Bosh vazir o‘rinbosari B. A




Download 22.71 Kb.
Sana05.06.2022
Hajmi22.71 Kb.
#22973
Bog'liq
Singapur ta\'lim tizimi
037, Elektron tijorat, GFVHJiZ40P7kyPnn2VthG5MF7aOiesruESEvpCi5 (7), 11-sinf-informatika-testlar-3, Metodbirlashma ish rejasi 2022, Pedagogika fanidan test nazorat savollari, Bolalar-psixologiyasi-oraliq-oddiy-sirtqi, Yong’indan himoyalanishning zamonaviy texnik vositalari, elektr o\'tkazuv, yo-l-harakati-xavfsizligi-tushunchasi, 4-sinf ona tili 3-choralk yillik ishlanma, Тармоқ хавфсизлиги узб, Bitiruv ishi, Bekchanov

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorida keltirilgan:
Bosh vazir o‘rinbosari B.A. Musayev va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi:
Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar Finlandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini, shu jumladan o‘quv dasturlari, darsliklari, o‘qitish metodikalari va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xorijga xizmat safarini tashkil etgan holda o‘rganib chiqsin;
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Finlandiyaning ta’lim sohasidagi ijobiy tajribasini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga hamda Dasturga joriy qilish bo„yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Ushbu bandlarga muvofiq ta‟lim tizimini o„rganish, kadrlar malakasini oshirish va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimini o‘rganish, Finlandiyaning o‘qitish tizimidagi bir qancha yutuqlari va afzalliklarini tahlil qilgan holda milliy o„qitish tizimiga asos tariqasida qayta takomillashtirish kabi asosiy masalalar ko‘rib chiqilgan [1].

Ma’lumki, so'nggi paytlarda Finlandiyadagi ta`lim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim ekanligi va mazkur tizimning bunday maqomga erishishda yordam beradigan radikal g‘oyalar qanday ishlayotgani haqida fikrlar matbuotda keng muhokama qilinmoqda. Bizning Milliy ta’lim tizimimiz ham bundan mutasno emas.


Finlandiya maktablarida ta’lim tizimi yuqori darajada rivojlangan va katta yutuqlarga erishgan. Hech kimga sir emaski bugungi kunda Finlandiya maktablarida matematika o„qitish metodikasi eng yuqori darajada bo‘lib, shulardan bitta oddiy misol keltiradigan bo‘lsak, Finladiyada fandan yuqori va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bir biriga yordamchi yoki o‘quvchi bir biriga ustoz metodi yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak juft yoki toq metodida o‘qitish ham ommalshgandir. Juft metodi bu yuqori va past o‘zlashtiruvchi ikkita o‘quvchiga dars o‘tiladi va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi tushunmagan qismini o‘quvchining tushunishi oson bo‘lgan atamalari bilan yuqori o‘zlashtiruchi o‘quvchi past o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga tushuntiradi. Toq usul esa past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bilan fan o‘qituvchisi shug‘ullanadi, undan keyin maktabning to‘garak o‘tuvchi o‘qituvchisi shug‘ullanadi va ohirgi bosqichda esa past o‘zlashtiruvchi o‘quvchining ota onasi shug‘ullanib boshqa sinfdagi tez o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga yetib olishlariga yordam berishadi. Bu ikkita metodning afzalliklari juda samarali natija berishida bo‘lib, bir necha yillardan beri sinalgan metodlardan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘qituvchilari tamonidan bu metod a’lo darajada o‘zlashtirilgan va amaliyotda tatbiq etib kelinmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz bu ulkan tajribalarni o‘zimizni ta‘lim tizimizga joriy etib, matematika fanini o‘qitishda Finlandiya matematika metodlarni joriy etish hamda o‘quvchi yoshlarni matematika faniga qiziqishini oshirishdir[2].
Finlandiya so‘ngi 30 yil ichida ta’lim tizimida katta islohatlar olib bordi va yutuqlarga erishdi. Finlandiya maktablarida yana bitta metodlardan biri bu, deyarli raqobat yo„q. Ya’ni o‘quvchilarga baxo qo‘yishda Finlandiyada baxo tizimi mavjudmas. O‘quvchilarning qaysinisidir ikki oldi yoki uch oldi va h.k kabi ajratish mavjudmas. Finlandiyada maktab bitiruvchi sinfgacha bo‘lgan davrgacha kredik ball tizimi bo‘lib har bir o‘quvchi masalan matematika fanidan maktab bitirguniga qadr davr ichida 300 kredit ball to‘plagan bo‘lishga majburdir. Ikkinchi raqobatning mavjudmasligiga yana bitta misollardan bittasi ularda forma kiyish yoki qandaydir kiyinishga bo‘lgan talabning mavjudmasligidir. Finlandiyada har bir o‘quvchi o‘z hohishiga ko‘ra kiyinishi va asosiysi imkoniyati daramjasida kiyina olishidir. Bulardan tashqari hamma maktablari bir xil ta’mirlangan va jihozlangan. Finlandiya maktablarida sinf xonalarida deyarli shovqun bo„lmaydi. O‘quvchilar bir biri bilan taqqoslanmaydi. Agarda o‘quvchi o‘zlashtira olmasa u bilan fan o‘qituvchisi ko‘proq shug‘ulanadi[3].
So‘ngi yillarda Finlandiya Xalqaro PISA reytingida matematika fanidan 5-o‘rinni egallab kelmoqda. Finlandiya maktablarida dars soatlar kam bo‘lishiga qaramasdan o‘zlashtirish yuqori darajada. Finlandiya maktablariga bolalarni 7 yoshidan qabul qilishadi. Ularni fikricha bu eng to‘g‘ri qaror. Finlandiya maktablarida ta’lim quyi va yuqori bosqichlarda olib boriladi. Quyi bosqich (boshlang‘ich ta’lim (7-12 yoshlar) 1-sinfdan boshlab 6-sinfgacha bo„lgan sinflarni hamda yuqori bosqich yuqori sinf o‘quvchilari 7-9 sinf (13-16 yoshlar) o‘quvchilarini o‘z ichiga oladi. Boshlang‘ich sinflarida umumiy matematika fanining uchdan ikki qismi o‘qitiladi. Asosiy darsni boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi amalga oshiradi. Dars berish jarayonida Finlandiya boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘zlarining tajribalaridan va shaxsiy metodlaridan kelib chiqib asosiy darsni beradi. Finlandiya o‘qituvchilarning asosiy maqsadi o‘quvchini qiziqtirish va natijaga erishish hisoblanadi[4].
Download 22.71 Kb.




Download 22.71 Kb.