• Bog‘lar barpo qilishda yerni tayyorlaydigan mashinalar
  • Bog‘dorchilik mashinalari




    Download 0.76 Mb.
    bet1/5
    Sana03.04.2024
    Hajmi0.76 Mb.
    #186531
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Bog’dorchilik mashinalari
    hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g, maktabgacha-tarbiya-yoshidagi-bolalarni-maktabga-tayyorlashda-aqliy-tarbiyaning-roli, 2222222, 1-amaliy ish. Mikroskop tuzilishi va u bilan ishlash qoidalari., Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv (1), dalolatnoma

    Bog’dorchilik mashinalari

    Reja

    • Bog‘lar barpo qilishda yerni tayyorlaydigan mashinalar
    • Plantatsiyabop plug
    • Osma plantatsiyabop plug
    • Xulosa
    • Adabiyotlar:
    • Respublikamiz tabiiy iqlim sharoiti keng assortimentdagi o‘ta sifatli eksportbop bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarini etishtirish uchun mosligi hammaga ma’lum. Shu sababli, davlatimizda qishloq xo‘jaligining barcha sohalari kabi bog‘dorchilikni ham rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz I. Karimov tomonidan 2006-yilda qabul qilingan farmonda mamlakatimizda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohalarini bozor iqtisodiyoti tamoyllari normalari asosida rivojlantirish zarurligi ko‘rsatilib, shu sohadagi fermerlarga amaliy yordam berish tadbirlari belgilab berilgan.
    • Bog‘dorchilik va uzumchilik maydonlarini kengaytirishga, ya’ni yangi bog‘larni barpo qilib, etishtirilgan mahsulot tannarxini pasaytirish faqat u yerda bajariladigan texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash hisobiga ish unumini oshirish tufayli erishish mumkin. Shu sababli, qishloq xo‘jaligi uchun kichik mutaxassislarni tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlarida bog‘dorchilik mashinalarini o‘qitishga keraklicha e’tibor berilmoqda.
    • Bozor munosabatlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jaliklarga ma’lum ishni bajaradigan mashinaning har xil rusumdagi nusxalari keltirilishi mumkin. Ammo, ular bir-biridan tuzilishi va texnologik jarayonni bajarishi bo‘yicha emas, balki, tashqi ko‘rinishi jihatdan farqlanadi. Shu sababli, mazkur o‘quv qo‘llanmada respublikamiz bog‘dorchiligi va uzumchiligida ishlatilishi mumkin bo‘lgan mashinalarni rusumlarga ajratmasdan, ularning namunaviy nushasining tuzilishi, texnologik ish jarayoni sozlanishlari va ishga tayyorlash bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar keltirilgan. Faqat uzumchilikda qo‘llaniladigan mashinalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida bayon qilingan.

    Bog‘lar barpo qilishda yerni tayyorlaydigan mashinalar

    • Mevali daraxt ko‘chatlari ekilganidan so‘ng, tez rivojlanishi uchun yerni maxsus plantatsiyabop plug bilan o‘ta chuqur (40—100 sm) shudgorlash talab qilinadi. Iloji bo‘lsa, plantatsiyabop shudgorlash bilan birga, yerga o‘g‘it ham solish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Respublikamiz sharoitida bog‘larni barpo qilish uchun, ko‘pincha tog‘oldi yerlar ajratiladi. Bunday yerlarni plantatsiyabop plug bilan ishlov berishdan oldin, chuqur yumshatilgani ma’qul bo‘ladi. Mevali daraxtlar o‘tqazish uchun sharoitga qarab yer 40—70 sm, uzum ko‘chatlari uchun esa 100 sm chuqurlikkacha yumshatiladi. Bunday ishni bajarish uchun maxsus chuqur yumshatkichlardan foydalaniladi.
    • Ishlatiladigan chuqur yumshatkichlardan birining nusxasi 1rasmda ko‘rsatilgan. Chuqur yumshatkich ramasi tayanch g‘ildirak 9 ga o‘rnatilgan bo‘lib, ramaga esa, ishchi qism, ya’ni engashtirilgan tilgich 6 hamda yumshatish chuqurligini sozlaydigan vinsimon mexanizm 10 joylashgan. Ishchi qism, ya’ni yerni tilib ketadigan tilgich 6 va tuproqni qisman ko‘tarib yumshatadigan bashmoq 5 dan iboratdir.

    Download 0.76 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.76 Mb.