|
Boshlang‘ich ta’limda xorijiy ilg‘or tajribalar va zamonaviy texnologiyalarning o‘rniBog'liq 120-122www.pedagoglar.uz
45-son 9–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 121
vujudga kelib , o’g’il-qizlarning o’qish va o’rganish faoliyati jadallashadi. Biz
innovatsion metodikalarni ona tili darslarida korib otsak,ona tili fanini o’qitishning
asosiy vazifasi –o’quvchi shaxsini fikrlashga, o’zgalar fikrini anglashga , o’z fikrini
og’zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy
kompetensiyani rivojlantirish; o’quvchilarda grammatikada oid o’zlashtiriladigan
bilimlar (fonetika,leksikologiya,so’zning tarkibi, so’z yasalishi, morfologiya,
sintaksis,yozuv, imlo, tinish belgilari,nutq uslublariga oid tushunchalar) ni
rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda
to’g’ri va ravon bayon eta olish ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik
kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Boshlang’ich ta’limning ona tili o’quv
dasturi o’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lib ,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 – yil 6-apreldagi “Umumiy
o’rta va o’rta maxsus ,kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to’g’risida” gi qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim
standarti hamda ona tili fani bo’yicha malaka talablari asosida tuzilgan. Mazkur
o’quv dasturida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lgan 1-4 sinf
o’quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning
elementlarini shakllantirish ko’zda tutilgan. Quyida ona tili darslarining turli
bosqichlarida innovatsion metodlarni qo’llash tajribasidan lavhalar keltiramiz:
O’tilgan mavzu yuzasidan uyga vazifalarni nazorat qilayotgan vaqtda,
o’qituvchi o’quvchilarni ish daftarini tekshiradi. Bu vaqtda 2 nafar faol o’quvchi
multimedia orqali taqdim etilgan topshiriqni sinf doskasida bajaradi. O’qituvchi
sinf doskasida topshiriqni bajargan o’quvchilardan izoh so’raydi, to’liq javob
berganlarni rag’batlantiradi. Bunda “Bo’lishi mumkin emas” ta’limiy o’yinini
bersak bo’ladi.Bu o’yinni shartiga ko’ra , o’qituvchi kichik hikoya o’qib beradi,
o’quvchilar diqqat bilan tinglaydi. Ular hikoyada bo’lishi mumkin bo’lmagan
sifatlar aniqlanadi. Aslida qanday bo’lishi kerakligi so’raladi.Bu ta’limiy o’yin
|
| |