Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining didaktik tamoyillari




Download 311 Kb.
bet11/19
Sana03.04.2021
Hajmi311 Kb.
#14068
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining didaktik tamoyillari

Har bir tinglovchi quyidagilarni bilishi kerak:

1. Onglilik tamoyili

2. Ko’rsatmalilik tamoyili

3. Ilmiylik tamoyili

4. Ketma-ketlik tamoyili

5. Puxta o’zlashtirish tamoyili va hokazolar

6. Boshlang’ich sinfda algoritm va algoritmlarni o’rgatish metodikasi



1. Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar:

Har bir darsda turli xil didaktik maqsadlar ko’zlanadi, ular orasida bittasi bosh maqsad bo’lib hisoblanadi, uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi.

Har bir alohida darsning maqsadi darslar sistemasining maqsadini aniqlab, uning yordamida o’qitilayotgan mavzuning mazmunini o’quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o’quvchilarni tanishtirish bo’lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida esa, biror malaka va ko’nikmalarni hosil qilish, to’rtinchisida esa, bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O’tilganlarni takrorlash oldin o’tilgan bilimlarni yangi sistemaga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o’z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish har doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.

Maktab amaliyotining tajribasi darsning ma’lum strukturasini yaratdiki, ko’pchilik o’qituvchilar bu strukturaga rioya qilib, ma’lum yaxshi natijalarga erishmoqda. Odatda darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o’tgan mavzu takrorlanadi, so’ngra o’tgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o’quvchilarga misol va masalalar yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa va ni bajarishga oid tavsiyalar beriladi.

Ba’zan, bu maqsadlardan bittasiga bag’ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga amal qiladi.

2. Matematikadan dars turlari.

Boshlang’ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko’rsatish mumkin.

1) O’quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko’nikmalarni hosil qilish. Bunday darslarda hisoblash, grafik yoki masala yechish bilimlari hosil qilinadi.

2) Turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko’nikmalarni mustahkamlash.

3) O’tilganlarni takrorlash va umumlashtirish darslari.

4) O’quvchi yo’l qo’ygan xatolar ustida ishlash maqsadida bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish darslari. Har bir matematika darsida turli xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish, darsning va mavzuning maqsadini bayon qilish, oldin o’tilganlarni takrorlash yoki bolalarning hayot tajribasini esga tushirish yo’li bilan o’quvchilarni yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash, og’zaki hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi materialni o’rganish (darsning asosiy bo’limi), bolalarning jamoa ishi sifatida 1-chi o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash, o’rganilgan bilimlarni hisoblash, mashq, bilim va malakalarni qo’llash (darsning asosiy bo’limi), o’quvchilarni mustaqil ishlari va uni tekshirish, oldin o’zlashtirilgan materiallarni takrorlash, uyga vazifa berish, darsni xulosalash.

Darsning asosiy struktura qismlarini turli xilda va turli metodlar bilan birga qo’shib olib borish mumkin.

Dars qanday qismlardan iborat bo’lishi, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular o’rtasida o’quv materialini qanday taqsimlash, bu qismlar bir-biriga qanday bog’lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam bera oladimi va h.k. Boshlang’ich sinfda matematika darsining har bir qismini umumiy didaktik masalalarni bajarishga qaratilmog’i kerak. Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o’zaro bog’langan bo’lishi kerak. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflar uchun dars turlarining alohida strukturalarini qarab chiqamiz.

Masalan: o’quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko’nikmalarni hosil qilish darslari.

Darsning borishi. Darsni maqsadga muvofiq shunday boshlash kerakki, barcha o’quvchilarni ishga, o’quv vazifalarini faol bajarishga darhol tortadigan bo’lsin. Shu maqsadda uncha katta bo’lmagan mustaqil ishlarni kartochkalarga yozib borish kerak, bu esa o’quvchilardan masala shartini yozmasdan hisoblash natijalarinigina yozishni talab qiladi. Bunday mustaqil ishlar o’quvchilarni yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlaydi.

Darsning birinchi qismida agar uy vazifasi mazmun jihatidan yangi materialga bog’liq bo’lsa, uni tekshirish ham mumkin. Agar uy vazifasi yangi mavzuga bog’liq bo’lmasa, yangi mavzuni o’tishda o’quvchilar uni qo’llamasa, u holda yangi bilimlarni bayon qilish darsida uy vazifasini tekshirish shart emas. Shunday qilib darsning birinchi qismi o’quvchilarning faolligini va diqqatini yo’naltirishga qaratilmogi lozim, bu bosqichga uncha ko’p vaqt sarf qilmaslik kerak.

O’quvchilar diqqatini yo’naltirish usullaridan yana biri, darsning mavzusi va maqsadini aniq tushunarli e’lon qilishdir. Bunda albatta o’quvchilarning qiziqishini orttirish va muammoli vaziyat yaratish zarur. Masalan: o’quvchilar faqat hisoblashning og’zaki usuli bilan tanish bo’lsalar, ularga ikkita uch xonali sonlarni qo’shish tavsiya qilinsa, unda o’zlarining ortiqcha bilim va malakalarini qo’llaydilar. O’quvchilar ma’lum qiyinchiliklardan o’tadilar. Shunday qilib, oldindan o’rganilgan hisoblash jarayonlari bilan bu misolni bajarish qiyin emasligiga ishonch hosil qiladilar. O’quvchilar og’zaki hisoblash usulni o’zlashtirishlari kerak. Dars ana shu usulga bag’ishlangan bo’ladi.

Ikkinchi holda dars o’quvchilar bilan qisqacha suhbat bilan olib borilishi mumkin. Bunday darsdan o’quvchilar bir xonali sonlarni ko’paytirishni tushuntirishda foydalanish mumkin.

Yangi o’quv materialini o’quvchilarning faol o’zlashtirishiga tayyorlash maqsadida oldin o’zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash xarakteridagi materiallar ko’pincha og’zaki hisoblash orqali bajariladi. Shuningdek, yangi materialni o’zlashtirishga qaratilgan misol va masalalarni mustaqil yechish ham mumkin.

Darsning ikkinchi qismida yangi matematik tushuncha beriladi yoki arifmetik misollarning yangi turi yechiladi. Bu o’quvchilarning bayoni yoki suhbati orqali olib boriladi. Ba’zan o’qituvchi buni mustaqil tanlab olishni ham tavsiya qiladi. Masalan, oldin o’tilgan mavzuga bog’liq holda masala yoki misol yechish maqsad qilib olingan bo’lsa, u holda misollarni o’quvchilar mustahkamlash, mustaqil yechish orqali o’zlarining bilim va malakalarini oshirishlari mumkin.

Yangi materialni mustahkamlash. Bu bosqichda o’quvchilarga keltirib chiqarilgan holda, xulosa, muhokamalarni esga olish, undan keyin mustahkamlash xarakteridagi vazifa berish kerak. Bu vazifani bajarish yordamida o’tilgan yangi bilim mustahkamlanadi va birinchi bor amaliyotga tatbiq qilinadi. Birinchi vazifalar odatda jamoa ravishda bajariladi. Ba’zan esa misol-masalalar mustaqil bajarilgandan keyin, o’quvchilardan birortasi doskaga chiqib shu qoidaning to’g’riligini misol, masala yechish orqali ko’rsatib beradi.

O’quv materialining murakkabligiga qarab har qaysi bosqichda ham eng samarali yo’l tutish lozim.



Download 311 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Download 311 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining didaktik tamoyillari

Download 311 Kb.