Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari




Download 77 Kb.
bet2/4
Sana08.02.2022
Hajmi77 Kb.
#15162
1   2   3   4
Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:



  • - shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, hududlarning an’anaviyligiga e’tibor berib, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablarini va texnologiyalarni hisobga olgan holda hududlarni rivojlantirish, hududni rejalashtirish tarxlari hamda tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va o‘z hududlariga oid boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, ularning ma’qullanishini va ekspertizadan o‘tkazilishini hamda tasdiqlanishini tashkil etadi;

  • - shahar va qishloq aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalarida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari hududlarini me’moriy rejalashtirish va tashkil kilish ishlarini muvofiqlashtirib boradi, bosh rejaga, batafsil rejalashtirish va qurilish loyixalariga rioya qilishi, hududlarida er ajratilishida qonun talablariga rioya etishi, ob’ektlarni joylashtirilishida bosh reja muallifi bilan kelishish, navbatchi bosh rejaning yuritilishi va noqonuniy qurilishlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;

  • - shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshiradi, tegishli axborot bazasini yaratadi;

  • - tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

  • - mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritadi;

  • - binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi;

  • - tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’ektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;

  • - kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini muvofiqlashtiradi va uning monitoringini olib boradi;

  • - kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va mahalliy davlat hokimiyati organiga hamda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etadi;

  • - loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

  • - shaharlar, qishloq aholi punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarni rejalashtirish va qurishda shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi, arxitektura yodgorliklari va madaniy meros ob’ektlari saklab qolinishini hisobga olgan holda ularning arxitektura-rejalashtirilishi va arxitektura-badiiy sifatlari bo‘yicha nazorat ishlarini olib boradi hamda arxitektura va shaharsozlikda milliy va madaniy an’analarni rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;

  • - shaharsozlik faoliyati sohasida shaharsozlik normalari va qoidalari, boshqa qonun hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda qatnashadi, taklif kiritadi, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi;

  • - hududlarni rejalashtirish tarxlari va umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan alohida tartibga solinadigan shaharsozlik ob’ektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishida, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashadi;

  • - mahalliy davlat hokimiyati organiga shahar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;

  • - kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishi va uning ahvoli, loyiha va qurilish tashkilotlarida, qurilish sanoati korxonalarida reyting baholarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha tahlillarni olib boradi;

  • - loyihalash va pudrat tashkilotlari, qurilish sanoati korxonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari, shuningdek qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlarining narxlari, qurilish mashinalari va mexanizmlari qiymati, transport xarajatlari, hududlardagi tashkilotlar, korxonalar bo‘yicha quruvchi ishchilarning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plamini shakllantiradi;

  • - muhandislik izlanishlari sohasida yagona texnikaviy siyosatni amalga oshiradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlarining davlat fondini yaratadi;

  • - shaharsozlik faoliyati sohasida qoida buzilishlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy va boshqa jazolarni belgilangan tartibda qo‘llaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda yul qo‘yilgan qoida buzilishlarida aybdor bo‘lgan yuridik va mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beradi;

  • - manfaatdor tashkilotlar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda shaharsozlik faoliyatida tarkibiy, ilmiy-texnik va iqtisodiy siyosatning asosiy yunalishlarini belgilashda ishtirok etadi;

  • - shaharsozlik faoliyati, investitsiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi texnika va qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda viloyatdagi korxona va tashkilotlarga yaqindan yordam beradi, xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashadi;

  • - o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirib borishni tashkil etadi;

  • - aholini shaharsozlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan muntazam ravishda xabardor qilib boradi;

  • - mahalliy davlat organlariga hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini joylashtirish, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

  • - binolar, inshootlar va boshqa turdagi ob’ektlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlash uchun rozilik beradi;

  • - tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyatiga doir loyihalashtirish, kompleks muhandislik-qidiruv ishlari, mualliflik nazorati tashkil etilishi, shuningdek, qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlari arxitektura-shaharsozlik talablariga rioya etilishini muvofiqlashtiradi;

  • - tegishli hududdagi shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi, davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspektsiyasining va qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazining arxitektura-shaharsozlikka doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

  • - qurilish qoidalari va boshqa hujjatlarni, kapital ta’mirlash, restavratsiya, obodonlashtirish, landshaft va shaharsozlik dizayniga oid hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etadi;

  • - tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi erlardan unumli foydalanish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organiga takliflar kiritadi;

  • - hududni rivojlantirish borasidagi shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari asosida barcha turdagi qurilish ob’ektlari uchun er uchastkalarini belgilaydi hamda bu to‘g‘rida hokimning qarori loyihasini tayyorlaydi;

  • - madaniy meros ob’ektlarini saqlash, restavratsiya qilish va foydalanish va ularning muіofaza hududlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi;

  • - qurilishi tugallangan fuqarolik, ijtimoiy, kommunal hamda ishlab chiqarish ob’ektlarini qabul qilishda qonunlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

  • - tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qurilish ob’ektlarini joylashtirish, barcha turdagi qurilish ob’ektlari uchun er tanlash va ajratish to‘g‘risida mahalliy davlat organlarining qarorlari asosida ajratilgan er maydonlarini naturada belgilash va chegaralash ishlarini amalga oshiradi;

  • - aholi punktlarining bosh rejalarida va mufassal rejalashtirish loyihalarida ko‘zda tutilmagan ob’ektlarni maydonlarda joylashtirishda loyiha tashkiloti (muallif) bilan kelishish ishlarini olib boradi;

  • - tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini loyihalashtirish uchun, ya’ni qurilish, kapital rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish hamda bino va inshootlar restavratsiyasi, shu bilan birga muhandislik, transport infratuzilmasi uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini (ART-1 va ART-2) ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi - buyurtmachilarga taqdim etadi;

  • - tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun qurilish pasportini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi-buyurtmachilarga taqdim etadi;

  • - shahar, tuman arxitektura va qurilish boshqarma (bo‘lim)lari, ular huzuridagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish bo‘limlariga va yakka tartibda uy-joy qurilishini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoring o‘tkazish bo‘yicha sektorlarga rahbarlik qiladi, shuningdek mulkchilik shaklaridan qati nazar tegishli hududdagi loyihalash tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi;

  • - shaharsozlik kadastrini, er ajratish va imorat qurishga oid joriy tezkor rejalar tuzish, er osti muhandislik kommunikatsiyalari joylashishini ro‘yxatga olish, navbatchi rejalarni va muhandislik-geologiya ishlanmalari atlaslarini yuritish bo‘yicha ishlarini tashkil etadi;

  • - yer uchastkalarini ajratish, loyiha-rejalashtirish hujjatlarini saklashga doir yagona texnik arxivni tashkil etadi;

  • - qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.


Download 77 Kb.
1   2   3   4




Download 77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari

Download 77 Kb.