Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini me`yoriy xujjatlarini tayyorlashda word dasturidan foydalanish
BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHILARINI ME`YORIY XUJJATLARINI TAYYORLASHDA WORD DASTURIDAN FOYDALANISH
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini word dasturidan foydalanish.
Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini me`yoriy xujjatlari.
Me`yoriy xujjatlarni word dasturida tayyorlash
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT’dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi.
Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.
O‘z faoliyatimizda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o‘quv jarayonida AKT’dan foydalanish bo‘yicha ma’lum tajribalarni to‘plab bormoqdamiz.
Ахborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKT’ni didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv yo‘nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi.
АKT’dan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.
1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.
Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.
Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o‘qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.
«Tabiatshunoslik» fani bo‘yicha barcha mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O‘lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari», «Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari», «O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va o‘simliklari» va boshqalar. Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi.
Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.
Barcha o‘quv fanlarida qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko‘plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin.
Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.
Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi.
Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog ko‘rinishida olib borish mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar.
Boshlang‘ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim. Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini rejalashtirish, axborot izlash, muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish, faoliyatni vositalashtirish kabi dastlabki ko‘nikma va malakalar to‘plami ko‘rinishida qaraladi. Kompyuterni o‘qishda yordamchisi, ijodkorlik, o‘zini ifoda etish va rivojlantirish vositasi sifatida tushunish katta ahamiyatga ega. Katta sinflar o‘quvchilarida fikrlash uslubi shakllanib bo‘ladi, yangi shakllarini ular qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Ushbu kurs o‘quvchini SHK’da axborot bilan amaliy ishlashga o‘rgatishi kerak. Boshlang‘ich maktabda kompyuterni o‘zlashtirib o‘quvchilar undan o‘z faoliyatlari vositasi sifatida boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin, kompyuterni qo‘llash bilan olib boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Katta sinflarda informatika darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu dasturni amalga oshirish zarur sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi materialni muhokama qilishda elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari, o‘quv o‘yinlarini tashkil qilish hamda individual ta’lim va kompyuterli praktikumni tashkil qilishda foydalaniladi. Ta’lim natijasida o‘quvchilar o‘quv va oddiy amaliy masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga tushirish); dasturlarda amaliy topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word Pad, Microsoft Power Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan dasturlarni ishga tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar, testlar; matnlar va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy o‘zgartirishlarni, saqlash, foydalanish va axborot hamda ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiradilar, mundarija, yo‘l ko‘rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar, internetdan foydalanib, kompyuter yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar yaratadilar.
Shunday qilib, ushbu kursni boshlang‘ich maktabda o‘rganish o‘quv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs o‘qituvchiga ta’limni erkin boshqarish va o‘quv axborotlarini taqdim etish turli usullarini qo‘llash imkonini beradi.
Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida o‘rin ajratilgan. O‘quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi; o‘quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o‘quvchilarni aniq hayotiy muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy boshlang‘ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflar ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda AKT’dan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish va shu kabilardan iborat bo‘ladi.
Microsoft Word darchasi
Word tahrirlagichiga kirsak ekranda uning dastur darchasi hosil bo`ladi. Dastur darchasining ichida hujjat darchasi joylashgan bo`ladi.
Word darchasining ko`rinishi quyidagicha
Word tahrirlagichida dastur darchasi boshqa darchalar kabi sarlavha satriga va menyu satriga ega. Darchaning ayrim belgilari Windows dasturlarining barchasiga tegishli. Sarlavha satrining chap qismida tizimli darchani masalalar paneliga yig`adigan, darchani butun ekranga yoyadigan, (agar darcha butun ekranga yoyilgan bo`lsa, yoyiq darchani kichraytiradigan), darchani yopadigan uchta tugmacha joylashgan. Menyu satridan pastda xohlasak qo`yib, xohlasak olib tashlaydigan uskunalar paneli joylashgan. Dastur darchasining pastki qismida holat satri joylashgan. Unda odatda kursorning joriy holati, joriy vaqt va tahrirlash takrtibi haqidagi ma`lumotlar chiqadi.
Hujjat darchasi ham sarlavha satriga ega. Sarlavha satrining pastida tizimli menyu va o`ng qismida darchani masalalar paneliga yig`adigan, darchani butun ekranga yoyadigan, (agar darcha butun ekranga yoyilgan bo`lsa, yoyiq darchani kichraytiradigan), darchani yopadigan uchta tugmacha joylashgan. Xujjat darchasining chap va yuqori qismlarida chizg`ichlar joylashgan. Bu chizg`ichlarni qo`yish yoki olib tashlash mumkin. Xujjat darchasining o`ng va pastki qismlarida o`tkazish yo`lakchalari mavjud. Ular yordamida xujjat darchasidagi ma`lumotning ko`rinmay qolgan qismlarini ko`rish mumkin.
Word ishga tushganda faylga “DOKUMENT 1” nomi beriladi. Bir necha xujjat bilan ishlaganda nomning raqami o`zgaradi, ya`ni masalan, “DOKUMENT 2” va xakazo. Bu nom xujjatning nomi o`zgartirilgandan so`ng o`zgaradi.
Microsoft Word taxrirlagichidan chiqish
Word tahrirlagichidan chiqish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin.
1) [Alt] Q [F4] - tugmalari yordamida
2) “Fayl” menyusining “ВЎХОД” buyrug`i yordamida
3) Dasturlar darchasi sistemali menyusining “ЗАКРЎТЬ” buyrug`i ordamida
4) Dasturlar darchasi sarlavha satrining o`ng qismidagi yopish tugmachasi orqali.
Word ning dastur darchasida hujjat darchasini oldin yopib, keyin dastur darchasini yopish ham mumkin. Hujjat darchasini yopish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin.
1) [Ctrl] Q [s] - tugmalari yordamida
2) Hujjat darchasi tizimli menyusining “ЗАКРЎТЬ” buyrug`i yordamida
3) Hujjat darchasi sarlavha satrining o`ng qismidagi yopish tugmachasi orqali
4) “Fayl” menyusining “ЗАКРЎТЬ ” buyrug`i yordamida.
Hujjat darchasini kichik holatga yoki yoyilgan holatga o`tkazish mumkin. Yoyilgan holatda hujjat darchasi sarlavhasi dastur darchasi sarlavhasining davomidan ko`rinib turadi.
Hujjat darchasini yopishda yoki birdaniga dastur darchasini yopishda o`zgartirilgan fayllarning diskka yozilganligini Word tekshiradi. Biror hujjat diskka yozilmagan bo`lsa, ekranda savol hosil bo`ladi. Savolga quyidagicha javob berishingiz zarur.
Ha (Da), agar siz faylni saqlab, dasturdan chiqmoqchi bo`lsangiz.
Yo`q (Net), agar siz faylni saqlamasdan dasturdan chiqmoqchi bo`lsangiz.
Bekor qilish (Otmenit), agar siz faylni saqlamasdan dasturdan chiqmoqchi bo`lmasangiz.
Word oynasining elementlari
Wordni ishga tushirilgandan keyin ekranga uning oynasi chiqadi.
Oynaning birinchi satrida quyidagi elementlar joylashgan:
a) sistema menyusining belgisi;
b) dasturning va faylning nomlari;
c) oynani yopish belgisi;
d) oynani o`z holatiga keltirish yoki oynani kattalashtirish belgilari.
Wordni birinchi marta ishga tushirganda, fayl nomini o`rnida siz ”DOKUMENT1” nomini ko`rasiz. Bu Wordda bir necha hujjatlar bilan baravariga ishlash mumkinligi va shulardan birini bildiradi.
”DOKUMENT 1” - matnga nom berilmagan bo`lsa va boshqa bir nom bilan saqlanmagan yangi matnga beriladi.
Ikkinchi satrda menyu joylashgan bo`lib, bu oynaning asosiy bo`limidir. Undan kerakli buyruqlar tanlanadi. Bu satrning chap tamonida hujjatning tizim menyusining belgisi joylashgan
Menyu satrining tagida instrumentlar paneli joylashgan. Sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini instrumentlar paneliga olib borib va chap tugmachasini bosib, biz kerakli bo`lgan instrumentni ishga tushiramiz. Agar oynada instrumentlar paneli yo`q bo`lsa, menyudan “Vid - Paneli instrumentov” buyruqini tanlab, uni o`rnatsa bo`ladi.
Instrumentlar paneli tagida va matnni chap tamonida, agar siz “rejim prosmotra razmetki stranis`” tartibida ishlasangiz, lineykalar joylashgan bo`ladi. Bu lineykalar yordamida “abzasno`y otstup”, matnni ekrandagi ko`rinish masshtabini, tabulyasiyani, matnni kengligini o`zgartirsa bo`ladi.
Oynaning o`rtasida hujjatni o`zi joylashadi.
Hujjatni o`ng tamonida va tagida kichkina to`rtburchak (begunok) bilan vertikal va gorizontal surgichlar (prokrutkalar) joylashgan. Bular matnni hammasi ekranda ko`rinmaydigan holatlarida ishlatiladi. Sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini to`rtburchak ustiga olib borib, chap tugmachasini bosib turib to`rtburchakni tepaga-pastga yoki chapga-o`ngga qarab yurgiziladi. Shu yordamida butun matnni ko`rib chiqsak bo`ladi. Oynaning tagida holat satri (stroka sostoyaniya) joylashgan. Bu satr, kursor hujjatning qaysi joyida turganini, joriy vaqt va joriy tahrirlash tartibi to`g`risida axborot beradi. Agar bu satr yo`q bo`lsa, uni menyuning Servis-Opsii-prosmotr buyrug`i yordamida o`rnatsa bo`ladi. «Stroka sostoyaniya» oldiga x belgisini qo`yiladi.
3. Microsoft Word tahrirlagichi menyusi
Word tahrirlagichi menyusi 9 bo`limdan iborat. Menyuga kirish uchun sichqonchadan yoki klaviaturaning [Alt] tugmachasidan foyda-lanish mumkin. Menyu buyruqlarining qisqacha tavsifi quyidagicha.
FAYL menyusi
Fayl - menyuning bu bo`limida, hujjatlarni hosil qilish, ochish va saqlash buyruqlari joylashgan. Bu erda hujjatlarni butun qattiq disk bo`yicha qidirish, sahifa o`lchamlarini o`rnatish, hujjatlarni printerga chiqarish va Word ishini yakunlash mumkin.
“СОЗДАТЬ...” - yangi fayl yaratish,
“ОТКРЎТЬ...” - diskdagi mavjud fayllarni ochish,
“ЗАКРЎТЬ” - joriy hujjatni yopish,
“СОХРАНИТЬ” - xotiraga saqlash,
“СОХРАНИТЬ kak...” – boshqa nom bilan xotiraga saqlash,
“СОХРАНИТЬ ВСЕ” - hujjatni, shaklni, makrokomandani va boshqa o`rnatilgan tartiblarni saqlab qolish,
“ПОИСК ФАЙЛА” - faylni qidirish,
“СВОДКА...” - hujjat haqida ma`lumot olish,
“ШАБЛОНЎ`...” - hujjatni mavjud shakl bilan bog`lash,
“ПРОСМОТР” - chop etishdan avval hujjatni ko`zdan kechirish,
“ПЕЧАТЬ...” - hujjatni chop etish,
“ПОСЛАТЬ...” - hujjatni elektron pochta orqali jo`natish,
“ДОБАВИТЬ РАССЎЛКУ...” - manzilni o`zgartirish,
“ВЎХОД” - tahrirlagichdan chiqish.
PRAVКA menyusi
Pravka - menyuning Pravka bo`limi bilan hujjatlarni tahrirlash mumkin. Bu: belgilash, o`chirish, nusxa olish, matndagi kerakli joylarni berilgan model bo`yicha qidirish, kerakli betga o`tish va noto`g`ri berilgan buyruqlarni bekor qilish.
“ОТМЕНИТЬ ВВОД” - hujjat ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qilish,
“ПОВТОРИТЬ ВВОД” bekor qilishdan qaytish, ya`ni bajarilgan amalni takrorlash,
“ВЎРЕЗАТЬ” - hujjatning ajratilgan qismini cho`ntakka olish,
“КОПИРОВАТЬ” - ajratilgan qism nusxasini olish,
“УДАЛИТЬ” - ajratilgan qismni o`chirish,
“ВСТАВИТЬ” - cho`ntakdagi qismni kursor turgan joyga qo`yish,
“СПЕЦИАЛЬНАЯ ВСТАВКА...” – boshqa ilova fayllarni qo`yish,
“НАЙТИ...” - ko`rsatilgan belgi yoki so`zlarni qidirish,
“ЗАМЕНИТЬ...” - ko`rsatilgan belgi yoki so`zlarni boshqasiga almashtirish,
“ПЕРЕЙТИ...” - ko`rsatilgan joyga o`tish,
“АВТОТЕКСТ” - odatdagi ko`p ishlatiladigan jumla va iboralardan foydalanish,
“ЗАКЛАДКА” - hujjatning zarur joylarini belgilash,
“СВЯЗИ” - ob`ekt bilan aloqani yangilash,
“ОБЪЕКТ” - ilovalarga murojaat qilish.
VID menyusi
Vid - menyuning Vid bo`limida, hujjatni ekranda ko`rish shakli va masshtabi o`rnatiladi.
“НОРМАЛЬНЎЙ” - hujjatni ekranda normal ko`rinishda tasvirlash,
“РАЗМЕТКА СТРАНИЦ`” - hujjatni ekranda sahifalangan ko`rinishda tasvirlash,
“ГЛАВНЎЙ ДОКУМЕНТ” - asosiy hujjatni bir necha hujjatga bo`lish,
“ВО ВЕСЬ ЭКРАН” - hujjatni butun ekranga yoyish,
“ПАНЕЛИ ИНСТРУМЕНТОВ...” - uskunalar panellarini o`rnatish,
Oynaning tagida va o`ng tamonida vertikal va gorizontal surgichlar joylashgan. Vertikal surgich yordamida kursorni matn bo`ylab yuqoriga va pastga yurgizish mumkin, gorizontal surgich bilan esa - o`ng va chap tamonga yurgizish mumkin.
Matnni o`chirish
Ma`lumki, klaviaturaning Backspace va Del tugmachalari yordamida noto`g`ri kiritilgan harflarni o`chirsa bo`ladi. Matnning katta qismlarini o`chirish uchun bu tugmachalardan foydalansa ham bo`ladi. Ammo bu ishlarni bajarishiga vaqt ko`p ketadi. Bu amalni tez bajarish yullaridan biri matnning o`chirmoqchi bo`lgan qismini belgilab, bir marta Del tugmachasini bosishdir. Wordning filosofiyasi - bu belgilash va buyruqni bajarish.
Matnni belgilash uchun bir necha usullar mavjud:
Кlaviaturaning Shift va kursorni boshqarish(yo`nalish) tugmachalari bilan. Shift, Ctrl va yoki ¯ tugmachalarini baravar bosilishi kursor turgan abzasni kursor turgan joyidan boshlab yuqoriga yoki pastga qarab belgilaydi.
Sichqoncha yordamida belgilash:
Harflarni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini birinchi harfning chap tamoniga olib borib, chap tugmachasini bosib turib, oxirgi harfiga olib boring. Кeyin chap tugmachasini qo`yib yuboring.
So`zni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini so`zning hohlagan harfiga olib borib, chap tugmachasini ikki marta bosing.
Qatorni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini qatorning chap tamoniga olib boring (ko`rsatkich strelka shakliga o`tadi) va chap tugmachasini bosing. Кo`rsatkich strelkani yuqoriga yoki pastga qarab yurgizsak, keyingi qatorlarni ham belgilaydi.
Gapni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini gapning hohlagan joyiga olib borib, Ctrl va sichqonchaning chap tugmachasini bosing.
Abzasni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini abzasning chap tamoniga olib borib (ko`rsatkich strelka I shakliga o`tadi), chap tugmachasini ikki marta bosing. Yoki ko`rsatkich strelkani abzasning hohlagan joyiga olib borib, chap tugmachasini uch marta bosing.
Ustunni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini ustunning birinchi harfiga olib borib, Alt tugmachasi bosing va sichqonchaning ko`rsatkich strelkasi yurgiziladi.
Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” taqdqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib olindi.
Biroq 1985-yil Macintosh uchun moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun moʻljallangan boshqa dasturiy taʼminotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – “nima koʻrsam, shuni olaman”).
MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi boʻlsada, DOS uchun moʻljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki yotiq matn kabi matn belgilarini koʻrsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq u hali ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi matn muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, baʼzan matn rangli ham boʻlardi. Ammo koʻp holda DOS dasturiy taʼminotidagi dasturlarda har bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qoʻllanilishi (DOS Wordda hujjat saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va koʻp kotiblar faqat WordPerfectni ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik bilan oʻtishgan.
Microsoft Word hozirda keng qoʻllaniluvchi eng ommabop matn muharriri hisoblanadi. IBM OC platformasidagi “.doc” kengaytmasi Word 97-2000 ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va import qiluvchi filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati Wordning turli versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, - Microsoft Office Open XML ga asoslangan “ehtimoliy tanlangan” formatni ishlatadi. Word 97-2007 formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda eʼlon qilingan.
Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word oʻz imkoniyatlarini oʻziga oʻrnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga WordBasic, Word 97 versiyasidan soʻng VBA – Visual Basic qoʻllanilgan). Biroq bu virus xavfini oshiadi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi epidemiyasi boʻloladi. Shu sababdan antivirus dasturiy taʼminotidan foydalanish ortiqchalik qilmaydi. Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk virus 1994-yil dekabrda J. Mak-Namarning makroviruslar yaratish imkoniyatlarini namoyishiga moʻljallangan DMV boʻlgan. “Yovvoyi tabiatga” tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust).
Shaxsiy kompyuterlar paydo bo’lgandan buyon foydalanuvchilar uchun kundalik yumushlarini u yoki bu tartibda yengillashtirib beruvchi yuzlab dasturlar yaratildi. Ma`lumki inson ish faoliyati davomida ko’plab matnlarni qayta ishlashiga to’g’ri keladi. Kompyuterning yaratilishi bu borada katta imkoniyatlarni ochib berdi. Masalan: “Microsoft”, “MultiEdit” va shu kabi dasturlar ish yuritishni ancha yengillashtirdi.
Eng ko’p tarqalgan dasturlar majmui “Microsoft Office” bilan tanishamiz. Majmua tarkibiga kuyidagi dasturlar kiradi:
“Microsoft Word” – universal matn muxarriri.
“Excel” – elektron jadvali.
“Access” – ma`lumotlar bazasi tizimini boshkarish.
“Power Point” – zamonaviy reklamaning eng asosiy dasturi.
Matnli processorlarni yozish uchun quyidagi ikki gurux taxrirlagichlar ishlab chiqilgan. Birinchi gurux xar xil darajali kiyinchilikdagi xujjatlarni tuzadi, xamda anik vositali formatlash va grafiklarni uz ichiga oladi. Bu guruxning tipik vakili “WINWORD”. Matnli processorlarning ikkinchi guruxi (ularni kupincha matn muxarrirlari deb yuritiladi) fakat matnli fayllar bilan ishlashga moslashtirilgan. Bu guruxga “ReadMe”, “Write”, “Bloknot” kabi programmalar kiradi. “Bloknot” eng sodda matnli muxarrirlardan biri, uning imkoniyat darajasi “Norton Commander” dagi {F4} kabi, ya`ni fakat taxrirlab buladi, shriftlarni uzgartirib bulmaydi. ”Bloknot” ning imkoniyat darajasi juda past.
“Word” (So’z) - hozirgi zamon matnli processorlaridan biridir. Word dasturi bilan ishlaganda unga har xil diagrammalar, tasvirlar, grafiklar, “Paintbush” yoki boshka biror grafikli muxarrirda chizilgan rasmlar, xamda jadvalning biror bulagini kuyish mumkin. Word ning samarali va kulay tomoni shuki, u “Write” matn muxarriri bajara olmaydigan, matnni ikki va undan ortik kolonkalarga ajratish, matnni ramka ichiga yozish va bu ramka chizigining soyali va soyasiz kurinishini xosil kilish, bir nechta ishchi oynalar tuzish va xokazo ishlarni bajara oladi.
Word – bu matnli va grafikli axborotlar ustida yuzlab amallarni bajaruvchi, matn muxarrirlarining ichida mukammal dasturlardan biri bulib xisoblanadi. Word yerdamida juda tez va yukori sifatda istalgan xujjatni oddiygina yezuvdan to murakkab nashrdagi asl maketgacha tayerlash mumkin.
Birinchidan, Word zamonaviy kompyuter texnologiyalarida kuzda tutilgan an`anaviy amallarni matnlar ustida suzsiz bajarish imkoniyatiga ega:
Formatlashtirilmagan alfavit-rakamli axborotlar tuplami va modifikaciyasi
Turli xil ulchamli va stilli “True Type” shriftlarni kullagan xolda belgilarni formatlash betlarni formatlash
Xujjatni butunligicha formatlash
Tugri yezilganlikni tekshirish, sinonimlar tanlash va suzlarni avtomatik ravishda kuchirish.
Ikkinchidan, Word matn muxarririda “Windows” ning boshka ilovalarida tayerlangan matnli fragmentlarni, jadvallarni, rasmlarni xujjatga kiritish imkonini beradigan yangi texnologiya imkoniyatlari mavjud.
Uchinchidan, Word – bu maxsus nashriy sistemalarga xos bulgan saxifalashning kupgina amallarini bajarish imkoniyatiga ega bulgan va bosmaxonada keyingi nusxalash uchun asl nusxalar yasaydigan , umumkullaniladigan dasturlardan biridir.
Turtinchidan, Word - bu matnlarni kayta ishlash buyicha zerikarli ishni ba`zi payt kizikarli, ba`zi payt tinchlantiruvchi mashgulotga aylantiradigan asl texnologik yechimlarning noeb tuplamidir. Bunday yechimlarga tayer shablonlar va bezatish uslublari sistemasi jadvallar yaratish va modifikaciyalash usullari, avtotekst va avtoalmashtirish funkciyalari, ishlatiladigan uskunalar oynasi va boshkalar misol bula oladi.
Xulosa
Butun matnni Sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini matnning chap tamoniga olib boring (ko`rsatkich strelka ì shakliga o`tadi), Ctrl tugmachasini, so`ng sichqonchaning chap tugmachasini bosing. Matnni belgilagandan keyin, Del tugmachasini bosib o`chirish mumkin.O`chirilgan matnni qayta tiklash mumkin. Buning uchun Ctrl va Z tugmachalari bosiladi yoki menyuning Pravka-Otmenit buyrug`idan foydalaniladi. Otmenit so`zdan keyin oxirgi bajarilgan buyruqni nomi chiqadi.
O`chirilgan matnni tiklash
Agar siz tasodifan matnning kerakli qismini o`chirgan bo`lsangiz, [Ctrl]Q[Z] tugmachalari yoki “PRAVКA” menyusining “OTMENIT” komandasi yordamida o`chirilgan matn qismini tiklashingiz mumkin. Uskunalar panelidagi - “OTMENIT” tugmasi ham qilingan xatoni bekor qiladi. Bekor qilishning o`zini bekor qilish, ya`ni xato qilingan joyga qaytish uchun uskunalar panelidagi - “VERNUT” tugmasini bosish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
|