Boshlang’ich sinf ona tili darslarida noan’anaviy ta’limning samaradorligi




Download 203.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.04.2023
Hajmi203.42 Kb.
#54989
  1   2
Bog'liq
boshlang-ich-sinf-ona-tili-darslarida-noan-anaviy-ta-limning-samaradorligi
Glossary, boshlang‘ich ta’lim, C da funksiya va protsedurlar bilan ishlash, Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma Yengil beton buyumlari (1), 1.ishchi dastur КТ, shnq 2 01 01 22y iqlim ohirgi variant 28 10 22y , O`zgaruvchan massali jism harakati-fayllar.org, 1.Ген. ва АКБ, 2.TVEJvaET-Lab.ish-2021-22, Fermentlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish., cross, Махсус Дизайн ферменный бланка, Документ Microsoft Word (2), Obloyorova Munisxon


Boshlang’ich sinf ona tili darslarida noan’anaviy ta’limning 
samaradorligi 
Zuhra Xasanboyevna Dadajonova 
Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani, 55-maktab 
Mahliyo Karimovna Kenjaboyeva 
Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, 63-maktab 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda dars 
jarayonida boshlang’ich ta’limda noan’anaviylikning o’rni va ahamiyatiga 
bag’ishlanadi. 
Kalit so’zlar: noan’anaviylik, didaktik o’yin, test, tarqatma material, trening 
mashg’ulot, “Klaster” 
Effectiveness of non-traditional education in primary school 
mother tongue classes 
Zuhra Khasanboyevna Dadajonova 
Fergana region, Fergana district, School №55 
Mahlyo Karimovna Kenjaboyeva 
Fergana region, Fergana district, School №63 
Abstract: This article focuses on the role and importance of unconventionality 
in primary education in the course of the lesson in improving the quality and 
efficiency of education. 
Keywords: unconventionality, didactic game, test, handout, training session
“Cluster” 
Bugungi kunda ta’lim tizimiga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Bu esa o’z navbatida o’qituvchilardan mashaqqat va mehnat talab 
qiladi. Chunki tizimda erishilayotgan yutuqlarning zamirida tashabbuskor va fidoiy 
o’qituvchilarning o’rni beqiyosdir.Ayniqsa, yosh avlodga ta’lim bilan bir qatorda 
tarbiyani ham mukammal targ’ib qilib kelayotgan boshlang’ich fan o’qituvchilarini 
alohida e’tirof etish joiz. Zero, bolalarni yoshligidan ilm-fanga qay darajada oshno 
bo’lishi bevosita boshlang’ich fan o’qituvchisining mahoratiga bog’liq bo’ladi. 
Boshlang’ich ta’limda ona tili o’qituvchi asosiy o’rinni egallaydi. Ona tili 
dasturi quyidagi bo’limlarni ichiga oladi: 
- Savod o’rgatish, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
670


- Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish. 
- Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish. 
Ona tili darslari o’quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o’stirish bilan 
bir qatorda, ularda axloqiy va estetik tassavvurlarni shakllantirish, nafosat hissini 
tarbiyalash, mantiqiy tafakkur yuritishga o’rgatish, bilim manbai bo’lgan kitobni 
sevish kabi muhim masalalarni ham hal etishini nazarda tutadi. «Fonetika, 
grammatika, to’g’ri yozuv va nutq o’stirish» dasturi, «Tovushlar va harflar», «So’z», 
«Gap», «Bog’lanishli nutq» va «Husnixat» bo’limlarini o’z ichiga oladi. Mana shu 
bo’limlarni o’tish, o’quvchiga singdirish jarayonida o’qituvchi o’zining bor 
mahoratini ko’rsatib, ona tili darslarini noan’anaviy tarzda o’tib, o’quvchilarni 
qiziqtira olishi, shu bilan birga ularning grammatik savodini rivojlantirib borishi 
lozim. 
Ilg’or pedagogik texnologiyaning juda ko’p usullari mavjud bo’lib, ular seminar 
darslar, konferensiya darslari «Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «BBB» 
(Bilar edim, bilishni xohlayman, bilim oldim), «Mantiqiy tafakkur» va boshqalardir. 
Bu usullardan o’quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab 
foydalanish mumkin. 
Ona tili o’qitishda noan’anaviy dars usuli yuqori samara bermoqda. Bu usul o’z 
ichiga bir qancha metodlarni oladi. Masalan: ma’ruza, suhbat, test, og’zaki bayon, 
mustaqil yoki amaliy ish, lug’at bilan ishlash, diktant, uy ishi, bellashuv, musobaqa, 
sayohat, krossvordlarni tuzish va yechish, savol-javob va boshqalar. 
O’qituvchi bir soatlik dars davomida mana shu metodlarning bir nechtasidan 
samarali foydalana olsa, u ilg’or pedagogik texnologiya asosida noan’anaviy dars 
o’tgan bo’ladi. 
Ona tili darslarining tuzilishi mavzusi, maqsad, metod, jihoz, darsning borishi 
qismlaridan iborat bo’ladi. O’qituvchi dars o’tish jarayonida darsning mavzusi
maqsadi, metodi, jihozi qismi shundayligicha qoldiradi, ammo darsning borishi 
qismiga mustaqil o’zgartirishlar kiritsa bo’ladi. Ya’ni ish: 
1. Mustaqil ish. 
2. Og’zaki bayon. 
3. Bellashuv. 
4. Lug’at diktant. 
5. Test. 
6. Kitob bilan ishlash. 
7. Yangi mavzu. 
8. Dars yakuni va uyga vazifa jumlalari bilan almashtirsa bo’ladi. 
Bunday darslarda o’quvchi o’zini erkin tutadi, mustaqil fikrlaydi, og’zaki va 
yozma nutqi o’sadi, yangi mavzuni o’zlashtirishi oson bo’ladi, dars qiziqarli 
bo’lganligi uchun o’tilgan mavzu uzoq vaqt xotirasida saqlanib qoladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
671


Noan’anaviy darslarni o’tish uchun o’qituvchi, o’quvchi ham puxta tayyorgarlik 
ko’rishlari kerak. Ya’ni bir mavzuga o’qituvchi ko’rgazmali qurol, rangli rasmlar
tarqatma materiallar (kartochkalar), kesma harflar, testlar, boshqotirmalar olib kelishi 
zarur. Jumladan, kesma harflar bilan ishlash 1-sinfda kesma harflardan tovush va harf 
tanish, bo’g’in, so’z yozishda foydalansa, 2-, 3-, 4-sinflarda ulardan so’zlarni to’g’ri 
yozishda bo’g’in ko’chirishda foydalanadi. Lekin bu kesma harflar faqat 
o’qituvchigina emas, balki har bir o’quvchida ham bo’lishi lozim. Ular mana shu 
harflar bilan 2, 3 daqiqa ishlari davomida 5 ta, 6 ta so’zni to’g’ri yozilishini bilib 
oladilar. 
Ona tilidan noan’anaviy darslarda boshqotirma rebuslardan foydalanilsa, ular 
o’quvchining tafakkurini charxlaydi, o’ylashga fikr bildirishga o’rgatadi. Bular 
albatta oddiydan murakkabga qarab borishi lozim. 
Rebus boshlang’ich sinf o’quvchilariga juda sodda ko’rinishda berilib, surat 
belgilar asosida yechiladigan boshqotirmalardir. Rebuslarni hal etish uchun 
avvalambor suratda nima tasvirlanganini topish lozim bo’ladi, shundan so’ng shartli 
belgilar asosida yangi so’z hosil qilinadi. Shu tariqa rebus yechiladi va nima so’z 
yozilganligi topiladi. 
Krossvord o’yinini o’tkazish uchun o’quvchilar yoshiga mos holda juda sodda 
ko’rinishda krossvordlar tuzib olinadi. O’quvchilar mustaqil ravishda javoblarni topib 
yozadilar. 
Dastlab krossvordlar o’qituvchi boshchiligida hal etiladi. O’quvchilarda 
krossvordlarni hal etish ko’nikmalari paydo bo’lgandan keyin o’qituvchi nazorati 
ostida mustaqil yozadilar. 
Fikrlash doirasini kengaytirishda testlardan foydalanish ham katta samara beradi. 
Chunki test o’quvchini bilim saviyasini aniqlash bilan bir qatorda, uni o’ylashga, 
izlanishga, fikrlashga da’vat etadi. Boshlang’ich sinfdanoq testlarni tahlil qilish, 
javobini belgilashga odatlangan o’quvchi yuqori sinflarga o’tganda test 
topshiriqlarini hech ikkilanmay, bemalol bajara oladi. 
Noan’anaviy darslarda qo’llanadigan usullardan biri tarqatma materiallar bilan 
ishlashdir. Tarqatma materiallar kartochkalari o’tilgan mavzularni takrorlash, 
mustahkamlash, 
olingan 
bilimlarni 
sistemalashtirish 
maqsadida 
ishlatiladi. 
Kartochkalarni tarqatishdan avval o’quvchilar o’qituvchi bilan birgalikda darslikda 
berilgan mashqlarni bajarib, mashqlar shartini tushunish, bajarilish tartibini va 
yo’llarini o’rganadilar. 
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, boshlang’ich sinflarda dars samaradorligi 
va sifatini yanada oshirish uchun mana shu metodlarning barchasini AKT asosida 
o’qitilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining ona tili faniga qiziqish va intilishlarini yanada oshiradi. Yuqoridagi 
metodlar va uslublar yordamida o’z darslarini tashkil qilgan o’qituvchi ushbu 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
672


usullarning qanchalik samaradorligini his qiladi va xulosalar chiqaradi. Zero, ming 
bor eshitgandan, bir bor ko’rgan afzal deydi dono xalqimiz.

Download 203.42 Kb.
  1   2




Download 203.42 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf ona tili darslarida noan’anaviy ta’limning samaradorligi

Download 203.42 Kb.
Pdf ko'rish