|
Foydalanishga chiqarishni boshqarish
|
bet | 61/79 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #127344 |
Bog'liq Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография (2)4.4 Foydalanishga chiqarishni boshqarish
Tizimli reliz – mijozlarga tarqatilgan dasturiy ta‘minot tizimining versiyasi. Omma uchun – dasturiy ta‘minot bozori, odatda relizning ikkita turi bor: asosiy relizlar ular yanfi funksionalaga ega bo‘ladi va kam miqdordagi relizlar ular hatolarni to‘g‘rilaydi va e’lon qilingan foydalanuvchilar muammosini bartaraf etadi. Masalan bu kitob Apple Mac kompyuterida yozilyapti unda OS 10.5.8 operatsion tizimi o‘rnatilgan. Bu OS 10 tizimining asosiy 5 relizining qo‘shimcha 8 relizi. Asosiy relizlar sotuvchi uchun juda muhim chunki mijoz ularni pulga sotib oladi. Qo‘shimcha relizlar odatda bepul tarqatiladi.
Odatiy dasturiy ta‘minot yoki bir-xil yo‘nalishdagi dasturiy maxsulotlarning relizini boshqarish tizimi murakkab jarayondur. Tizimning maxsus relizlari har bir mijoz uchun alohida ishlab chiqilishi mumkin va alohida mijozlar bir vaqtni o‘zida tizimning bir nechta har-xil relizini boshqarishi mumkin. Bu degani dasturiy ta‘minot ishlab chiqaruvchi tashkilot maxsuslashtirilgan dasturiy maxsulotni sotib bu maxsulotning o‘nlab yoki yuzlab hat-xil relizlarini boshqarishiga to‘g‘ri keladi. Tashkilotda mijozdagi tizimning relizlari, reliz va tizim versiyalari o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ahborotni saqlovchi tizim bo‘lishi lozim. Muammo paydo bo‘lganda mijozga berilgan dasturiy ta‘minotni tiklash kerak bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun tizimli reliz bajarilganda u ro‘yhatga olinishi kerak kelajakda uni yangilash imkonini kafolatlash uchun. Bu ayniqsa mashinalar kompleksini boshqaruvchi uzoq muddatga o‘rnatiladigan tizimlar uchun muhim. Mijozlar bu tizimning yagona relizini ko‘p yil davomida ishlatishi va yaratilgandan ancha keyin dasturiy ta‘minotga ma‘lum o‘zgartirishlarni kiritishni talab qilishi mumkin.
Relizni ro‘yhatga olish uchun siz bajariluvchi kodni yaratishda ishlatgan komponentning dastlabki kodining ma‘lum versiyalarini yozishingiz kerak. Siz dastlabki kod fayllarini hamma ma‘lumotlarini va komfiguratsiya fayllari nushasini saqlab qolishingiz kerak. Shuningdek siz dasturiy ta‘minot yaratishda ishlatilgan operatsion tizimlar versiyalari bilan kutubxona kompleator va boshqa instrumentlarni saqlab qolishingiz kerak. Ular huddi shu tizimni biroz kechroq sana bilan yaratishda ishlatish mumkin. Bu degani maqsadli tizimning dastlabki kodi bilan birga platform va instrumentlarni dasturiy ta‘minotning nushasini ham olishingiz kerak.
Tizimli relizni tayyorlash va tarqatish qimmatbaxo jarayondur ayniqsa dasturiy ta‘minot ommaviy bozorining uchun. Reklamani materiallarini shunday tayyorlash kerakki mijozni tizimning yangi ko‘rinishini olishga undashi kerak. Relizga ko‘nikish uchun vaqt berish kerak. Agar relizlar ortiqcha tez chiqarilsa yoki apparat vositalarini talab qilsa mijozlar yangi relizga qiziqmasligi mumkin ayniqsa uni sotib olmoqchi bo‘lsa. Agar tizimli relizlar juda kam chiqarilsa bozordagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin chinki mijoz alternative tizimlarga o‘tib ketishi mumkin.
|
| |