• Texnologiya asosida faoliyat turlari Chizma Standart
  • Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr




    Download 8,77 Mb.
    bet63/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    Kasb kodi va nomi: 3.53.10.08 - Tikuvchilik O‘quv amaliyot nomi: Bolalar kiyimini tikish.

    Amaliy mashg‘ulot: Maktabgacha yoshdagi o'g'il bolalar shimi uchun model tanlash, konstruktiv modellash va andoza tayyorlash


    Maqsad: O‘quvchilarni “Bolalar kiyimini tikish” o‘quv amaliyotida o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish hamda ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va rivojlantirish

    « MAKTABGACHA YOSHDAGI O'G'IL BOLALAR SHIMI UCHUN MODEL TANLASH, KONSTRUKTIV MODELLASH VA ANDOZA TAYYORLASH » BO‘YICHA TEXNOLOGIK XARITA





    Texnologiya
    asosida faoliyat turlari



    Chizma

    Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

    I. O'g'il bolalar shimi asos konstruktsiyasini modellash

    1.1. O'g'il bolalar shimi texnik chizmasi (old va ort tomondan
    ko‘rinishi) ni chizish.




    Shim tashqi ko‘rinishi rasmi chizib olinadi.

    1.2. Shim tashqi ko‘rinishiga yozma tavsif
    berish.

    Misolga qaralsin.

    1.3. Shim asos konstruktsiyasini modellash uchun tayyorlash.



    Shim asos konstruktsiyasining chizmasi T-82 moduldan olinadi. Buning uchun old va ort bo‘laklardan alohida nusxa ko‘chiriladi.

    1.4. Shim old bo‘lagida taxlama o‘rnini belgilash.





    Bel chiziqda ikkita taxlama o‘rni belgilanadi. Taxlamalar yon cho‘ntak tomondan qarab qo‘yiladi. Taxlamalardan biri vitochka yoni old
    buklov chiziq o‘rnida belgilanadi.

    1.5. Old bo‘lakni kengaytirish (taxlama haqqiga).

    Old bo‘lak buklov chizig‘i bo‘yicha bo‘y barobar kesib olinadi va parallel kengaytirish vositasida kengaytiriladi. Taxlamalar kengligi 1,5-2,0 sm. Taxlama o‘nida kertiklar belgilanadi.

    1.6. Shim yon cho‘ntagini modellash.





    Shim old bo‘lagida yon qirqma og‘ma cho‘ntak o‘rni belgilanadi. Yon chokdan cho‘ntak og‘zigacha bo‘lgan masofa – 3 . . . 4 sm. Cho‘ntak og‘zi kattaligi 16,5 . . . 18,5 sm, shu jumladan kichik razmerlar uchun (92 .
    . . 96) – 16,5 yon katta razmerlar uchun
    – 18,5 sm. Old bo‘lak
    konstruktsiyasida cho‘ntak ko‘rinmasi o‘rni belgilnadi.

    1.7. Shim pochasi
    kengligini modellash.

    Pocha kengligi tayyor shimlarda 20 . .
    32 sm gacha bo‘lishi mumkin. Pocha kengligi modelga qarab aniqlanadi.

    1.8. Shim
    taqilmasi gulfigini modellash.

    Shim chap old bo‘lagi gulfik (adip)
    bilan yaxlit loyihalanadi. Gulfik kengligi 4 sm, uzunligi 18 . . 20 sm.

    1.9. Shim ort bo‘lagini modellash.



    Shim ort bo‘lagida bitta qirqma cho‘ntak loyihalnadi. Cho‘ntak og‘zi kattaligi 17 . . . 19 sm, cho‘ntak
    loyihalash sxemasi 5-rasmda berilgan.

    1.10. Shim model konstruktsiyasi konturlarini andoza uchun tayyorlash.

    Shim old va ort bo‘lak model konstruktsiyasining chizmasi yana bir bor tekshiriladi. Taxlama, ziylar o‘rnini belgilovchi kertiklar, cho‘ntakni o‘rnatish chiziqlari, izma va tugmalar o‘rni yana bir bor tekshiriladi, tanda ipi yo‘nalishi chiziladi. Bo‘lak konturlari chizib chiqiladi va andozalar uchun
    tayyorlanadi.


    Download 8,77 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   170




    Download 8,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr

    Download 8,77 Mb.