Bosh boshqarmaning huquqlari va javobgarligi




Download 77 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2017
Hajmi77 Kb.
#2894
1   2   3   4
Bosh boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:



  • - arxitektura va qurilish sohasidagi muhim masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar tashkil etish;

  • - shaharsozlik, ekologik talablarga va arxitektura organlari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlariga (ART-1 va ART-II) javob bermaydigan loyihalarga rozilik berishni rad etish;

  • - amaldagi yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlar talablarini buzgan holda yoki belgilangan tartibda berilgan ruxsatnomasiz olib borilayotgan topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruv-rejalashtirish va qazish ishlarini amalga oshirishni to‘xtatish;

  • - o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida kapital qurilishdagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;

  • -  o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni hududdagi tashkilotlar, korxonalar, muassasalardan, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlaridan so‘rash va belgilangan tartibda olish;

  • - ilmiy-tadqiqot, texnologiya, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, ta’lim muassasalarini va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek olimlarni shaharsozlikka, arxitektura va qurilishga oid hujjatlarni ishlab chiqishga belgilangan tartibda jalb etish;

  • - shaharsozlik faoliyati sohasida eng yaxshi loyihaning ilmiy-texnik ishlanmalarini hamda hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash maqsadida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yirik tashkilotlar va O‘zbekistan Respublikasi arxitektorlar uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar o‘tkazish va tanlov komissiyalarini tashkil etish;

  • - «Davarxitektqurilish» qo‘mitasiga amaldagi qonunlarni, shaharsozlik, ekologik va boshqa me’yoriy talablarni buzgan holda ishlayotgan loyiha, qurilish va ishlab chiqarish tashkilotlarining loyihalash, qurilish va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyalarini olib qo‘yish to‘g‘risida takliflar kiritish;

  • - tegishli arxitektura-shaharsozlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun loyihalarni ishlab chiqishga, mulkchilik shaklaridan qati nazar, korxonalar va tashkilotlarga litsenziyalar berish uchun belgilangan tartibda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga takliflar kiritish;

  • - amaldagi yo‘riqnoma va qoidalarga zid holda yoki belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomasiz bajarilayotgan topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruv hamda unga bog‘liq ishlar va kavlash ishlari olib borilishini to‘xtatish;

  • - o‘z faoliyatida quyi va boshqa etakchi loyiha, qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan o‘zaro ijodiy hamkorlikni amalga oshirish;

  • -  qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshirish huquqiga ega.

Bosh boshqarma quyidagilar uchun javob beradi:



  • - shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari, texnologiyalarini hisobga olgan holda hududlarni rejalashtirish va qurishning ilmiy asoslangan tarxlari tayyorlanishini ta’minlash;

  • - shaharlar, qishloq aholi punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarni rejalashtirish va qurishda shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi, arxitektura yodgorliklari va madaniy meros obyektlari saqlab qolinishini hisobga olgan holda ularning arxitektura-rejalashtirilish va arxitektura-badiiy sifatlari bo‘yicha nazorat ishlarini olib borish va arxitektura va shaharsozlikda milliy va madaniy an’analarni rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirib borish.




Download 77 Kb.
1   2   3   4




Download 77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosh boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

Download 77 Kb.