|
Boshlang`ich ta’lim
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 25,64 Kb. | | #238841 |
Bog'liq 1-sonli bayonnoma
Boyovut tumanidagi 37-maktabning “Boshlang`ich ta’lim” metodbirlashmasining 1-yig`ilish
Bayonnomasi
25.08.2021 yil Yangi avlod mahallasi
Qatnashdilar:
Metodbirlashma rahbari: Sh.Hakimova 5 nafar metodbirlashma a’zolari
Kun tartibi
1. Xalq Ta’limi Vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-son “Umumiy o`rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to`g`risidagi Nizom” ini o`rganish.
2. 2020 yil 30 uyun 3271-son “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro`yxatlarini shakllantirish tartibi to`g`risida”gi nizom bilan tanishtirish va dars taqsimoti.
3. Tayanch o`quv reja asosida metodbirlashma a’zolarining yillik taqvim-mavzu rejasini tuzish va maktab ma’muriyatiga tasdiq uchun taqdim etish.
Eshitildi
Belgilangan masala bo`yicha “Boshlang`ich ta’lim” metodbirlashma rahbari Sh.Hakimova so`zga chiqib metodbirlashma Nizomi bilan tanishtirdi.
Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim maktablarining metodika birlashmalari (keyingi o‘rinlarda - metodbirlashma deb yuritiladi) maqsadi, asosiy vazifalari va ulaming faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Metodbirlashma - bu umumiy o‘rta ta’lim maktablari (keyingi o‘rinlarda umumta’lim maktabi deb yuritiladi)da uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo‘g‘ini hisoblanib, o‘qituvchilarga metodik xizmatni amalga oshiradigan, ulaming innovatsiya, tajriba-sinov ishlari va ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi.
Metodbirlashma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek umumta’lim maktabining ustavi va ushbu Nizomga amal qiladi.
Mazkur Nizom talablari barcha davlat umumta’lim maktablariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ikkinchi masala yuzasidan boshlangich ta`lim metodbirlashma a’zosi Xakimova A 2020-yil 30-yun 3271-son qarori bilan tanishtirib o`tdi. Ushbu qarorda keltirilgan nizomdagi belgilangan ustuvor ketma-ketlik asosida har bir o`qituvchilarning erishgan yutuqlari va kasbiy mahorati yuqori bo`lsa, ularga ko`proq dars soatlari ajratilishini aytib o`tdi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining dars taqsimoti bo`yicha har bir o`qituvchi bilan 3271-son Nizom (30.06.2020) asosida suhbat o`tkazildi.
Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining dars taqsimoti quyidagicha belgilandi va maktab pedagogik kengashiga taqdim etildi.
Hakimova Sh 2-toifa 17 soat
Berdiyeva M 2-toifa 17 soat
Xakimova B Mutaxassis 16 soat
Hakimova A 2-toifa 16 soat
Turdaliyeva G 2-toifa 16 soat уй таълими
Uchinchi masala yuzasidan metodbirlashma a`zosi Berdiyeva M O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirining umumiy o`rta ta’lim maktablari uchun 2021-2022 - o`quv yiliga mo`ljallangan tayanch o`quv rejani tasdiqlash to`g`risidagi 2020 yil 25-fevraldagi 52-sonli buyrug`i haqida yana bir bor tanishtirdi. Metodbirlashma tarkibiga kiruvchi fanlardagi darsliklardagi mavjud o`zgarishlar haqida gapirib o`tdi. Ish reja sodda va ayni chog`da qo`yilgan masalalar dolzarbligi va muhim ekanligini aytib o`tdi. Bir ovozdan metodbirlashma a`zolari ish rejani tasdiqlatish uchun tayyor ekanligini ma`qullashdi.
Yig`ilish qaror qiladi:
1. Metodbirlashma a’zolari tomonidan bugungi yig`ilishda ko`rilgan masalalar yetarli deb topilsin.
2. 183-sonli nizom ijrosi yil davomida metodbirlashma a’zolari tomonidan bajarib borilishi ta’minlansin.
3. Dars soatlari 3271-sonli Nizom asosida taqsimlansin va pedagogik kengashga taqdim etilsin. 4. Metodbirlashma a’zolari ish rejasi tasdiqlatishga tayyor deb topilsin.
“Boshlang`ich ta’lim” metodbirlashma rahbari: ________ Sh. Hakimova
Kotiba: ________
|
| |