SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 7
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 78
ARRALI JIN MASHINASIDAGI KOLOSNIK PANJARASI BO’YICHA OLIB
BORILGAN ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI
I. O. Ergashev
R. J. Karimov
A. M. Turg’unbekov
S. S. Nurmatova
Farg’ona
politexnika instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada paxta tozalash korxonalarining asosiy mashinasi bo’lgan arrali jinning
kolosnik panjarasi bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar chuqur o’rganilgan. Bunda
mavjud kolosnik panjarasini muammolari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar: Arrali jin, kolosnik, xom ashyo valigi, arrali silindr, ishchi kamera.
ANALYSIS OF SCIENTIFIC RESEARCH ON THE COLUMN GRILL IN
ARRALI DEMON MACHINE
ABSTRACT
The article provides an in-depth study of scientific
research on the grid of the
sawmill gin, the main machine of ginneries. It analyzes the
problems of the existing
grate grate.
Keywords: Saw gin, chimney,
raw material roller, saw cylinder,
working
chamber
Kirish. Ma’lumki paxtani jinlash jarayonida kolosnik panjarasini talab bo’yicha
ishlab chiqarish va yig’ish katta ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy texnologiyalar asosida
yangi konstruksiyadagi kolosnik panjarasini ishlab chiqish zamon talabi bo’lib qoldi.
Buning uchun mavjud kolosniklarni chuqur tahlil qilgan holda yutuq va kamchiliklarini
aniqlab olish zarur.
Tadqiqotning dolzarbligi. Arrali jin kolosnik panjarasi bo’yicha olib borilgan
ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish, shu tahlillar natijasida sohadagi muammolarni aniqlash
va yangi yechimlarni ishlab chiqish hozirgi paytda dolzarb hisoblanadi.