Tadqiqot obyekti va usullari. Tadqiqot obyekti sifati arrali jin kolosnik
panjarasi olingan. Tadqiqot usullari yangi konstruksiyadagi kolosnikli panjara va
chigitning kolosnik panjara yuzasidagi harakatlarini ifodalovchi matematik modellari
tashkil etadi.
Tadqiqot natijalari.
G.I.Miroshnichenko [1] kitobida ekvivalent diametr usullarni qo’llagan holda arra
valini burilish burchagi va buralishini aniqlagan, bunda B.N.Jemochkin [2] ishlanmasi
asos qilib olingan. Natijada arra valining uchastkalari diametrini, ularning o’q momenti
va kamayish koeffisiyentini, ko’ndalang kuchlarni kattaliklarini, eguvchi momentlar va
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 79
ularning uchastkalari o’tish nuqtalarini bilish mumkin hamda arrali silindr valini mavjud
konstruksiyasi uchun val buralishlarini aniqlagan.
N.N.Domanov [3] maqolasida ma’lum qurilish konstruksiyalari uchun turli fizik
xususiyatlari va ularning elementlarining hisoblari keltirilgan. Materiallar qarshiligini
aniqlashning umumiy qabul qilingan usullari ushbu aniq amaliy vazifalarni hisoblashni
amalga oshirishga imkon beradi. Nazariy yo’nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar hamda
yangi hisoblash usullarini ishlab chiqish asosida matematik apparatni foydalanishning
rasionalligini ta’sdiqlash mumkin. Shunday qilib xususiy hollarda qurilish
konstruksiyalaridagi balkalarni egilishini hisoblashda Furye qatori nazariyasidan
foydalaniladi.
E.A.Kochetov va I.L.Salyalarning [4] ishlarida “balkalarni egilishi” mavzusi
bo’yicha vazifalarini hisoblash uchun EHMdan foydalanilgan holda MathCAD, Solid
Works, T-Flex, Microsoft Excel va boshqa amaliy dasturlardan foydalanish taklif
etilgan. Yuqorida keltirigan dasturlardan Microsoft Excel balkalarni egilishidagi
hisoblashda foydalinish mumkin bo’lgan ko’plab matematik operasiyalarni bajarishda
foydalanish mumkin. Ko’rib chiqilayotgan balka materiali uchun ma’lum ruxsat
etiladigan normal kuchlanishlar bilan hisoblashning uchta varianti taklif etiladi: a) agar
balka kesimini o’lchamlari va yuklanishlari keltirilgan bo’lsa, mustahkamlikka
tekshiruv hisobini bajarish mumkin; b) agar yuklanishlar ko’rsatilgan bo’lsa, sterjen
kesimi o’lchamlarini aniqlash mumkin bo’ladi (loyihani hisoblash); v) agar kesim
o’lchamlari berilgan bo’lsa, u holda ruxsat etilgan yuklanishlarni aniqlash mumkin.
R.V.Mishenko va D.A.Pimenova [5] maqolasida turli qalinlikdagi o’zgaruvchan
xususiyatli balka materiallari va ularning kuchlanish-deformasiyalanish holatiga ta’siri
tadqiq etilgan. Mualliflar chiziqli-deformasiyalanadigan ko’ndalang yuklama ta’sirida
bo’lgan, uni qalinligi bo’yicha turli variantlarda bo’lgan materialdan tayyorlangan balka
egilishini masalalarni ko’rib chiqdilar: mustahkamlik xususiyatlarini pasaytiruvchi turli
xildagi qatlamlar – tashqi kuchlarni ta’javuskor ta’sirini modellashtirish, mustahkamlik
xususiyatlarini oshiruvchi turli xildagi qatlamlar – texnologik qattiqligini
modellashtirish.
Turli xil bo’lgan har bir variant uchun turli o’zgarishlar berilgan: qalinligi
bo’yicha bir xil bo’lmagan ikki tomonlama va bir tomonlama bo’lgan, bir tomonlama
bir xil bo’lmaganlar uchun o’zgaruvchan qalinlikdagi balkaning har bir qismida tortish
kuchini chizig’ini topish masalalari hal qilingan.
Hisoblashning har bir bosqichida, degradasiya holatida ham, sirt qatlamlari
qattiqlashganda ham, yakuniy darajadagi turli nisbatlarda xarakterli uchastkalarda
balkalarning qalinligi bo’yicha kuchlanish diagrammalaridagi sifat o’zgarishini
baholash amalga oshirildi va bir xil bo’lmagan qatlamdagi materialning mustahkamligi
dastlabki materialning yakuniy kuchiga qadar bo’ladi. Balkaning tayanch va markaziy
uchastkalari uchun yuklanish yuzasida va bir jinsli bo’lmagan old tomon chegarasida
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
|