Bosh muharrir: Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana14.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#231819
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
PDF Gapparov Azim Qayumovich Jurnal-1-2024

Gapparov Azim Qayumovich
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakat iqtisodiy barqarorligini oshirishda bugungi resurslarning chek­
langanlik sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatiga alohida etibor qaratilayotganligi, turizm sohasini iqtisodiyot 
sektorlarida o‘rnini yanada oshirish lozimligi xususida so‘z boradi. Shuningdek, iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida turizm 
sohasini rivojlantirish uchun korrelyatsion tahlil yo‘li bilan aniq formulalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiy barqarorlik, yalpi ichki mahsulot, turizm sohasi, xizmatlar bozori, korrelyatsion tahlil, korrelyatsiya 
koeffitsiyenti, regressiya tenglamasi, fumksional bog‘lanish.
Abstract:
This article talks about the fact that in order to increase the economic stability of the country today, special atten
­
tion is paid to the activities of service enterprises in the conditions of today’s limited resources, it is necessary to further 
increase the position of the tourism sector in the economic sectors. Also, on the basis of economic indicators, specific 
formulas have been developed for the development of the tourism sector by means of correlational analysis.
Key words:
economic stability, gross domestic product, tourism industry, services market, correlation analysis, correlation 
coefficient, regression equation, functional relationship.
Аннотация:
В данной статье говорится о том, что для повышения экономической стабильности страны сегодня 
особое внимание уделяется деятельности предприятий сферы услуг в условиях сегодняшней ограниченности 
ресурсов, необходимо дальнейшее повышение позиций туристической сферы в секторов экономики. Также на 
основе экономических показателей разработаны конкретные формулы развития туристической сферы посред
­
ством корреляционного анализа.
Ключевые слова:
экономическая стабильность, валовой внутренний продукт, индустрия туризма, рынок услуг
корреляционный анализ, коэффициент корреляции, уравнение регрессии, функциональная связь.
K I R I S H
Mamlakat iqtisodiy barqarorligini oshirishda bugungi resurslarning cheklanganlik sharoitida xizmat 
ko‘rsatish korxonalari faoliyatiga alohida etibor qaratishga, xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini izchil rivojlantirishga 
zarurar tug‘dirmoqda. Xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida barcha xizmat ko‘rsatish sohalari alohida xususiyatga 
egadir. Ushbu tarmoqlardan biri borki u tarmoqning rivojlanishi bir vaqtning o‘zida mehmonxona xizmatlarini, 
umumiy ovqatlanish xizmatlarini, savdo xizmatlarini rivojlanishiga olib keladi va mamlakatdagi xorijiy valyuta 
aylanmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu soha shubhasiz turizm sohasidir. Turizm xizmatlari xizmat ko‘rsatish 
jarayonida to‘g‘ridan­tog‘ri xomashyo materiallarini juda kam miqdorda istemol qilsa, daromadliligi hamda foy­
daliligi esa juda yuqoridir. Shu sababli bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha 
ko‘plab islohotlar olib borilib o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda. Mamlakatda qaysi sohani rivojlantirmaylik uning 
rivojlanishiga ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi ya’ni natija ma’lum omillar ta’sirida vujudga keladi. 
A D A B I Y O T L A R S H A R H I .
Bugungi kunda turistik xizmat hajmiga funksional bog‘liq bo‘lgan omillardan ko‘ra korrelyatsion bog‘liqlik­
dagi omillar ta’sirini o‘rganish, natija va omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ma’lum tartibga keltirishning ilmiy­nazariy 
va amaliy masalalari keng xorijlik va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan tadqiq qilingan.
Ushbu muammoga oid ilmiy­nazariy va amaliy tadqiqotlar I.S.Stepanova 
[1]
, Arens E.A. 
[2]
, DJ.K. Lobbek 
[3]

Serov V.M. 
[4]
, Gurkov I.B. 
[5]
va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida korrelyatsion hamda regression tahlilning 
ilmiy­nazariy va konseptual asoslari yoritib berilgan.


253
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2024-yil, yanvar.

1-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Mamlakatimizda turistik xizmatlarning hajmini oshishi, iqtisodiyotda turizm sohasining ahamiyati hamda 
turizm sohasi bo‘yicha kutilishi mumkin bo‘lgan natijalarni prognoz qilishning ahamiyati bo‘yicha M.K.Par­
dayev 
[6]
, N.T.Tuxliyev 
[7]
, E.V.Golesheva 
[8]
, M. Miraxmedov 
[9]
, A.A.Eshtayev 
[10]
, K.B.Urazovlar 
[11]
munosib 
hissa qo‘shganlar. Ushbu iqtisodchi olimlar tomonidan turizm sohasining ahamiyati, turizm sohasida buxgal­
teriya hisobi va auditning xususiyatlari hamda turizm sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni, turizm 
sohasida iqtisodiy tahlilni takomillashtirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar yoritilgan.
M E T O D O L O G I YA
Natijaga va omillar o‘rtasidagi bog‘lanish ikki xil shaklda funksional yoki korrelyatsion bo‘lishi mumkin.
Funksional bog‘lanish - bu shunday to‘liq bog‘lanishki, unda bir bеlgi yoki bеlgilar o‘zgarish qiymatiga har 
doim natijaning ma’lum me’yorda o‘zgarishi mos kеladi.
Omil bеlgining har bir qiymatiga natijaviy bеlgining har doim bitta yoki bir nеcha aniq qiymati mos kеlsa, 
bunday munosabat funksional bog‘lanish dеyiladi. Funksional bog‘lanishning muhim xususiyati shundan ibo
­
ratki, bunda barcha omillarning to‘liq ro‘yxatini va ularning natijaviy bеlgi bilan bog‘lanishini to‘la ifodalovchi 
tеnglamani yozish mumkin.
Korrеlyatsion bog‘lanish - bu shunday to‘liqsiz bog‘lanishki, unda omillarning har bir qiymatiga turli zamon 
va makon sharoitlarida natijaning har xil qiymatlari mos kеladi. Bu holda omillar to‘liq soni noma’lumdir.
Omillarning soniga qarab funksional bog‘lanishlar bir yoki ko‘p omilli bo‘ladi. Ulardan ijtimoiy fanlarga 
nisbatan aniq fanlarda juda kеng foydalaniladi, chunki funksional bog‘lanishlar tabiiy hodisalar orasida ko‘p 
uchraydi. Omillarning har bir qiymatiga turli zamon va makon sharoitlarida natijaviy bеlgining aniq qiymatlari 
emas, balki har xil qiymatlari mos kеladigan bog‘lanish korrеlyatsion bog‘lanish yoki munosabat dеyiladi. Kor
­
rеlyatsion bog‘lanishning xaraktеrli xususiyati shundaki, bunda omillarning to‘liq soni noma’lum bo‘ladi.
Ushbu bog‘lanishlar turistik xizmatlar hajmi va unga ta’sir qiluvchi omillarda ham yaqqol ko‘rinadi. Tur
­
istik xizmat hajmi bilan funksional bog‘liqlikda bo‘lgan omillar sanoqli ammo korrelyatsion bog‘liqlikda bo‘lgan 
omillarni juda ko‘plab keltirishimiz mumkin. Masalan, tashrif buyuruvchi turistlar sonini olaylik, turistlar soni har 
xil mavsumda bir xil bo‘lishi mumkin, ammo ularga ko‘rsatiladigan xizmat hajmi boshqa­boshqadir. Mehmonx­
onalar sonini oladigan bo‘lsak bu ham turistik xizmat hajmiga ma’lum darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ammo 
bir miqdordagi mehmonxonalar soni har doim ham ham bir xil miqdordagi turistik xizmat hajmini ifodalamaydi. 
Bunday omillarni ko‘plab keltirib o‘tishimiz mumkin.
I L M I Y TA D Q I Q O T U S U L L A R I
Bugungi kunda turistik xizmat hajmiga funksional bog‘liq bo‘lgan omillardan ko‘ra korrelyatsion bog‘liqlik­
dagi omillar ta’sirini o‘rganish, natija va omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ma’lum tartibga keltirish muhim masa­
lalardan biri hisoblanadi. Bu tartib regressiya tenglamasida o‘z aksini topadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib Jizzax viloyatida bajarilgan turistik xizmatlar hajmi va unga ta’sir qiladigan 
omillar o‘rganildi (1-jadval).
1-jadval:
Jizzax viloyatida ko‘rsatilgan turistik xizmatlar hajmi va unga ta’sir qiluvchi omillar
1

Download 2,82 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosh muharrir: Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich

Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish