|
Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
|
bet | 4/4 | Sana | 08.02.2022 | Hajmi | 77 Kb. | | #15162 |
Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Bosh boshqarmaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Tashkiliy-nazorat xizmati bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan boshliq – bosh arxitektor rahbarlik qiladi.
- Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik Kengashining a’zosi hisoblanadi.
- Bosh boshqarma ta’minoti xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash davlat byudjeti mablag‘lari hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
- Bosh boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Bosh boshqarmaning o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilgan qarorlarining bajarilishi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
- Bosh boshqarmaning shtat jadvali boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tadi.
- Shaharsozlik va arxitektura echimlari, arxitektura bilan uyg‘unlashgan monumental-dekorativ san’at asarlari, shaharsozlik hujjatlari, bino, inshoot, majmua loyihalarini qurish, ekspertiza qilish va sifatini baholash maqsadida Bosh boshqarma huzurida doimiy idoralararo organ - arxitektura-shaharsozlik Kengashi tuziladi. U o‘z ishini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil qiladi va maslahat beruvchi organ hisoblanadi.
- Arxitektura-shaxarsozlik Kengashining shaxsiy tarkibi “Davarx- itektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bosh boshqarma tarkibiga quyidagilar kiradi:
- shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari;
- tumanlar arxitektura va qurilish bo‘limlari;
- bosh boshqarma huzuridagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish boshqarmasi;
- shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarma (bo‘lim)lari huzuridagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish bo‘limlari.
Bosh boshqarma boshlig‘i:
- Bosh boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi
- shaharsozlik va arxitektura faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish holatlari yuzasidan aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli hokimliklarga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritadi;
- bosh boshqarmaning mulkini boshqaradi;
- Davlat hokimiyati organlarida, huquqni muhofaza qilish organlarida va sudda, tashkilotlar, muassasalar hamda korxonalarda Bosh boshqarma nomidan vakillik qiladi va uning manfaatlarini himoya qiladi;
- Bosh boshqarma tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi;
- Bosh boshqarma tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini tasdiqlaydi;
- Bosh boshqarma xodimlarini lavozimlarga tayinlaydi va lavozimlardan ozod qiladi;
- kadrlar zaxirasini tayyorlash, tanlash, nomzodlarni ma’qullanishi uchun viloyat hokimiga takliflar kiritish, joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash va malaka oshirish masalalarini hal qiladi, xodimlarning oylik maoshlariga ustamalar tayinlaydi;
- Bosh boshqarma xodimlari ichki mehnat tartibi qoidalariga, lavozimlar yo‘riqnomasi talablariga hamda xizmatga oid hujjatlar bilan ishlash tartibiga rioya qilishini ta’minlaydi;
- yuksak mehnat natijalariga erishgan Bosh boshqarma va unga tegishli tashkilotlar xodimlarini belgilangan tartibda rag‘batlantirish choralarini ko‘radi;
- O‘zbekistan Respublikasi qonunchiligiga muvofiq buxgalteriya hisob-kitobi va statistika hisoboti tashkil qilinishiga javobgar bo‘ladi;
Bosh boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgiangan tartibda amalga oshiriladi.
|
| |