaho qog’ozlarini xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasida
saqlash ta’qiqlanadi;
• Kassadagi kamomad yoki ortiqcha pul mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotni auditor
dalolatnomada yoritadi, pul mablag’larining ko’p yoki kam chiqishi sabablari to’g’risida
kassirdan tushuntirish xati oladi. Kamomad summasi yoki suiiste’mol qilingan pulmiqdori haddan ziyod bo’lsa, buxgalter bu haqda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga
xabar beradi;
• To’g’ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini auditor kassirga tekshirish vaqtiga qoldiq
chiqarish uchun beradi. Agar tekshirish ish haqi berish davriga to’g’ri kelgan,
vedomostdagi pul qisman to’langan bo’lsa bu vedomost qoida bo’yicha biriktiriladi va
hisobotga qo’shiladi;
• Kassani tekshirish vaqtida kassadagi qimmatbaho qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar,
sertifikatlar), yoqilg’i-moylash TMZlarini olish talonlari, qat’iy hisobot blankalari, dam
olish uylari, sihatgohlarga yo’llanmalar va boshqa pul hujjatlari miqdori dalolatnomada
ko’rsatiladi.
Inventarizatsiya vaqtida barcha kassa hujjatlari ko’rib chiqiladi. Bankdagi hisob
raqamidan olingan pullarni kassaga to’la kirim qilinishi vedomostlarini taqqoslash orqali
aniqlaydi. Agar kassa kirim orderida, bank ko’chirmasida, kassir hisobotida yoki cheklar
koreshoklarida summalar mos kelmasa, ular bevosita bank muassasasiga borib tekshiriladi.
Bank ko’chirmalarida o’chirilgan summalar izi bo’lsa, to’g’rilangan summalar aniqlansa
yoki qoldiqlar mos kelmasa, o’tkazish holda bankdagi joriy raqamdan ishonchli
ko’chirmalar olinadi.
Buxgalteriya tomonidan olingan kassa hisobotlari va hujjatlariga ishlov beriladi. Har
bir yozuv mohiyatiga qarab tekshiriladi, birlamchi hujjat bilan solishtiriladi, shundan so’ng
hisobotga 5000 - “Kassa” hisobvarag’i bilan analitik korrespondentsiyalanadigan jamlama
schyot va schyotning shifri qo’yiladi. Kassir hisoboti bo’yicha kun boshidagi pul qoldig’ini
buxgalter avvalgi hisobotda ko’rsatilgan kun oxiridagi pul qoldig’i bilan solishtiradi va
chiqarilgan oborotlar hamda qoldiqning to’g’riligini tekshiradi.
Kassirning ishlov berilgan hisoboti asosida buxgalteriyada 5000-“Kassa”
hisobvarag’ining krediti bo’yicha 1 - jurnal-orderda va 5000- “Kassa” schyot debeti
bo’yicha 1- vedomostda kassa muomalalarining hisobi yuritiladi.
5000-“Kassa” schyot debet bo’yicha quyidagi schyotlar krediti bilan
korrespondentsiyalanadi: 9010-“Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan daromadlar” –
sotilgan mahsulotlar uchun kassaga kelib tushgan naqd pullarga; 9310-“Asosiy
vositalarning sotilishi va tugatilishidan foyda” – asosiy vositalarni naqd pulga sotishdan
olingan tushum summasiga; 9320–“Boshqa aktivlarni tugatishdan olingan foyda” – boshqa
moddiy boyliklarni naqd pulga sotishdan kassaga kelib tushgan summaga; 5110–“Hisob-
kitob schyoti” – bank muassasalaridan turli maqsadlar uchun olingan summaga; 9390 –
“Boshqa operatsion daromadlar” – debitorlardan pul kelib tushishiga va boshqa bir qator
schyotlar. 5000– “Kassa” hisobvarag’i kredit bo’yicha quyidagi schyotlar debeti bilan
korrespondentsiyalanadi: 5110 – “Hisob-kitob schyoti” – bankka topshirilgan naqd pullarga;
6510– “Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar” – ijtimoiy sug’o’rta fondidan kasallik
varaqalari bo’yicha to’lovlarga; 6710 – “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha
hisob-kitoblar” – naqd pul bilan berilgan ish haqi, mukofotlarga; 4220 – “Xizmat safari
uchun bo’naklar” - hisobot beriladigan bo’naklar to’lanishiga; 4210 – “Mehnat haqi
bo’yicha berilgan bo’naklar” – ijro varaqalari bo’yicha naqd pul, deponent summalarini
to’lashga va hokazo.
1-jurnal-order va 1-vedomostdagi joriy yozuvlar, shuningdek, ba’zi bir boshqa jurnal-
orderlardagi yozuvlar ham, ayrim schyotlar bo’yicha debet va kredit oborotlarini ushbu
schyotlar bo’yicha tahliliy hisob olib boriladigan jurnal-orderlar yoki vedomostlarga
ko’chirish uchun rasshifrovka varaqlarini tuzishga olib keladi.
Ma’lumotnoma keltirilgan shakl bo’yicha qo’lda, shuningdek, jamlaydigan, fakturali
mashinalarda va shaxsiy EHMlarda tuzilishi mumkin. Ma’lumotnoma kassirning har bir
hisobotiga tuziladi.
Qaydnoma 5000–“Kassa” hisobvarag’i bo’yicha jamlama va ayni vaqtda tahliliy
hisobning registri hisoblanadi. Vedomostga mashinada ishlov berish asosida debeti bo’yicha
– kirim muomalalarining, krediti bo’yicha - chiqim muomalalarining summalari
guruhlanadigan 5000- jamlama schyot (aktiv pul hisobvarag’i) dagi kassa muomilalarini aks
ettirish tartibi yotadi. So’ngra jamlama schyotlar bo’yicha 5000 - schyotga doir oborot
vedomosti tuziladi, undagi ma’lumotlar esa Bosh daftarga ko’chiriladi.
Kassa jarayonlarini inventarizatsiya paytida kassa hisobotlariga ilova qilingan quyidagi
shakldagi hisob hujjatlaridan: KO-3 va KO-4 “Kassa kirim va chiqim hujjatlarini ro’yxatga
olish jurnali”, KO-4 shakli “Kassa kitobi”, KO-5 shakli “Kassir tomonidan qabul qilingan
va tarqatilgan pullarni hisobga olish kitobi”, 5000- “Kassa” hisobvarag’i hisob registri, bosh
kitob va tekshirish davriga balans ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Shuning bilan birga, asosiy e’tibor kassa hujjatlarini rasmiylashtirishda: har bir hujjatda
xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari va bosh buxgalterning barcha xarajat varaqalaridagi pul
oluvchilarning imzolari borligiga, kassa hujjatlari yopilganligiga, ulardagi kirim hujjatlarida
“olindi”, xarajat hujjatlarida “to’landi”, degan shtamplarni qo’yilganligiga, aniq vaqtlar
ko’rsatilganligiga, o’chirishlar va to’g’rilashlar yo’qligiga qaratiladi.
Amaliyotlar shuni ko’rsatadiki, kassa sohasidagi suiste’mollar asosan ish haqi va
hisobdor shaxslarga berilgan pullardan aniqlanadi. Shuningdek, vedomostlarga
ishlamaydigan odamlarning qo’shilishi, berilgan summalarning jami ko’paytirib
ko’rsatilishi va kassa hisobotlariga xarajat hujjatlarini qaytadan qo’shish maqsadida ulardagi
vaqtlarni o’zgartirish hollari uchrab turadi.
12Kassa hujjatlarini tekshirish bir vaqtning o’zida kassa va moliya intizomiga rioya
qilishni tekshirish hisoblanadi.
1.4. Bank muassasalaridagi pul mablag’lari bo’yicha hisob-kitob, valyuta schyoti
va bankdagi boshqa schyotlarning hisobini tashkil qilish
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining bo’sh (vaqtincha ishlatilmayotgan) pul
mablag’larini bankda saqlashlari shart. Xo’jalik hisobidagi o’zining oborot mablag’lariga va
mustaqil balansiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun bank hisob-kitob
schyoti ochadi. Ushbu hisob-kitob schyotidan pul mablag’larini boshqa hisob-kitob
schyotiga o’tkazib qo’yish yo’li bilan naqd pulsiz hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining xarajatlanishi yoki o’tkazilishi xo’jalik
yurituvchi sub’ekt, ya’ni uning egasining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ayrim hollarda
hisob-kitob schyotidan pul mablag’i xo’jalik yurituvchi sub’ekt ruxsatisiz xarajatlanishi
mumkin; masalan, arbitraj sud buyruqlari asosida, byudjetga soliq va to’lovlarni o’z vaqtida
to’lanmagan bo’lsa va hokazo. Bank xo’jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag’larining to’g’ri
xarajatlanishi, ya’ni belgilangan maqsadga xarajatlanishi ustidan nazorat olib boradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyat yuzasidan hisob-kitob schyotiga
mablag’ quyidagi hollarda kelib tushadi:
1. xaridorlarga sotilgan mahsulot uchun;
2. xaridorlarga sotilgan ortiqcha TMZlar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa
tovar moddiy boyliklar uchun;
3. ta’sischilar badali sifatida;
4. davlat byudjetidan;
5. bankdan olingan kreditlar va boshqalar;
6. beg’araz yordamlar va xayriya fondlariga hadya qilganda.
Hisob-kitob schyotidan quyidagi hollarda pul to’lanishi mumkin:
1. mol etkazib beruvchidan sotib olingan xom ashyo, TMZ va boshqa tovar moddiy
boyliklar yuzasidan mol etkazib beruvchilardan bo’lgan qarz qaytarilganda;
2. bankdan olingan kreditlar qaytarilganda;
3. byudjetga har xil to’lovlar to’langanda;
4. kasaba uyushma tashkilotlariga ijtimoiy sug’urta ajratmalari o’tkazilganda;
5. kassaga ish haqi to’lash uchun naqd pul berilganda. Bank muassasasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisob-kitob schyotida qolgan mablag’
chegarasida uning egasining ko’rsatmalarini bajaradi, ya’ni hisob-kitob schyotidan mablag’
beradi yoki o’tkazadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt majburiyatlarini o’z vaqtida to’lashi
lozim.
Hisob-kitob schyotidan to’lanadigan mablag’ ma’lum tartibda, ya’ni hisob-kitob
hujjatlarining bankka kelib tushishi tartibiga qarab navbat bilan to’lanadi. Xo’jalik
yurituvchi sub’ekt, muassasa va tashkilotlar o’rtasida olib boriladigan hisob-kitobda
qo’llaniladigan hujjatlar hamma uchun bir xil bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1. To’lov talabnoma;
2. To’lov topshirig’i;
3. Hisob-kitob cheklari;
4. Inkaso topshiriqnomasi;
5. Aktsept.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ektning bankdagi hisob-kitob schyotida mablag’ bo’lmasa
yoki schyotni to’lash uchun mablag’ etishmasa, u holda hujjat bankning 2-nomerli maxsus
kartotekasida saqlanadi va schyotga mablag’ kelib tushishi bilan to’lanadi.
Bank muassasasi ma’lum belgilangan muddatda (schyot egasi bilan kelishilgan
muddatda) xo’jalik yurituvchi sub’ektga hisob-kitob schyotidan ko’chirma yuboradi.
Ko’chirmaga boshlang’ich hisob-kitob hujjatlari qo’shib topshiriladi. Ko’chirmada
operatsiya summasi, schyotdagi boshlang’ich va oxirgi qoldiq ko’rsatiladi. Buxgalteriya
xodimlari bankdan olingan ko’chirmadagi yozuvlarning to’g’riligini, ularni ko’chirmaga
ilova qilingan hujjatlardagi summalar bilan muvofiqligini diqqat bilan tekshiradilar. Hisob-
kitob schyotidagi operatsiyalar hisobini yuritish uchun 5100 - «Hisob-kitob» schyotidan
foydalaniladi.
Hisob-kitob schyotining debeti quyidagi schyotlar krediti bilan
korrespondentsiyalanadi:
4010 - sotish qilingan mahsulot uchun xaridordan kelib tushgan mablag’ yoki
bajarilgan xizmat uchun olingan mablag’ summasiga;
5010 - kassadan pulning qaytarilishi; 6810 - bankdan kredit olinganda;
4800 - debitorlar qarzi to’langanda;
Hisob-kitob schyotining krediti quyidagi schyotlar debeti bilan
korrespondentsiyalanadi:
5010-kassaga ish haqi to’lash va boshqa maqsadlar uchun;
naqd pul chek bilan berilganida;
6010 - mol etkazib beruvchilardan sotib olingan xom ashyo, TMZlar uchun qarz
to’langanda;
6410 - soliqlar byudjetga o’tkazilganda.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi hisob-kitob schyotdan ko’chirma va unga
ilova qilingan hujjatlarni har tomonlama tekshirgandan so’ng, hujjatlarni qayta ishlash
uchun hisoblash mashinalariga beradi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini
qo’llovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitob schyotining krediti bo’yicha
yozuvlar 2-jurnal-orderga, debeti bo’yicha yozuvlar esa 2- vedomostga yozib boriladi.
Jurnal-order va vedomostga yozuv bankdan olingan ko’chirma va unga ilova qilingan
hujjatlar asosida yoziladi. Jurnal-order va vedomostning oylik jami summasi «Bosh
kitob»ga ko’chiriladi.
Har bir ishlab chiqarish birlashmasi uchun bankda hisob-kitob schyoti ochiladi. Hisob-
kitob schyoti bosh xo’jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan tumanga xizmat qiluvchi bankda
ochiladi. Bosh xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashli filiallar uchun hisob-kitob schyoti
subschyotlari yoki joriy (tekushiy) schyotlari ochiladi.
Birlashma hisob-kitob schyotidan birlashma faoliyati bilan bog’liq hamma
operatsiyalar amalga oshiriladi. Hisob-kitob schyoti subschyotlari yoki joriy schyotga
birlashma hisob-kitob schyotidan mablag’ o’tkaziladi. Mablag’ ish haqi, mukofot to’lash,
mol etkazib beruvchilar schyotlarini to’lash, xo’jalik xarajatlarini qoplash va boshqa
maqsadlar uchun o’tkaziladi.
Chet el valyutasi bilan bog’liq muomalalarni hisobga olish:
1. chet el valyutasi, ya’ni boshqa davlatlarning banknot, xazinachilik bileti, tanga
ko’rinishida pul belgisi bo’lib, muomalada qonuniy to’lov vositasi sifatida qatnashadi.
Chet el davlatlarining schyotlardagi mablag’i, ularni pul birligidir yoki xalqaro pul va
hisob-kitob birligidir;
2. chet el valyutasi - qimmatli qog’ozlar ko’rinishida ham bo’ladi. Bular - to’lov hujjatlari,
cheklar, veksellar, akkreditivlar, fond qiymatliklari, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa
chet el valyutasida ifodalangan qarz majburiyatlari;
3. qimmatbaho metallar (oltin, kumush va boshqalar). Chet el valyutasi undan foydalanish nuqtai nazariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1. Erkin konvertirlanadigan;
2. Konvertirlanadigan;
3. Yakka holdagi.
Erkin konvertirlanadigan valyuta - bu erkin va cheklanmagan holda boshqa chet el
valyutalariga almashtiriladigan valyutadir (AQSh dollari, Angliya funt sterlingi, evro va
boshqalar).
Konvertirlanadigan valyuta - bu ishtirokchilar kelishgan o’zaro muqobil mablag’ va
majburiyatlar asosida naqd pulsiz hisob-kitobdagi valyutadir. U buxgalteriya yozuvi
ko’rinishida bank schyotlarida o’z ifodasini topadi.
Yakka holdagi (konvertirlanmaydigan) valyuta - bu milliy valyuta bo’lib, u faqat
bitta davlat chegarasida harakatda bo’ladi va boshqa chet el valyutasiga almashtirilmaydi.
Valyuta operatsiyalari - bu valyuta boyliklariga nisbatan O’zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda amalga
oshirilgan operatsiyalardir.
Chet el valyutasi va chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan
operatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Joriy valyuta operatsiyalari;
2. Kapital harakati bilan bog’liq bo’lgan valyuta operatsiyalari.
Joriy valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
1. Tovarlar, ish va xizmatlar eksporti va importi bo’yicha to’lovlarni kechiktirmasdan
amalga oshirish uchun chet el valyutasini Respublikaga olib kirish va Respublikadan
o’tkazish hamda 180 kundan oshiq bo’lmagan muddatga eksport-import operatsiyalarini
kreditlash bilan bog’liq bo’lgan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
2. 180 kundan oshiq bo’lmagan muddatga moliya kreditlarini olish va berish;
3. Respublikaga va Respublikadan foizlar, dividendlar va ulush bo’yicha boshqa
daromadlarni, kapital harakati bilan bog’liq investitsiyalar, kreditlar va boshqa
operatsiyalarni o’tkazish; savdo xarakteriga ega bo’lmagan mehnatga haq to’lash
summalari, nafaqa, alimentlar, hamda boshqa shunga o’xshash operatsiyalar
summalarini o’tkazish. Kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
1. to’g’ri investitsiyalar, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektni boshqarishda ishtirok etish
huquqini olish va daromad undirish maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustav
kapitaliga mablag’ qo’yish;
2. portfel investitsiyalari, ya’ni qimmatli qog’ozlarni sotib olish;
3. bino, inshoot va boshqa mulk, er va uning boyliklari qo’shilgan holda respublikaning
amaldagi qonunlariga ko’ra, uni joyi, ko’chmas mulkka mulkchilik huquqi to’lovini
o’tkazish, hamda ko’chmas mulk bo’yicha boshqa huquqlar, tovarlar, ish, xizmatlar
eksporti va importi bo’yicha 180 kundan ortiq bo’lgan muddatga to’lov muddatini
keyinga surish va taqdim etish;
4. 180 kundan ortiq bo’lmagan muddatga moliya kreditlari taqdim qilish va olish.
Valyuta bazasi bo’lib, O’zbekiston so’mi hisoblanadi. Bu shuni bildiradiki,
buxgalteriya hisobida hamma yozuvlar, bu yozuvlar aks ettirilgan xo’jalik operatsiyalarida
haqiqatda foydalanilgan valyuta turidan qat’iy nazar so’mlarda olib oriladi.
Valyuta kursi - bu auktsionlarda, birjalarda, xalqaro bozorlarda, tijorat banklari va
boshqa yuridik shaxs va fuqarolardan valyuta sotib olish - sotishda taklif va talab asosida
tarkib topadigan boshqa milliy yoki xalqaro valyuta bahosining so’mdagi ifodasidir.
Kurs farqlari - bu ularni buxgalteriya hisobida ro’yxat qilingan sanasi va haqiqatda
amalga oshirilgan hisob-kitob sanasi kursi bo’yicha valyuta aktivi va passivi baholari
o’rtasidagi farqdir.
Eksport - bu O’zbekiston Respublikasi bojxona hududidan qayta olib kirish
majburiyatisiz tovarlarni chetga chiqarish va chet ellik shaxslarga pullik xizmat faoliyati
natijalaridan huquq tavsiya etishdir.
Reeksport - bu O’zbekiston Respublikasi hududiga tashib keltiriladigan yoki tashib
keltirilmaydigan import tovarlarning eksporti bo’yicha operatsiyalaridir.
Chet el valyutasidagi hamma operatsiyalar hisobda, operatsiya yuz bergan sanaga
harakatdagi kurs bo’yicha ekvivalent summada aks ettiriladi. Ekvivalent summasi, valyuta
kursi asosida chet el valyutasini so’mga qayta hisoblash yo’li bilan aniqlanadi.
Xo’jalik operatsiyalarini ro’yxatga olish sanasi bilan, operatsiyalardan kelib chiqqan
holda har qanday pul pozitsiyalari bo’yicha aniq hisob-kitobni amalga oshirish sanasi
o’rtasidagi davrda valyuta kursidagi o’zgarish kurslar farqini vujudga keltiradi.
Kurs beqarorligiga qarab ijobiy va salbiy kurs farqlari vujudga keladi. 1.5. Bankdagi maxsus, akkredetiv, chek daftarlari va boshqa maxsus schyotlar
hisobi
“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning maxsus schyotlaridagi pul muomalalari
buxgalteriya hisobi 5500–“Banklardagi maxsus schyotlar” hisobvarag’ida yuritiladi.
Mazkur schyot mamlakatimiz hududida va undan tashqarida akkreditivlar, chek
daftarchalari, boshqa to’lov hujjatlari ko’rinishida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va
boshqa maxsus schyotlarda turgan milliy hamda xorijiy valyutadagi pul mablag’lari va
ularning harakati to’g’risidagi, shuningdek, aniq maqsadlar uchun moliyalash mablag’lari
(tushumlari) ning alohida saqlanadigan qismi harakati haqidagi ma’lumotlarni
umumlashtirishga mo’ljallangan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning valyuta mablag’lari banklarning tranzit va joriy valyuta
schyotlarida saqlanishi lozim.
Tranzit valyuta schyotida chet el valyutasida kelib tushgan mablag’larni o’tkazish bilan
bog’liq operatsiyalar hisobi yuritiladi.
Joriy valyuta schyoti esa chet el valyutasi tushumining bir qismini majburiy sotishdan
keyin xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladigan mablag’ni hisobga olishga
mo’ljallangan.
5500 – “Banklardagi maxsus schyotlar” schyot tarkibida quyidagi ilova schyotlar
ochilishi mumkin:
5510 - “Akkreditivlar”;
5520 - “Chek daftarchalari” va boshqalar;
5530- “Boshqa maxsus schetlar”.
5510- “Akkreditivlar” ilova hisobvarag’ida akkreditivlarda turgan mablag’lar harakati
hisobga olinadi. Akkreditiv shaklida hisob-kitob qilish tartibi Markaziy bank qoidalarida
belgilab qo’yilgan.
Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi bo’lib, bank bu hujjatni mijozning
topshirig’iga ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga ko’ra
akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot etkazib beruvchiga pul to’lashi yohud
shunday to’lovlar o’tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz
akkreditivda ko’zda to’tilgan hujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini
bajarishi shart qilib qo’yiladi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:
• qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan);
• qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan. Agar akkreditiv ochilayotgan vaqtda emitent bank to’lovchining o’z mablag’larini yoki
unga berilgan kreditni emitent bank majburiyatlari amal qiladigan butun muddatga
“Akkreditivlar” degan alohida balans hisobvarag’iga qo’yish uchun mahsulot etkazib
beruvchi banki (ijrochi bank) ixtiyoriga o’tkazsa, bu qoplangan (deponentlangan) akkreditiv
hisoblanadi.
Banklar orasida korrespondentlik munosabatlari o’rnatilgan hollarda qoplanmagan
(kafolatlangan) akkreditiv ijrochi bankda unga emitent bankning ijrochi bankdagi
hisobvarag’idan butun akkreditiv summasining chiqarib olish huquqini berish yo’li bilan
ochilishi mumkin.
Har bir akkreditivda u qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan shakldaligi aniq
ko’rsatilishi kerak. Agar shunday ko’rsatma bo’lmasa, akkreditiv qaytarib olinadigan, deb
hisoblanadi.
Qaytarib olinmaydigan akkreditiv uning asosida pul oladigan mahsulot etkazib
beruvchining roziligisiz o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Akkreditiv faqat bitta mahsulot etkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilish uchun
ochilishi mumkin.
Akkreditiv amal qiladigan muddat va hisob-kitob qilish tartibi to’lovchi bilan mahsulot
etkazib beruvchi o’rtasidagi shartnomada belgilab qo’yiladi. Shartnomada quyidagi
ma’lumotlar ko’rsatilishi zarur:
• emitent bank nomi;
• akkreditiv turi va uni ijro etish usuli;
• akkreditiv ochilganligi to’g’risida mahsulot etkazib beruvchiga xabar qilish usuli;
• akkreditiv bo’yicha pul olish uchun mahsulot etkazib beruvchi taqdim etadigan
hujjatlarning to’liq ro’yxati va aniq tavsifi;
• tovar jo’natilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati hamda ularni
rasmiylashtirishga doir talablar;
• boshqa zarur hujjatlar va shartlar.
Emitent kafolatlangan akkreditivlarni xaridor bilan kelishuvga ko’ra va boshqa bank
bilan o’rnatilgan korrespondentlik munosabatlari shartlariga muvofiq ochadi. Mahsulot
etkazib beruvchining banki bunday akkreditivlarni belgilangan tartibda ijro etadi.
Akkreditiv ochmoqchi bo’lgan to’lovchi o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka (emitent
bankka) akkreditiv uchun elektron ariza beradi. Bu arizada to’lovchi quyidagilarni
ko’rsatishi shart:
• akkreditiv ochish uchun asos bo’lgan shartnoma raqami;
• akkreditiv amal qiladigan muddat (akkreditiv yopiladigan kun va oy); • mahsulot etkazib beruvchining nomi;
• akkreditivni ijro etuvchi bank nomi;
• akkreditiv ijro etiladigan joy;
• akkreditiv bo’yicha to’lovlar o’tkazilishiga asos bo’ladigan hujjatlarning to’liq va aniq
nomi, ularni taqdim etish muddati va rasmiylashtirish tartibi (to’liq batafsil ro’yxat arizaga
ilova qilinishi mumkin);
• akkreditiv turi va unga doir zarur ma’lumotlar;
• akkreditiv qanday tovarlar yuklab jo’natish (xizmatlar ko’rsatish) uchun ochilayotgani,
tovarlar yuklab jo’natish (xizmatlar ko’rsatish) muddati;
• akkreditiv summasi;
• akkreditivni amalga oshirish usuli.
Eletron to’lov hujjatini to’g’ri rasmiylashtirish uchun to’lovchilar mahsulot etkazib
beruvchidan akkreditiv bo’yicha uning nomiga ochilgan schyot raqamini aniqlab olishlari
kerak.
Akkreditiv ochish to’g’risidagi ariza akkreditiv shartlarini bajarish uchun to’lovchi
bankiga zarur miqdordagi nusxalarda taqdim etiladi.
Bank muassasasiga kelib tushgan akkreditivlar hisobini yuritish uchun to’lovchi
bankida “puli to’lanadigan akkreditivlar” degan balansdan tashqari schyot ochiladi.
Ijroga qabul qilingan akkreditiv maxsus shakldagi daftarda ro’yxatga olinadi. Unda
sana, tartib raqami, mahsulot etkazib beruvchining nomi, akkreditiv muddati va summa
ko’rsatiladi. Akkreditivga o’tkazish daftarda ro’yxatga olingan tartib raqami beriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari akkreditivga kiritilishi 5500 –
“Banklardagi maxsus schyotlar” schyot debetida hamda 5110 – “Hisob-kitob schyoti” ,
5210 – “Valyuta hisobvarag’i”, 6810 – “Banklarning qisqa muddatli kreditlari” schyotlari
va shunga o’xshash boshqa schyotlarning kredit qismida aks ettiriladi.
5500 - “Banklardagi maxsus schyotlar” schyoti bo’yicha hisobga olingan
akkreditivdagi mablag’lar ulardan foydalanilishiga qarab (bank bergan ko’chirmalarga
muvofiq), odatda, 6010 – “Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblar” schyot debetiga o’tkazib boriladi. Akkreditivlardagi foydalanilmagan mablag’larni
bank ular olingan schyotda tiklagandan keyin bu summalar 5500 – “Banklardagi maxsus
schyotlar” schyoti kreditida 5110 – «Hisob-kitob schyoti” yoki 5210 – “Valyuta
hisobvarag’i” schyotlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Cheklar bilan hisob-kitob qilish tartibi Markaziy bank chiqargan qoidalarda belgilab
qo’yilgan. Hisob-kitob cheki - schyot egasi (chek beruvchi) ning hisobvarag’idan muayyan
summani oluvchi (chek ushlovchi)ning hisobvarag’iga o’tkazish to’g’risida bankning
maxsus blankida tuzilib, bankka yozma ravishda bergan topshiriqdir.
Hisob-kitob cheklari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar bilan jismoniy shaxslar o’rtasida naqd pulsiz hisob-kitob qilishda qo’llaniladi.
Hisob-kitob cheklari quyidagi turlarga bo’linadi:
• bank aktseptlamagan cheklar;
• bank aktseptlagan cheklar;
• egasining nomi yozilgan (hisob-kitob) cheklar – bir martalik;
• limitlangan daftarchalar cheklari.
Chek blanklari Markaziy bank bilan kelishib belgilangan andozada, tijorat banklarining
buyurtmalari bo’yicha tayyorlanadi. Chek daftarchalarining blanklari qat’iy hisobda
turadigan hujjatlar hisoblanadi.
Limitlangan chek daftarchalaridan berilgan cheklar ularni xizmat ko’rsatuvchi bankka
taqdim etish uchun 10 kun mobaynida amal qiladi. Bunda ular yozib berilgan kun hisobga
kirmaydi.
Cheklar to’lov summasi belgilangan vaqtda yozib boriladi. Chek daftarchalarining
egalari ularni mahsulot etkazib beruvchilar (chek bo’yicha pul oluvchilar) ga berishi,
shuningdek to’ldirilmagan chek blanklariga imzo chekib qo’yishi taqiqlanadi.
Daftarchadan cheklar berilayotganda mablag’lar deponentga qo’yilishi 5500 –
“Banklardagi maxsus schyotlar” schyot debetida hamda 5110 – “Hisob-kitob schyoti”, 5210
– “Valyuta hisobvarag’i”, 6810 – “Banklarning qisqa muddatli kreditlari” schyot va shunga
o’xshash boshqa schyotlarning kredit qismida aks ettiriladi. Bankdan olingan chek
daftarchalari bo’yicha summalar xo’jalik yurituvchi sub’ekt bergan cheklar puli to’lanishiga
qarab, ya’ni bank o’ziga taqdim etilgan cheklar pulini to’lagan (bank bergan ko’chirmalarga
muvofiq) summalarda 5500 – “Banklardagi maxsus schyotlar” schyot kreditidan hisob-
kitoblar hisobi yuritiladigan schyotlar debetiga o’tkazib turiladi. Berilgan, lekin bank pulini
to’lamagan cheklar bo’yicha summalar 5500 – “Banklardagi maxsus schyotlar”
hiosbvarag’ida qoladi; 5520 – “Chek daftarchalari” schyotida bo’yicha saldo bank bergan
ko’chirmadagi saldoga mos kelishi lozim. Bankka qaytarilgan (foydalanilmagan) cheklar
bo’yicha summalar 5500 – “Banklardagi maxsus schyotlar” schyotning kredit qismida 5110
– “Hisob-kitob varag’i” yoki 5210 – “Valyuta hisobvarag’i” schyotlari bilan
korrespondentsiyada aks ettiriladi.
5520 – “Chek daftarchalari” ilova schyot yuzasidan tahliliy hisob olingan har bir chek
daftarchasi bo’yicha yuritiladi. 5500 – “Banklardagi maxsus schyotlar” schyotda ochiladigan alohida analitik
schyotlarda aniq maqsadlar uchun moliyalashga ajratilib, bankda alohida saqlanadigan
mablag’lar (tushumlar) harakati hisobga olib boriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning alohida balans bilan ajratilgan va joriy xarajatlar
qilish uchun mahalliy bank muassasalarida joriy schyotlar ochilgan filiallari, unga kiruvchi
tarkibiy bo’linmalar yuqorida aytilgan mablag’lar harakatini 5500 – “Banklardagi maxsus
schyotlar” schyotning alohida analitik hisobvarag’ida aks ettiradilar.
Xorijiy valyutada pul mablag’lari mavjudligi hamda harakati hisobi 5500 –
“Banklardagi maxsus schyotlar” schyotida alohida yuritiladi. Mazkur schyotda tahliliy hisob
yuritilishi mamlakat hududida va xorijda akkreditivlar, chek daftarchalari va shu kabilardagi
pul mablag’lari mavjudligi hamda harakati to’g’risida ma’lumot olish imkoniyatini
ta’minlashi lozim.
Pul mablag’laridan chet el valyutasining hisobi kassa kitobida 1- va 2-jurnal-orderlarda
va shuningdek, 1- va 2-vedomostlarda so’m tengligida yuritiladi.
Valyuta schyotlaridan mablag’larni tegishli schyotga yozish O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda olib
boriladi.
Adliya vazirligi tomonidan 2001 yil 16 noyabrda 1085 - son bilan ro’yxatdan
o’tgazilgan “Buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda xorijiy valyutadagi
operatsiyalarni aks ettirish tartibi to’g’risida”gi Nizomga, 2003 yil 7 iyunda Adliya
vazirligida 1085-2 son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot
vazirligi, MB, Davlat Statistika qo’mitasining qarori bilan kiritilgan o’zgatirishlarga
muvofiq, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobot oyining so’ngi sanasida O’zR Markaziy
banki kursi bo’yicha balansning valyuta moddalarini qayta baholash natijasida yuzaga
kelgan kurs farqini ikki usulda hisobda aks ettirishlari mumkin:
• moliya-xo’jalik faoliyatining natijalariga bevosita kiritish usuli bilan: - musbat moliyaviy
faoliyatdan daromadlar hisobga olinadigan schyotalarga; - manfiy-moliyaviy faoliyati
bo’yicha xarajatlar hisobga olinadigan schyotlarda;
• jamg’arish usuli bilan: musbat-muddati kechiktirilgan daromadlar (kelgusi davrlar
daromadi) hisobga olinadigan schyotalarda, manfiy-kelgusi davrlar xarajatlari hisobga
olinadigan hisobvaraqlarda.
Ilgari jamg’arilgan hamda balansning valyuta moddalarini har oylik qayta baholashdan
yuzaga kelgan kursdagi musbat va manfiy farqlarning hisob siyosati qabul qilingan joriy
yilining oxiriga qadar har oyda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyati
natijalariga (teng baravar) hisobdan chiqariladi.
Misol tariqasida kurs farqlarini turli usullar bilan aks ettirilishini keltirib o’tamiz. Misol.
2001 yil “Guliston” korxonasi o’z ishlab chiqarishidan mahsulotni xorij firmasiga
sotdi. Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha maxsulotning qiymati 3000, shu jumladan QQS –
500 AQSh dollarini tashkil qildi. Xaridor keyingi oyda xo’jalik yurituvchi seb’ekt bilan
to’liq hisob-kitob qilib bo’ldi. Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha maxsulot qiymatidan 50 foiz
miqdorida oldindan to’lov to’landi. Dollar kursi quyidagicha bo’lgan:
• oldindan to’lov paytida – 1 dollar uchun 795 so’m;
• yuklash paytida – 1 dollar uchun 800 so’m;
• oy oxirida – 1 dollar uchun 805 so’m;
• valyuta hisob varag’iga pul kelib tushgan paytda – 1 dollar uchun 810 so’m.
Oy oxirida valyutadagi debitorlik qarzini qayta baholash chog’ida yuzaga keladigan
kurs farqi jamg’arish usuli bo’yicha: 6230 - «Boshqa muddati kechiktirilgan daromadlar».
№ Xo’jalik operatsiyasining mazmuni Summa, Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi
so’m Jamg’arish
usuli bilan
Bevosita kiritish
usuli bilan
1 Oldindan to’lov aks ettirildi
(50%x4000x795)
1590000 5110 6310 5110 6310
2 Mahsulot sotishi aks ettirildi (3000x70) 3200000 3190 6310 9620 6310
3 Yuklangan maxsulotga QQS hisoblab
yozildi (3000x700x20/120)
533333 3190 6310 9620 6310
4 Olingan bo’nak hisobga kiritildi 1590000 6310 4010 6310 4010
3 Oy oxiriga saldo (320000-
1590000=1610000/2000=805)
Oy oxirida qarz qoldig’i MB kursiga mos kelganligi
tufayli qayta baholash o’tkazilmaydi
5 To’lov olingani aks ettirildi (2000x810) 1620000 5210 4010 5210 4010
6 Kurs farqini moliyaviy natijalarga
hisobdan chiqarish aks ettiriladi:
- jamg’arish usuli bilan
(2000x(810-805))
- bevosita kiritish usuli bilan
10000 6230 9540 4010 9540
4010 - «Xaridor va buyurtmachilardan olishga doir hisobvaraqlar» hisobvarag’i bilan
korrespondentsiyada aks ettirilishi yoki bevosita kiritish usuli bo’yicha 9540- «Valyuta
kursi farqlaridan daromadlar» hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
Xaridorlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha oy oxiridagi qarz qoldig’i MB kursi bilan mos
kelganligi tufayli mazkur misolda qarzni qayta baholash amalga oshirilmaydi.
Xorijiy xaridordan yuklangan tovarlar uchun to’lov jamg’arish usuli bo’yicha kelib
tushganda 4010- schyot ular hisobga kiritilgan sanadagi kurs bo’yicha pul mablag’lari
hisobga olinadigan schyot bilan kreditlanadi- 3240000 so’m (4000x810). Mazkur sanadagi
qarz 10000 so’m (20000x(810-805)) qo’shimcha hisoblangan holda 6230- schyot bilankorrespondentsiyada 4010- schyot debeti bo’yicha qayta baholanadi. Jamg’arilgan va
valyutadagi debitorlik qarzlarini har oyda qayta baholash natijasida yuzaga keladigan
kursdagi musbat farqlar ularning so’ndirilishiga qarab moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga
kiritiladi hamda 6230- schyot kreditiga hisobdan chiqariladi.
Bevosita kiritish usuli bo’yicha kelib tushgan sanadagi O’zR MB kursi bo’yicha aks
ettiriladi, kurs farqi esa 9540- schyot kreditiga hisobdan chiqariladi.
Yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga) solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va
byudjetga to’lash tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaning (Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil
13 martda 1109-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) 10 «l»-bandiga muvofiq valyuta
schyotlari bo’yicha kursdagi musbat farq foyda solig’ini hisob-kitob qilish chog’ida soliq
solinadigan bazaga kiritiladi.
Misol.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt respublika hududidan ro’yxatdan o’tgan va faoliyat
yuritayotgan xorijiy kompaniyaga marketing xizmatlarini ko’rsatdi. Haq evaziga xizmat
ko’rsatish shartnomasi bo’yicha ishlar qiymati QQSni hisobga olgan holda 3000 AQSh
dolllarini tashkil qildi. Buyurtmachi tomonidan o’tgan oyda yuz foizlik oldindan to’lov
AQSh dollarida amalga oshirilgan. Dollar kursi quyidagini tashkil qilgan:
• pul kelib tushgan paytda - 620 so’m;
• oy oxirida - 625 so’m;
• bajarilgan ishlar dalolatnomasini imzolash paytida-630 so’m.
Jamg’arish usuli bo’yicha 15000 so’m (3000x(625-620)) miqdorida kursdagi manfiy
farq 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» hisob varag’i bilan
korrespondentsiyada 3190 «Boshqa oldindan to’langan to’lovlar» hisob varag’i debetiga,
bevosita kiritish usuli bo’yicha esa 9620-«Valyuta kursi farqlaridan zararlar» hisob varag’i
debetiga kiritiladi. Xorijiy sherikka hisobot oyi oxiridagi kreditorlik qarzi 1860000 so’mni
(1845000+15000) tashkil qiladi.
Jamg’arish usuli bo’yicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini imzolash chog’ida 1890000
so’mlik (1860000+3000)*(630-625) summadagi qarz qayta baholanishi va hisobda aks
ettirilishi lozim. 3190- Hisobvaraqda jamlangan kursdagi manfiy farqlar kreditorlik qarzi
so’ndirilishiga qarab moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga kiritiladi hamda 3190-schyot
kreditidan 9620-schyot debetiga hisobdan chiqariladi.
Bevosita kiritish usuli bo’yicha kurs farqi 9620- schyot debetida 4010 schyot bilan
korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Xorijiy valyutaga oid operatsiyalar bo’yicha kursdagi manfiy farq foyda solig’ini
hisob-kitob qilish chog’ida soliq solinadigan bazani kamaytiradi (Xarajatlar to’g’risidagi
Nizomning 3.3 - bandi). 1.6. Pul ekvivalentlari, yo’ldagi pullar schyoti
Pul ekvivalentlari – bu pul mablag’lariga o’xshaydigan, lekin boshqacha
turkumlanadigan aktivlardir. Ular kassa veksel (kassa veksellari – bu muomalaga
chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatga qaytariladigan davlatning foizsiz
majburiyatlaridir. To’lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq xaridorning foiz
daromadi bo’ladi. Kassa veksellari bir yil ichida va undan ortiq muddatda to’lanadigan
davlat majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil davomida to’lanmasa, qisqa
muddatli investitsiya sifatida turkumlanmaydi), tijorat veksellari (qisqa muddatli veksel –
bu korporatsiyalar tomonidan chiqarilgan o’zining qisqa muddatli pul mablag’lariga bo’lgan
ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi mablag’lardir) va depozit sertifikatlaridan (tezda talab qilib
olish mumkin bo’lmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari, muomaladan chiqarish
yo’li bilan to’lanishi mumkin) iborat. Ekvivalentlar kassa schyotida hisobga olinadi va
ko’pincha pul ekvivalentlarini hisoblashish vositalariga aylantirish ehtiyoji yo’q.
Pul ekvivalentlari hamda yo’ldagi pul mablag’larining holati va harakati to’g’risidagi
ma’lumotlarni qayd qilish, umumlashtirish maqsadida 5600-«Pul ekvivalentlari va yo’ldagi
pul mablag’lari» schyotlaridan foydalaniladi. Ushbu schyotlar aktiv schyotlar bo’lib pul
mablag’lari schyotlarining guruhiga mansubdir. Pul ekvivalentlari 5600 schyotda nominal
qiymati hisobida olib boriladi.
Yo’ldagi pul mablag’lari, deganda tovar va mahsulotlarni sotish natijasida kassaga
olingan naqd pulning bankdagi pul mablag’lariga o’tkazish uchun inkassatorlargatopshirilgan, ammo bank tomonidan qabul qilinadigan tasdiqlanmagan naqd pul mablag’lari
kiradi. Ushbu ma’lumotlarni qayd qilish va umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga
oshiriladi:
• 5610 «Yo’ldagi pul ekvivalentlari(turlari bo’yicha)»
• 5620 «Yo’ldagi pul mablag’lari(turlari bo’yicha)»
Ushbu mablag’lar va muomalalarni tegishli schyotlarda qayd qilish quyidagi
hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:
• Tushgan naqd pullarni topshirganda - bankning pattalari , aloqa bo’limlarining pattalari,
inkassatorlarga topshirilganligini tasdiqlovchi kuzatuv qaydnomasining nusxasi va
hokazolar;
• Bosh sub’ekt yuborgan mablag’ga – sanasi, topshiriqnoma nomeri, miqdori, bank yoki
aloqa bo’limining nomi ko’rsatilgan bildirishnomani olish.
Pul ekvivalentlarining holati va harakatini schyotlarda qayd qilish chizmasi quyidagi
tartibda belgilanadi:
Schyot 5610 – «Pul ekvivalentlari»
Debet Kredit
5010 - Pul ekvivalentlarini naqd 5110
pulga va naqd pul o’tkazish yo’li bilan
6870 - Hisobdor shaxslar orqali pul
ekvivalentlarini sotib olish(marka, patta va
boshqalar)
6890 - Boshqa shaxslarlan pul
ekvivalentlarining olinishi
6110 - Pul ekvivalentlarining avlod
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa
mustaqil balansga o’tkazilgan bo’linmalaridan
olinishi
5220 - Valyuta schyotiga qabul qilish
uchun xorij valyutasining qiymatini qayd
qilish
4230 - 4220 - Pul ekvivalentlarini
hisobdor shaxslarga berish
4290 - Xodimlarga pul ekviva
lentlarini berish (pattalar va boshqalar)
4630 - Pul ekvivalentlari bo’yicha
aniqlangan kamomadlarni qay qilish
9430 - Sotib olingan ekvivalentlarni
sotishdan aniqlangan farqni aks ettirish
(nominal qiymatidan kam bahoda sotilsa)
Pul ekvivalentlarining hisobi har bir pul ekvivalenti (pochta markasi, davlat bojxona
markasi, veksel va hokazo) bo’yicha alohida- alohida yuritiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda, ayniqsa, xizmat ko’rsatuvchi sohalarda kassaga qabul
qilingan naqd pullar mas’ul xodimlar(inkassatorlar) orqali bankdagi pul mablag’lari
schyotiga topshirish uchun yuboriladi. Ushbu muomalalarni mahsulotlarni sotishdan olingan
Download 42.7 Kb.




Download 42.7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bob. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi

Download 42.7 Kb.