|
Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan
|
bet | 48/79 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #127344 |
Bog'liq Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография (2)3.4.1. Maxsulot o‘lchamlari
Maxsulot o‘lchamlari dastur tizimining ichki xarakterlarni o‘lchashda ishlatiladigan oldindan belgilanuvchi o‘lchamlar xisoblanadi. Maxsulot o‘lchamlari namunasi tizim o‘lchamini, kodlar qatori bilan o‘lchanadigan, yoki xar bir obyekt klassiga bog‘liq bo‘lgan metodlar sonini o‘z ichiga oladi. Baxtga qarshi, bo‘lim boshida tushuntirganimdek, dastur o‘lchami va sikl murakkabligi kabi oson o‘lchanishi mumkin bo‘lgan xarakterlar tushunarlilik va yashovchanlik kabi sifat xarakterlari bilan ishonchli bog‘liqlik yo‘q. Jarayonning rivojlantirilishi, ishlatilgan texnologiya va yaratilayotgan sistema turiga qarab (xarakterlarning bog‘liqligi) bog‘liqlik ham farq qiladi.
Maxsulot o‘lchamlari ikki sinfga bo‘linadi:
Dinamik o‘lchamlar, bajarilayotgan dasturdan xosil bo‘layotgan o‘lchashlardan yig‘iladi. Bu o‘lchamlar tizimni tekshirish davomida yig‘ilishi yoki Sistema ishga tushirilgandan keyin yig‘ilishi mumkin. Xatoliklar xabarlari soni yoki xisobni yakunlash uchun ketgan vaq misol bo‘lishi mumkin.
Statik o‘lchamlari, dizayn, dastur yoki dokumentatsiya kabi sistema namoyishchilarini o‘lchashlardan yig‘iladi. Statik o‘lchamlarga kodning o‘lchami va ismlarning o‘rtacha uzunligi misol bo‘ladi.
Bu o‘lcham turlari turli xil sifat atributlariga bog‘liq. Dinamik o‘lchamlar samaradorlikni va dasturning ishonchiligini belgilashda yordam beradi. Statik o‘lchamlar esa dastur tizimi va tizim komponentalarining murakkabligi, tushunarligi va yashovchanligini belgilashda yordam beradi.
Odatda dinamik o‘lchamlar va dasturning sifat xarakterlari o‘rtasida aniq bog‘liqlik bor. Aniq funksiya uchun talab etilgan bajarilish vaqtini o‘lchash va Sistema ishga tushishi uchun talab etiladigan vaqtni belgilash ancha oson. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri dastur samaradorligiga bog‘lanadi. Xuddi shundek, dastur xatoliklari soni va yuklanishi va dastur ishonchliligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolik turi, 15-bo‘limda muhokama qilingandek.
Muhokama qilganimdek, static o‘lchamlarda, 3.11 da ko‘rsatilgandek, sifat xarakterlari bilan bilvosita bog‘liqlik bor. Turli o‘lchamlarning ko‘plab soni taklif qilindi va ko‘plab tajribalar bu o‘lchamlar va murakkablik va yashovchanlik kabi xarakterlar o‘rtasidagi bog‘liqliqlikni keltirib chiqarishga va ma‘qulllashga xarakat qildi. Bu tajribalarning hech biri yakunlovchi bo‘lmadi lekin dastur o‘lchami va murakkablikni nazorat qilish ishonchlilik, dastur murakkabligi va yashovchanlikning eng ishonchli belgilovchilari bo‘lib tuyuldi.
3.11- rasmdagi o‘lchamlar xar qanday dasturga qo‘llanishi mumkin lekin ko‘proq obyetga yo‘nalganga(OY) xos o‘lchamlar ekanligi ham taklif etilgan. 3.12 Chidamber va Kemererning oltita obyektga yo‘naltirilgan o‘lcham to‘plamini(bazida CK to‘plami deb aytiladi) eslatadi(1994). Aslida bu 1990-yilning boshida taklif etilgan bo‘lsada, ular hali ham OY o‘lchamlari bo‘lib keng ishlatiladi.
|
| |