|
Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan
|
bet | 5/79 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #127344 |
Bog'liq Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография (2)1.1.1. Havf-hatarni aniqlash
Havf-hatarni aniqlash havf-hatar boshqaruvi jarayonining birinchi qadamidur. Bu ishlab hiqilayotgan dasturiy ta‘minotning yoki taraqqiy etiyotgan tashkilotdagi dasturiy injiniring jarayonlari uchun jiddiy havf tug‘diradigan hatarlarni aniqlash bilan bog‘liq. Havf-hatarni aniqlash jamoa bilan bajariladigan jarayon bo‘lishi mumkun bunda jamoa to‘planib mumkun bo‘lgan havf-haratlarni guruh bo‘lib muhokama etadi. Alternativa sifatida loyiha boshqaruvchisi mumkun bo‘lgan yoki hal qiluvchi hatarlarni aniqlashda o‘z tajribasidan foydalanishi mumkun.
Havf-hatarlarni aniqlashda tayanch nuqta sifatida hatarlarni har-xil turining maxsus ro‘yhati ishlatilishi mumkun. Havf-hatarning maxsus ro‘yhatiga kiritish uchun kamida 6 ta hatar turi mavjud:
Texnologik hatarlar. Tizimlarni yaratishda foydalaniladigan dasturiy yoki apparat texnologiyalaridan kelib chiquvchi hatarlar.
Odamlar bilan bog‘liq hatarlar. Yaratuvchilar jamoasidagi odamlar bilan bog‘liq hatarlar.
Tashkiliy hatarlar. Dasturiy ta‘minot yaratiladigan tashkiliy muhit bilan bog‘liq hatarlar.
Vositalar bilan bog‘liq hatarlar. Tizimlarni ishlab chiqishda foydalaniladigan dasturiy vosita va qo‘llab quvvatlashni boshqa dasturiy ta‘minot bilan bog‘liq hatarlar.
Talablar bilan bog‘liq hatarlar. Mijozning talablarini va boshqaruv jarayonlarini o‘zgartirish talablari bilan bog‘liq hatarlar.
Hatarlarni baxolash. Tizimni qurishga kerak bo‘lgan manbalarni baxolashda paydo bo‘lgan hatarlar.
Har bir turdagi hatarning misollari 1.3- rasmda berilgan. Haratalarni aniqlash jarayoni yakunlangandan keyin siz paydo bo‘lishi mumkun bo‘lgan va maxsulot, jarayon va biznesga tasir o‘tkazishi munkun bo‘lgan hatarlarning uzun ro‘yhatiga ega bo‘lishingiz kerak. Keyin bu ro‘yhatni o‘zizga qulay holga keltirishingiz kerak. Agar sizda hatarlar juda ko‘p bo‘lsa ularni hammasini kuzatishni ilojisi yo‘q.
|
| |