Bolada bilish qobiliyatini rivojlanishi




Download 41,41 Kb.
bet5/14
Sana25.09.2024
Hajmi41,41 Kb.
#272475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Bogcha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati (1)

Bolada bilish qobiliyatini rivojlanishi
Bizga ma`lumki, odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining ta`siri ostida o`tadi, qushlar, hayvonlar, odamlar ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi – bularning barchasi odamning eshitish organiga ta`sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi.
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish organining qobiliyati normal bo`lishi kerak, ya`ni u eshitgan so`zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug`ilishdanoq eshitish organining ish faoliyati buzilgan bo`lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so`zlarni takrorlay olmaydi, ya`ni uning nutqi rivojlanmaydi. Shuning uchun ham tug`ma karlar gung ham bo`ladi. Shuningdek, eshitish qobiliyati past bo`lgan odamning nutqi ham yaxshi rivojlanmaydi.
Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayotidagi ba`zi voqealarni ko`rgandagiga nisbatan ularning mazmunini eshitganida to`laroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektakl mazmunini radioda eshitganida to`laroq tushunchaga ega bo`ladi.
Binobarin eshitish organining faoliyati normal bo`lishi avvalo har bir odamda bolaligidan boshlab nutq paydo bo`lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida esa eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyanishida, musiqa san`atini tushunishida va barcha ruhiy faoliyatning shakllanishida muhim rol o`ynaydi.
Qulog`i turli darajada og`ir bolalar uchun ham ta`lim berishning alohida metodlari zarurdir. Ularni qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun ochilgan maxsus maktablarga yuboriladi. Qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalar maxsus maktablarda o`qishlari kerak. Garanglik darajasi pastroq bo`lgan bolalar ta`lim olishni ko`pincha ommaviy maktabda boshlaydilar va bu maktabda uzoq vaqt muvaffaqiyatli o`qiy olmaganlaridan keyingina qulog`i yaxshi eshitmaydigan bollar uchun mo`ljallangan maxsus maktablarga o`tkazadilar.
Garanglikning еngil darajasi, gapirilganda ovozni quloqdan 6-8 metr masofada, pichirlab gapirilganda 3-6 metr masofada eshitish, faranglikning mo`tadil darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 4-6 metr va pichirlab aytilgan gapni 1-3 metr masofada, garanglikning yuqori darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2-4 metr va pichirlashni 1 metr masofada, garanglikning og`ir darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2 metrgacha va pichirlashni 0,5 metrgacha masofadan eshitadi. Qulog`I og`ir bolalarning eshitishdagi nuqson darajasinigina bilib qolmay, balki yaxshi eshitmay qolish qachondan boshlanganini ham hisobga olish juda ham muhimdir.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolyutsion dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelishi jarayonini tahlil qilishdan anomal rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir. Shuningdek, bolaning tevarak-atrofdagi sharoitni alohida o`rganish talab qilinadi.
Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologic-ijtimoiy jarayonlarning birligi prinsipi – nutqiy sistemaning rivojlanishiga – nutqiy muhit, muomala, emotsional aloqa va boshqa faktorlarning ta`sirini aniqlash imkonini beradi. eshitishi normal bo`lgan bolaning kar-saqov ota-ona qo`lida tarbiyalanishi, surunkali kasal bo`lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillilik – bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo`lishi, nuqtiy muhitning nutq rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishiga misol bo`ladi.


Download 41,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 41,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolada bilish qobiliyatini rivojlanishi

Download 41,41 Kb.