• AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA ALOQALARINING KORXONA FAOLIYATIDAGI O’RNI
  • Boshqaruv tizimidagi axborot va kommunikatsiya aloqalarining moxiyati




    Download 32,75 Kb.
    Sana20.05.2024
    Hajmi32,75 Kb.
    #245489
    Bog'liq
    BOSHQARUV SAMARADORLIGI AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYANIG RO




    BOSHQARUV SAMARADORLIGI AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYANIG RO'LI
    Mundarija
    Kirish
    I-bob. Asosiy qism
    BOSHQARUV TIZIMIDAGI AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA ALOQALARINING MOXIYATI
    1.1. Boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash
    1.2. Boshqaruv texnikasi tushunchasi va klassifikatsiyasi
    1.3. KommunikatsiyaII-bob. Amaliy qism
    AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA ALOQALARINING KORXONA FAOLIYATIDAGI O’RNI
    2.1. Korxonalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.
    2.2. Axborot tizimlarini korxonalar boshqaruvida samarali joriy qilishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    KIRISH
    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jahon tajribasi shuni kо‘rsatmoqdaki,rivojlangan sanoat mamlakatlari milliy boyligining o’sishi asosan innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etish hisobiga ta’minlanmokda. Kiritilayotgan yangiliklar ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga ta’sir etadi, faravonlikning o’sishiga,hayot sifatining,ta’lim darajasining yuksalishiga kо‘maklashadi,ijobiy innovatsion iqlimni shakllantiradi va bu bilan mamlakatning innovatsion salohiyati oshadi.Innovatsion salohiyatning yuksalishi tufayli yuqoriroq darajaga erishgan iqtisodiy tizim kishilarining ijodiy qobiliyati ortganligi,ularning innovatsion taraqqiyotga tayyor ekanligi bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda,unda kelgusi texnik yangiliklar va о‘zgarishlar uchun ham ijtimoiy,ham iqtisodiy shart-sharoitlar shakllanadi. Respublikamizning iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimida kо‘p о‘zgarishlar amalga oshirilib kelinmoqda,milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, innovatsiya va innovatsion g‘oyalar hisobiga yangilanib kelinmoqda.Shu bilan bir qatorda mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi о‘rni va mavqeyi tobora mustahkamlanib bormoqda.Biroq, bugungi fan texnika taraqqiyoti qolaversa jahon bozorida rо‘y berayotgan innovatsion о‘zgarishlar erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolishga imkon bermaydi.Shu bois,milliy iqtisodiyot va jahon bozoridagi innovatsion strategik о‘zgarishlarni о‘rganish,ularni amalga oshirishning yо‘llarini ishlab chiqishni taqozo etadi.Mazkur masalaning ijobiy hal qilinishi esa iqtisodiy mustaqillikka erishish va barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash imkoniyatini yaratadi.Bozor iqtisodiyotiga о‘tishning ustuvor yо‘nalishlaridan biri iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion islohotlar,tub yangilanishlarni modernizatsiya qilishi hisoblanib,u makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash,korxonalarni yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash,iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini oshirishga asoslanadi.Ushbu jarayon,shubhasiz mamlakatning innovatsion,iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan bir paytda,undan unumli foydalanishni nazarda tutadi va buMamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holati milliy iqtisodiyotda innovatsion о‘zgarishlarni amalga oshirish sur’atlarini jadallashtirishni talab etmoqda.Iqtisodiyoti rivojlangan mamalakatlar tajribasi shuni kо‘rsatmoqdaki, samarali innovatsion strategiyaning amal qilishi mamlakat iqtisodiy va tabiiy omillaridan oqilona foydalanish orqaligina amalga oshirish mumkin.Bozor iqtisodiyotiga о‘tish sharoitida iqtisodiyot innovatsion shakllanishi,eng avvalo,iqtisodiy о‘sishni ta’minlovchi tarmoqlar hisobiga yuz beradi, bu esa о‘z navbatida mamlakat iqtisodiyotini xomashyo eksport qilishini kamaytirish bilan birga uni qayta ishlashni rivojlantirishga,valyuta mablag‘larining tejalishiga, aholi bandligining oshishiga sabab bо‘ladi.Ushbu omillar о‘z navbatida innovatsiya strategiyasini amalga oshirish mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi о‘rnini mustahkamlanishiga olib keladi.
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi,«axborot magistrallari» о‘tkazish quvvatining ortishi tufayli yildan-yilga axborotning tobora kattaroq hajmi korxonalar,tashkilotlar va alohida kishilarning kengroq doirasida tarqatilishi mumkin bо‘lmokda, lekin texnologik о‘lchamlarning sof texnik о‘sishi ham ma’lumotlarni oddiy uzatishdan jamiyatda yangi munosabatlarning о‘rnatilishiga, bilimlarni tarqatishning samarali tizimiga va pirovardida «axborot iqtisodiyotidan»,«bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga» tо‘la ravishda о‘tishni, ta’minlamaydi, ya’ni ijtimoiy - munosabatlarning bilimlar va yangi texnologiyalar iqtisodiy о‘sishning asosiy omiliga aylanadigan tarzda tashkil etishiga olib kelmaydi. Jadal axborot - texnologik rivojlanishni iqtisodiy о‘sishning ishlab chiqarish samaradorligini va kishilar farovonligini oshirishning real manbaiga aylantirishga karatilgan bundan о‘zgarishlar, shubxasiz, mamlakat raxbariyati tomonidan say-xarakatlarni qadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda tegishli institusional о‘zgarishlarni talab qiladi. Birinchi navbatda bu fanga va innovatsiyalarga taalluqli bо‘lib, bu sohalarda yangi bilimlar xosil etilishi va ularning ishlab chiqarish jarayonlarini samaraliroq tashkil etish yangi mahsulotlar va xizmatlar kо‘rinishida to’g‘ridan – to’g‘ri mujassamlashuvi yuz beradi.
    I-bob. Asosiy qism
    BOSHQARUV TIZIMIDAGI AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA ALOQALARINING MOHIYATI
    Boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash.
    «Informatsiya» axborot - atamasi lotincha so’z bо‘lib, xabardorlik, biror xodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bо‘lish ma’nosini bildiradi. Axborot boshqaruv tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta’sir etish uchun zarur ma’lumotlar yigindisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega bо‘lmay boshqarish mumkin emas.
    Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar о‘rtasida aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xujalik faoliyati tо‘g‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadida kо‘rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
    Axborot boshqaruv tizimida alohida bо‘g‘in bо‘lib hisoblanadi. Unga qator о‘ziga xos xususiyatlar mansub bо‘lib, ular axborot boshqaruvining barcha bо‘g‘inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog‘liqdir. Axborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan xarakatlar mavjudligi sharti, mustaxkamlash usulidir. Axborot xajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat kо‘rsatkichlariga bо‘lgan talab ham ortib boradi.
    Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot tо‘plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari kо‘rinishida axborot berish va uni ijrochilarga yetkazishdan iborat.
    Axborotning quyidagi turlari mavjud:
    -statistik axborotlar;
    -operativ axborotlar;
    -iqtisodiy axborotlar;
    -hisob axborotlar;
    -moliya axborotlar;
    -ta’minot axborotlar;
    -kadrlar buyicha axborotlar;
    -texnologik axborotlar;
    -konstruktorlik axborotlar;
    -marketing axborotlar;
    -ijtmoiy axborotlar va boshqalar.
    Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida о‘rin egallaydi, chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi mnosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga,fan-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-texnikaviy axborot ahamiyatini ham ta’kidlab о‘tish lozim.
    Kelib chiqish manbaasiga bog‘lik ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga bо‘linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bо‘ladi. Bular jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqida axborotlar kiradi. Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bug‘inida shakllanib, iste’mol qilinadi. Korxona miqyosida ular jumlasiga sexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy ta’minot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqida axborotlar kiritilishi mumkin.
    Yo’nalishi bо‘yicha axborot - boshlang‘ich va boshqaruvchi (rahbarlik) axboroti turlariga bо‘linadi. Rahbarlik axboroti boshlang‘ich axborotni qayta ishlash asosida qaror qabul qilish natijasidir. Boshlang‘ich axborot doimo boshqaruv tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga karab xarakat kiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yunalishda xarakatlanadi.
    Axborot vaqt о‘tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik darajasi bо‘yicha uni barqaror, shartli-barqaror, о‘zgaruvchan turlarga bо‘lish mumkin.
    Barqaror axborot uzoq muddat davomida о‘z ahamiyatini о‘zgartirmaydi (korxona, uning bо‘linmalari nomi, mahsulot turi).
    Shartli-barqaror axborot ahamiyati ma’lum muddat davomida saqlanib turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga turli meyor va meyoriy xujjatlarni (moddiy, mehnat sarfi, tariflar meyorlari)ni kiritish mumkin. Axborotning bunday turi korxona bо‘yicha umumiy axborotning 35%dan kо‘pini tashkil etadi. О‘zgaruvchan axborot boshqaruv obyekti faoliyati va unga mos holda boshqaruv jarayonlari о‘zgaruvchanligini aks ettirib, qaror qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi.
    Boshqaruv faoliyatida shuningdek, boshlang‘ich axborotni qayta ishlash natijasida olingan xosila (ikkilamchi) axborotdan ham foydalaniladi.
    Axborotni ruyxatga olish va saqlash maqsadida uni saqlovchi turli vositalar inson xotirasi, xujjat, perforatsiya kartalari, magnit lentalari, baraban disk, elektr impulslar kombinatsiyasidan foydalaniladi.
    Axborot yigindisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etib, u boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash shaklida namoyon bо‘ladi. Axborot tо‘g‘ri, aniq, о‘z navbatida, obyektiv, mazmunli va qarorlarni qabul qilish uchun tushunarli bо‘lishi kerak. Axborot xajmi jihatidan kichik, mazmun jihatidan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bо‘lishi lozim. Korxonani axborot bilan tо‘g‘ri aloqalar kо‘rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida ta’minlanib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini xal etish imkonini beradi.
    Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million xujjat satrigacha yetadi, bu о‘rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, Asaka avtomabil zavodida kundalik birlamchi axborot million kо‘rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bо‘yicha quyidagi kator muammolarni hal etish lozim bо‘ladi:
    -maqbul axborot tizimini ishlab chiqishi;
    -axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
    -axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini tanlash;
    -axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
    -axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
    Bu yo’nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig‘ish va qayta ishlashning yagona umumdavlat tizimini yaratishni ta’minlashi zarur. Axborotlar yigindisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi - xujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va boshqaruv obyektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Boshqaruv obyektining qandaydir bir qismi bо‘yicha axborot yig‘indisi kichik tizimni tashkil etadi. Maqbul axborot tizimini tashkil etish boshqaruvning u yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning samarali faoliyat yuritishining muhim shartlaridan bо‘lib hisoblanadi.
    Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bо‘lishi mumkin. Oddiy axborot tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot manbaasidan u iste’mol qilinish joyigacha yetkazishda о‘zgarish yuz bermaydi. Bunday axborot telyefon yoki boshka xabar berish vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi.
    Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bо‘yicha turlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qо‘lda yoki eng oddiy mexanizmlar yordamida qayta ishlanuvchi axborot tizimlari kiradi. Ikkinchi guruhga axborotni tо‘plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexanizatsiya keng qо‘llaniladigan axborot tizimlari kiradi. Uchinchi guruhga ma’lumotlarni kompleks mexanizatsiya vositasi bilan birga avtomatlashtirish elementlarini qо‘llab qayta ishlash va tо‘plash qо‘llanilgan axborot tizimlari kiradi.
    Axborot qabul qilish, uzatish va qayta ishlash sikli avtomatlashtirilgan axborot tizimi tо‘rtinchi guruhni tashkil etadi.
    Axborotni qayta ishlashda EXMlar qо‘llaniladigan boshqaruv tizimlari avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) nomini olgan. ABT quyidagi vazifalarni bajaradi:
    ­-axborot qabul qilish;
    -axborotni qayta ishlash;
    -axborotni saqlash, yig‘ish;
    - boshqaruv tashkilotiga axborot berish;
    -ijrochilarga buyruq uzatish.
    Ilg‘or axborot tizimini loyhalashtirish jarayoni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga asoslanishi lozim:
    korxonada mavjud axborot tizimini tahlil qilish, axborotning asosiy yо‘nalishlarini о‘rganish;
    -axborot tizimining iqtisodiy-modelini ishlab chikishi;
    -zarur axborot hajmi va mazmunini aniqlash;
    - axborot tuplash va qayta ishlash uchun texnikaviy vositalarni aniqlash;
    - axborotni qayta ishlash texnologiyasini yaratish;
    -axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash;
    - korxonada qо‘llaniladigan axborot uchun shifrlar tizimini yaratish;
    -axborotni uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish qulay bо‘lishi uchun standart ma’lumotlarni loyihalashtirish;
    -loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallarni tartibga solish va rasmiylashtirish.
    Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular rivojlanishi va loyihalashtirishga tizimiy yondashish asosida kompleks tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga ma’lumotlarni qayta ishlashning integratsion tizimi javob beradi. Uni turli darajadagi zamonaviy hisob mashinalari, EHM, inson mashina tizimini har tomonlama qо‘llash asosida loyihalashtirish mumkin.
    BOSHQARUV TEXNIKASI TUSHUNCHASI VA KLASSIFIKATSIYASI
    Boshqaruv texnikasi - bu aqliy mehnat texnikasi, boshqaruv tizimida axborotni qayta ishlash texnikasi, boshqaruv tizimida axborotni qayta ishlash texnikasi. Texnika vositalari qanchalik takomillashgan bо‘lsa boshqaruv texnologiyasi, boshqaruv mehnatini tashkil etish va butun boshqaruv jarayoni shunchalik samarali bо‘ladi. Hisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish uchun yil davomida 100 mingta elementar arifmetik operatsiya bajarishi zarur bо‘lsa, boshqaruv apparati xodimlari 10 ta, ya’ni 10 ming marta kam operatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun boshqaruv mehnatini takomillashtirish, axborot tо‘plash va qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Boshqaruv texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina bog‘lash notо‘g‘ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil burun paydo bо‘lgan ruchka, chizgichdan tortib EHM va kompyutergacha bо‘lgan texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: orgtexnika va hisoblash mashinalari.
    Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va kurollar (oddiy qurol va vosita, axborot olish va qayta ishlash, kо‘chirish, kо‘paytirish, aloqa vositalari va axborot uzatish, xizmat kо‘rsatish, xizmat xonalari uskunalari) kiradi. Boshqaruv mehnati turli oddiy qurol va uskunalardan (qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, grafik va boshqalar) foydalanishga asoslanadi. Eng sо‘nggi avloddagi EXM va kompyuterlar oddiy texnika vositalari (qalam va chizg‘ich) о‘rnini tо‘liq bosa olmaydi. qulay, oddiy chidamli bu vositalar texnika vositalari singari juda muhimdir. Oddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash bosqichlari bо‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Bu avvalo yozuv vositalari (qalam, ruchka, mо‘yqalam, trafaret), tasvir vositalari (grafik, diagramma, nazorat va nozirlik oynalari, marshrut sxemalari), xujjatlar saqlash vositalari (tokcha, konvert, kartoteka, pefokarta va h.k.), axborot qabul qilish va mustahkamlash vositalari (tarozi, soat, hisob mashinasi, о‘lchov vositalari, kо‘chiruvchi mashinalar), aloqa vositalari (talafon, ATS,rahbar va dispecher kommutatori, radio aloqa, radiofon, signal uskunalari, ovoz berish uskunalari), axborot uzatuvchilar (ovoz, nur, kartochka, oyna, metall), boshqaruv mashinalarida qо‘llaniladigan axborot uzatuvchilar (magnit lentalari, disklar, kog‘oz).

    KOMMUNIKATSIYA

    Kommunikatsiya - bu axborot almashishdir. Ana shu axborot negizida rahbar ma’lumotlar olib, samarali qarorlar qabul qiladi va ishchi xodimlarga yetkazadi.
    Rahbarlik faoliyati samarali axborot almashinuvni talab qiladi. Agar insonlar о‘zaro axborot almashinmasa, ular birgalikda ishlay olmaydi va oldilariga qо‘ygan maqsadning shakllanishi, unga erishishi kiyin buladi.
    Boshqaruv faoliyatida axborot almashuv muhxim ahamiyatliligi uchun rahbar о‘zining vaqtining 50%-90%ni kommunikatsiyaga sarflaydi.Axborot almashishning sifati boshqaruv qarorlariga ta’sir kursatadi.
    Kommunikatsiyaning majlislar, xizmat yozuv-chizuvlari, telyefon orqali muloqotlar, xisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suhbatlar orqali kо‘pgina muammolarni hal qilishda yordam beradi.
    Korxona tashqi muhit bilan aloqa bog‘lashda, turli-tuman vositalardan foydalanadi. Mavjud xaridorlar bilan ular reklama orqali bog‘lanibgina qolmay, mahsulotni bozorga olib kiradigan boshqa dasturlardan xam foydalanadilar.
    Axborotlar korxona ichida boskichma-boskich, ya’ni vertikal kommunikatsiyalar orqali о‘tadi. Axborotlar yuqori boshqaruv organlaridan, pastki organlarga о‘tadi. Shuningdek pastki organlardan yuqori boshqaruv bо‘limlariga axborotlar oqimi keladi. Aynan ikkinchi jarayon korxonalarda ijobiy о‘zgarishlarga olib keladi.
    Korxonada vertikal kommunikatsiyalardan tashqari, gorizontal kommunikatsiyalar ham mavjud. Ma’lumki korxonalarda turli-xil funksional bо‘limlar, sexlar va boshka bо‘limlarning mavjudligi ular orasidagi axborot oqimining kerakligini anglatadi. Masalan, fundamental texnologiya asosida, korxona turli-xil mahsulotlar ishlab-chiqarishi mumkin, shuning uchun ham marketing bо‘limining axborot ahamiyatligini saqlab qoladi va uning talablarini о‘z vaqtida qondirilishini ta’minlaydi.

    2 bob. AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA ALOQALARINING KORXONA FAOLIYATIDAGI O’RNI


    2.1. Korxonalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.
    Axborot texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish - tizimli dasturiy ta’minot va kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish asosida boshqarish vazifalarini hal etish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va axborotni muhofaza qilish, bilim usullari va vositalari majmuini tashkil etishdan iboratdir. Boshqaruvda axborot texnologiyalari avtomatlashtirilgan tarzda tez-tez ishlatiladi, ya’ni texnik va dasturiy vositalardan foydalangan holda boshqarish texnologiyalarini amalga oshirishni kо‘zda tutadi.
    Umuman olganda axborot texnologiyalari-bu ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyasidir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni elektron hisoblash mashinalari (EHM) va kompyuter tarmoqlari orqali yig‘ish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
    Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash-tashqiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari-telyefon, teletayp, telyefaks va boshqalar qо‘llaniladi.
    Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida mavjud bо‘lgan bо‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining о‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi о‘rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalarining industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi.
    Bugungi kunda axborot texnologiyalarini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi va yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni va vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bо‘la oladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonning tarkibiy qism sifatida о‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
    Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini kо‘rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallash- tirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
    Korxona boshqaruvi uchun zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy vazifalari - kerakli ma’lumotlarni qidirish, tо‘plash, qayta ishlash, saqlash, yangi ma’lumotlarni ishlab chiqish va optimallashtirishning turli xil muammolarini hal etishdan iboratdir. Vazifa nafaqat vaqtni sarflaydigan, muntazam takrorlanadigan, ma’lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarini tanlash va avtomatlashtirish, balki samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bо‘lgan yangi ma’lumotlarni olish uchun ularni qayta ishlash orqali ham amalga oshiriladi.
    Sо‘nggi о‘n yil ichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish, boshqaruvda sezilarli darajada imkoniyatlarni yaratmoqda, chunki ular barcha darajadagi menejerlarga va korxonalarning rahbarlariga eng yaxshi va muqobil boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bо‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy axborotni qayta ishlash va tahlil qilishning sо‘nggi usullari bilan ta’minlanib kelinmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalarini boshqaruvga tatbiq etish xarajatlari nafaqat tо‘lash, balki daromad olish imkonini ham bermoqda. Ma’lumki, yirik g‘arbiy korporatsiyalar korporativ axborot tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun har yili yillik aylanma mablag‘larining 1,5 dan 4 foizi miqdorida sarflaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqa turdagi texnologiyalarning funksional tarkibiy qismlari (masalan, ishlab chiqarish,tashqiliy,ijtimoiy) va ularning intellektual yadrosi rolini о‘ynaydi.
    Ayni paytda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiyot rivojlanishining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Deyarli barcha firmalar va iste’molchilar, iste’molchilarni kо‘proq diversifikatsiyalangan hamda moslashtirilgan mahsulotlar bilan ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish, tovar va xizmatlarni sotish kabi kompyuter va internet tarmog‘idan iqtisodiy maqsadlarda foydalanish rivojlanib bormoqda. Barchamizga ma’lumki, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengaytirish va uning iqtisodiy о‘sishga ta’siri sо‘nggi yigirma yil ichida jadal sur’atlar bilan о‘sib kelmoqda. Biroq, kompyuter, mobil telyefon va Internet foydalanuvchilari haqidagi mamlakat ichidagi ma’lumotlar mamlakat va mintaqalar bо‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining turli tarqalish kо‘rsatkichlarini aks ettiradi, oxirgi jahon iqtisodiy inqiroziga qaramasdan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kо‘rsatkichlari ortib borayotgan tendensiyani namoyish qiladi.
    Aslida,axborot-kommunikatsiya texnologiyalari elektronika, telekommunikatsiya, dasturiy ta’minot, tarmoqlar, markazlashtirilmagan kompyuter ish stansiyalari va ommaviy axborot vositalarining integratsiyasi bо‘lib, ularning barchasi firmalar, sanoat va umuman olganda iqtisodiyotga katta ta’sir kо‘rsatadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari radio, televideniye, kommunikatsiya uskunalari va dasturiy ta’minotni о‘z ichiga olgan turli “aloqa uskunalari”dan iborat. Shu bois, axborot-kommunikatsiya sohasi investitsiyalar asosan, kompyuter va telekommunikatsiyalarga, dasturiy ta’minot va xizmatlarga kiritiladi. Axborot texnologiyalari yordamida korxonani boshqarish uchun obyektni batafsil tahlil qilish, boshqaruv vazifalari va tuzilmasini о‘rganish, shuningdek, axborot oqimlarini boshqarishni taqozo etadi. Sо‘rov materiallarini tahlil qilish asosida axborotni boshqarish modeli ishlab chiqilib, u axborotni qayta ishlash vazifalari va yangi axborot oqimlari о‘rtasidagi munosabatlarni о‘rnatadi.
    Korxonalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
    1.Operatsion nazorat qilish tamoyili (real vaqtda boshqaruvga asoslanadi).
    2.Boshlang‘ich boshqaruv tamoyili (nazorat qilish obyektining holati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni tо‘plash va tahlil qilish, uning holatini modellashtirish va prognozlashtirish, nazorat qilish tadbirlarini rejalashtirish, ularni amalga oshirish bо‘yicha qarorlarni qabul qilish uchun bevosita qо‘llab- quvvatlash, ijrochilarga ularning yechimlarini taqdim etish va vaqtida bajarilishini nazorat qilishdan iboratdir).
    3. Korxonalarda tashqi va ichki muhit ta’siri о‘zgarishini hisobga olib nazorat qilish tamoyili.
    4. Vertikal va gorizontal aloqa liniyalari va korxona oqimlarining о‘zaro bog‘liqligini amalga oshirish imkonini beradigan tarmoqni boshqarish tamoyili.

    1-rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining funksiyalari


    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa axborot uskunalarini, shuningdek, kompyuterlar, ofis uskunalari (kassa apparatlari, hisob-kitob mashinalari), aloqa asbob-uskunalarini qamrab olgan kompyuter dasturlarini о‘z ichiga olgan konsepsiya sifatida tavsiflanadi.
    Ushbu maqolada dunyodagi qator mamlakatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan YAIMning о‘sish sur’ati о‘rtasidagi munosabatlarni kо‘rsatib beramiz. Kо‘pgina tadqiqotlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sarmoyalari va iqtisodiy о‘sish о‘zaro bog‘liq bо‘lib, empirik dalillarni taqdim etayotgan bо‘lishiga qaramasdan, axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning iqtisodiy о‘sishga ta’siri bо‘yicha о‘rganish, hali о‘rganilmagan soha hisoblanadi.
    Sо‘ngi о‘n yillikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiy о‘sishga ta’siri kо‘plab mualliflar tomonidan tahlil qilingan. Ushbu sohadagi kо‘pgina dalillar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiy о‘sishga ijobiy ta’siri 1990-yillarning о‘rtalaridan oldin kо‘rinmasligini tasdiqlaydi. Oliner va Sichel kompyuterlarga kapital kiritish, dasturiy ta’minot va telekommunikatsiya uskunalari kabi sarmoyadorlar va mehnat muhiti bilan birga 1990-yillarning oxirida iqtisodiy о‘sishga yuqori darajadagi axborotkommunikatsiya texnologiyalarini empirik usulda taqqoslab chiqdi, ammo ular ijobiy natija bermadi. 2000-yillarda Jorgenson va Stiroh tadqiqotlariga kо‘ra, axborot texnologiyalari Amerika Qо‘shma Shtatlarining iqtisodiy rivojlanishidagi hissasi texnologik о‘zgarishlardan kelib chiqadigan kompyuterlar, tegishli asbobuskunalarni va xizmatlarni almashtirishdan iborat bо‘lgan.
    Bundan tashqari, boshqa tadqiqotchilar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining har bir mamlakatning iqtisodiy о‘sishga ta’siri haqida ma’lumotlar berib о‘tgan. Olimlar Jalava va Pohjola 1990 yillarda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va mahsulot sifatini oshirish Amerika Qо‘shma Shtatlari iqtisodiy rivojlanishida muhim omil bо‘lib hisoblangan deb maqolalar yozishgan. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining Finlandiya iqtisodiy о‘sishini 1990 yillar oralig‘ida 0,3 foizdan 0,7 foizgacha oshirish haqidagi dalillar keltirib о‘tilgan.
    Hozirgi vaqtda korxona boshqaruvida quyidagi axborotni boshqarish tizimlari ishlatiladi:
    1. ERP (Enterprise resource planning). ERP tizimi bu – ERP strategiyasini, ya’ni ishlab chiqarish va turli operatsiyalarni integratsiyalash, mehnat resurslarini boshqarish, moliyaviy menejment va aktivlar boshqaruvining tashqiliy strategiyasini amalga oshiruvchi maxsus dasturiy paket. Ushbu strategiya dasturiy ta’minotning maxsus integratsiyalashgan tо‘plami orqali tashkilot resurslarini doimiy ravishda muvozanatlashtirishga va optimallashtirishga qaratilgan, bu esa faoliyatning barcha yо‘nalishlari uchun ma’lumot va jarayonlarning umumiy modelini taqdim etadi.
    Bugungi kunda aksariyat tashkilotlar turli biznes muammolarni hal qilishda bir qator xavfsiz tizimlardan foydalanishmoqda. Shunga qaramay, ushbu tizimlar о‘rtasida konsolidatsiya, ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va almashinish jarayoni qо‘lda amalga oshiriladi, bu esa о‘z о‘rnida mehnat xarajatlarini kо‘payishiga va inson omili ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Biz taklif qilayotgan integratsion bazaning asosiy platformasi ushbu muammolarni bartaraf qilishda yordam berishi mumkin. Mutaxassislarimiz kerakli bilim va kо‘nikmalarga, bulutli texnologiyalarning tendensiyalari bо‘yicha yetarlicha ma’lumotga, integratsion bazaning asosiy platformasidan foydalangan holda tashkilotning ERP-tizimi infratuzilmasini yaratish va shu kabi yechimlarni amalga oshirishda professional tajribaga ega.
    2. CRM (Customer Relationship Management) tizimlari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nuqtai nazaridan qaraganda CRM – bu xodimni mijozlar bilan munosabatlarini boshqarish vositasi bо‘lib, tashkilotlarga ularning о‘zaro aloqasini qayd qilish, daromad olish imkoniyatlarini mumkin qadar kengaytirish va tashqiliy, meyoriy qoidalarga rioya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Berilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mijozlar bilan ularning xususiy ehtiyojlarini izohlash orqali uzoq muddatli va daromadli о‘zaro munosabatlarni yaratishga yо‘naltirilgan.
    CRM-tizimi mijoz haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirishni amalga oshiruvchi kompyuter dasturi bо‘lib, ushbu tizim yordamida yangi mijozlarni jalb qilish va avvalgi mijozlarni yо‘qotmaslik, xarajatlarni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va natijada savdo hajmi va daromadni kо‘paytirish, tashkilot raqobatbardoshliligini oshirish kabi maqsadlarda qо‘llaniladi.
    CRM-tizimi mijoz va sheriklar bilan hamkorlikning aniq va ravshan jarayonini tashkil etish, samarali marketing va savdo tashkil etish, mijozlar sodiqligini shakllantirish, tashkilot barcha xodimlari ishini kelishilgan tarzda nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida zamonaviy CRM-tizimi quyidagi komponentlarga ega bо‘lishi zarur:
    BI (Business Intelligence) korxonaning analitik faoliyati uchun axborotni qо‘llab-quvvatlash tizimidir. Ushbu tizim analitik ma’lumotlar tо‘plami va axborotni qayta ishlash vositalaridan iborat. Bundan tashqari OLPS tizimlari (On Line Processing Systems) ham korxonada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishida muhim tizim hisoblanib, ular ERP va boshqa tizimlardan ma’lumotlarni tо‘plash uchun va tо‘plangan ma’lumotlarning keyingi tahlili uchun foydalaniladigan ma’lumotlar omboridir.
    2.2. AXBOROT TIZIMLARINI KORXONALAR BOSHQARUVIDA SAMARALI JORIY QILISHNING TASHKILIY-IQTISODIY JIHATLARI
    Zamonaviy sanoat korxonalarining kо‘pchiligida bitta korxona doirasida amalga oshadigan texnologik yechimlarning turliligi va yо‘lga qо‘yilgan о‘zaro aloqalar hamda yangi texnologiyalarni joriy qilish kabi ijobiy tomonlari bilan ajralib turuvchi korxonalarning vorislari hisoblanadi. Biroq ular korxonaning ishlash samaradorligiga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi bir qator ijobiy va salbiy omillarga ham ega bо‘ladilar.
    Texnologiyalar modernizatsiyasi, innovatsion texnologik yechimlarning tatbiq etilishi korxonaning muavffaqiyatli rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Amaldagi maqsadli dasturlar aynan modernizatsiyalash bо‘yicha raqobatbardosh innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan bо‘ladi.
    Ma’lumotlaridan kо‘rishimiz mumkinki, korxonada 2017 yilda asosiy vositasi 2014 yilga nisbatan 1 152,7 mlrd sо‘mga ortgan. Jalb etilgan uzoq muddatli investitsiyalari esa 2017yilda 2014 yilga nisbatan 70 606,3 mln sо‘mga ya’ni 19 barobar kо‘payganligini kо‘rishimiz mumkin. Bu esa mazkur korxonada asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilish masalalari yaxshi yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib ularning ulushi oshib borayotganligini kо‘rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, korxonaning aktivlari asosan 2016-2017 yillarda tez sur’atlar bilan о‘sgan. Bunga sabab esa ushbu yillarda asosiy vositalarning keskin о‘sganligi bilan xarakterlanadi. Natijasida korxonaning belgilangan raqobatbardoshlikka erishishiga xalaqit beruvchi eng ta’sirchan omil bо‘lib korxonani boshqarish tizimini modernizatsiya qilish hisoblanadi. Korxona texnik va texnologik jihatdan yuqori sur’atga ega bо‘lishi bilan bir qatorda undagi boshqaruv tizimi samarali yо‘lga qо‘yilmagan bо‘lsa, korxona raqobatbardoshligini ta’minlab bо‘lmaydi.
    Korxonada murakkab vazifalarni yechish va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining qо‘llanilish sohasini kengaytirish vaqtida ishlab chiqarish jarayonlarini tuzilmaviy tashkil etish va formallashtirish amaliyoti ijrochilar jamoasini korxonaning yagona komplekslashgan axborot tizimi konsepsiyasi asosida yagona boshqaruvchi va axborotlashgan jamiyatda faoliyat kо‘rsatuvchi yagona muvofiqlashtiruvchi organga birlashishi zarurligini taqozo etadi. Tahlillarga kо‘ra korxona komplekslashgan axborot tizimini qurish va tatbiq etish jarayoni strategik yondashuvga asoslangan bо‘lib, quyidagi asosiy bosqichlarni о‘z ichiga oladi: Komplekslashgan axborot tizimi konsepsiyasini ishlab chiqish, korxona biznes-jarayonlarini tahlil qilish, tatbiq etish, biznes-jarayonlar reinjiniringi, ekspluatatsiya qilish va rivojlanish [23]. Ushbu bosqichlarda komplekslashgan axborot tizimi konsepsiyasi asosiy zamin tayyorlovchi hujjat hisoblanadi. Komplekslashgan axborot tizimi konsepsiyasi axborot tizimini tasavvur etishni, uning maqsadlari, tarkibi va yagona axborot muhiti doirasida faoliyat kо‘rsatishini ifoda etuvchi asosiy tamoyillar majmuasi hisoblanadi. Yagona axborot muhiti esa korxona bо‘linmalarining axborotli о‘zaro aloqasini, shuningdek ularning axborotga bо‘lgan ehtiyojlarini ta’minlovchi ma’lumotlar, yagona tamoyillar va umumiy qoidalar asosida faoliyat kо‘rsatuvchi axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlar, ularni yuritish hamda ulardan foydalanish texnologiyalari majmuasi hisoblanadi. Korxonaga komplekslashgan axborot tizimini tatbiq etishdan maqsad korxonaning har bir xodimini korxona biznes-jarayonlari qanday faoliyat kо‘rsatishi tо‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni ifoda etuvchi korporativ bilimlar tizimini tо‘ldirish imkoniyati bilan ta’minlash hisobiga korxonaning berilgan ish samaradorligiga ega bо‘lishini ta’minlash, komplekslashgan axborot tizimining tarkibiy qismi sifatida bilimlarni saqlab qolish va korxona xodimlari tomonidan joriy va retrospektiv boshqaruv bilimlarni birgalikda qо‘llanilishini ta’minlash hisoblanadi. Tahlillarimizga kо‘ra korxona boshqaruviga komplekslashgan axborot tizimini tatbiq etgandan sо‘ng quyidagi imkoniyatlar yuzaga keladi:
    a) ichki va tashqi jarayonlar tо‘g‘risidagi muhim axborotlar taqdim etiladi;
    b) bо‘linmalar о‘rtasidagi о‘zaro aloqalarning tezkorligi va samaradorligi ortadi;
    v) korxona ichidagi jarayonlarni boshqarish sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqiladi;
    g) korxona biznes jarayonlarini faoliyat kо‘rsatishining ekspertli bahosi va ularga nisbatan tо‘g‘rilovchi ta’sirlar amalga oshiriladi;
    d) korxona taraqqiyoti bashorat qilinadi;
    ye) ishlab chiqarishga bog‘liq bо‘lmagan yо‘qotishlar kamaytiriladi.
    Bularning natijasida esa korxona faoliyatidan yuzaga keluvchi iqtisodiy samaradorlik ta’minlanadi. Komplekslashgan axborot tizimi boshqarish funkiyalarini bajarish uchun zarur bо‘lgan axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va chiqarib berish uchun bitta joyga tо‘plangan yagona axborotli, matematik, texnik, tashkiliy va kadrli ta’minotning funksional tuzilmaga ega bо‘lgan resurslari majmuasini ifoda etadi. Komplekslashgan axborot tizimi funksional modullar majmuasidan iborat bо‘lib, ular apparatli va dasturiy vositalar yordamida hal etiladi.
    Korxonada Komplekslashgan axborot tizimini ishlab chiqish uchun korxonani boshqarish tizimining tuzilmasi, korxonaning biznes-jarayonlari, korxonada qabul qilingan boshqarish usullari va korxona standartlari, instruksiyalar, tavsiflovchi jarayonlar va protseduralar, formallashgan hamda formallashmagan jarayonlar asos bо‘ldi.
    Bunda tizimning funksional moduli kiruvchi axborotni chiquvchi axborotga о‘zgartiruvchi KATning bir qismi bо‘lib uning davomida jarayonlarni boshqarish masalasi hal etiladi. Kо‘rishimiz mumkinki korxonani boshqarish tizimida KATning samarali faoliyat kо‘rsatishida, KATga kiritiluvchi axborot uchun, KAT tomonidan taqdim etilgan axborot asosida qabul qilingan qarorlar uchun ham inson muhim rol о‘ynaydi. Tadqiqotimiz natijasida KAT yagona axborot muhtitini yaratish tamoyillari asosida ishlab chiqiladi, ya’ni : - axborotni kiritishning yagonaligi. Bunda axborot bir marta kiritiladi va barcha zarur bо‘lgan keyingi hujjatlarda qо‘llaniladi. - axborotga yо‘l qо‘yishning cheklanganligi. Bunda axborot faqat u kimga zarur bо‘lsa, о‘shalarga ochiq bо‘ladi. - axborotning zarurligi va yetarliligi. Bunda esa funksional blok faqatgina uning kirish yо‘liga va faoliyat kо‘rsatishi uchun zarur bо‘lgan barcha ma’lumotlar rо‘yxati kiritilsagina ishlaydi. Shuning uchun ham ixtiyoriy komponentning yо‘qligi funksional modulning ishlamay qolishiga olib keladi va shu vaqtning о‘zida funksional modulning kirish yо‘liga uni notо‘g‘ri tushunishni keltirib chiqarishi mumkin bо‘lgan axborot uzatilmasligi lozim bо‘ladi.
    Har qanday axborot tizimining asosiy vazifasi - korxona foydasida samarali resurslarni boshqarish, moddiy, texnikaviy, moliyaviy, texnologik va intellektual resurslarni, daromadni maksimal darajada oshirish hamda korxonaning barcha xodimlarining moddiy va kasbiy ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi.
    Axborotlashtirishga kompleksli yondashuvning mohiyati shundaki, unda oshkor bо‘lmagan holda, fon rejimida о‘tadigan barcha jarayonlar, ularni qо‘llab-quvvatlashga, qotib qolgan operatsiyalar hisobga olinadi, ularni avtomatlashtirish, axborotli platformaga о‘tkazish imkoniyati baholanadi va kо‘rib chiqiladi. Bu jiddiy va sinchkov ish natijasida biznesda axborot texnologiyalarni qо‘llashdan hosil bо‘ladigan bevosita foydani solishtirishga, baholashga va о‘lchashga imkon beradigan real raqamlar olinadi. Kompleksli axborotlashtirishning konseptual yondashuvi faqatgina korxonaning ishlab chiqarish faoliyati va uning ma’muriy-boshqaruv ta’minoti tizim ostilari doirasida qolib ketmaydi – javobgarlik zonasi mahsulotlarning butun hayotiy siklini va mahsulotni sotish sektorini,uni kafolatli va kafolatdan keyingi qо‘llab-quvatlanishini, marketing tadqiqotlari sektorini va iqtisodiyotni rejali tartibga solishning yо‘qligi natijasida yuzaga keladigan boshqa faoliyat yо‘nalishlarini qamrab oladi.
    Xulosa
    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)- shaxsiy,ommaviy va ishlab chiqarish kommunikatsiyalari yordamida axborotni tayyorlash, qayta ishlash va etkazib berish bilan bog`liq obyektlar, xatti-harakatlar va qoidalar majmuini, shuningdek sanab o’tilgan jarayonlarni integral ravishda ta’minlaydigan barcha texnologiyalar va sohalarni bildiradi AKTning davlat boshqaruviga joriy etilishi iqtisodiyot rivojlanishini tezlashtirish, davlat sektoriga sarflarni qisqartirish yo’li bilan mehnat unumdorligini va davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish imkonini beradi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan o’zaro aloqasini takomillashtiradi.
    AKTning davlat boshqaruviga joriy etilishi iqtisodiyot rivojlanishini tezlashtirish, davlat sektoriga sarflarni qisqartirish yo’li bilan mehnat unumdorligini va davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish imkonini beradi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan o’zaro aloqasini takomillashtiradi. Davlat sektorida boshqarishning elektron usulini qonunchilik asosida rivojlantirish.Hozirgi davrda axborot kommunikatsion texnologiyalarni (AKT) jahon miqyosida hayotga keng qo’llanishi industrial jamiyatdan axborot jamiyatga o’tishi bilan tavsiflanadi. AKT rivojlanishi umuman iqtisodiy sohalarning raqobatbardoshligini va davlat boshqaruv samaradorligini oshiradi. Davlat sektorida boshqarishning elektron usulini qonunchilik asosida rivojlantirish. Xozirgi davrda axborot kommunikatsion texnologiyalarni (AKT) jaxon miqyosida hayotga keng qo’llanishi industrial jamiyatdan axborot jamiyatga o’tishi bilan tavsiflanadi. AKT rivojlanishi umuman iqtisodiy sohalarning raqobatbardoshligini va davlat boshqaruv samaradorligini oshiradi.
    Davlat organlari va boshqaruvida AKTdan foydalanish quyidagilarga yordam beradi: ochiq turdagi fuqarolar jamoasini yaratishga davlat boshqaruv samaradorligini ko’tarishga davlat sektori xarajatlarini qisqartirishga davlat organlari va boshqaruvi bilan fuqarolar xamda xo’jalik sub’ektlari orasidagi o’zaro munosabatlarni yuksalishiga Davlat sektoriga AKT joriy qilinishi iqtisodiyotni rivojlanishini tezlatadi, ish samaradorligini oshiradi, davlat muassasalarining ishlab chiqarish quvvatini ko’taradi. Davlat sektorida elektron boshqaruv usulining maqsadi va masalasi quyidagilardan iborat: aholi, shaxsiy sektor va nodavlat jamiyatni davlat organlari va o’z-o’zini boshqaruv organlari xizmatlaridan maksimal darajada foydalana olish AKTdan foydalanish yordamida davlat va o’z-o’zini boshqarish korxonalarida eng yuqori ish samaradorligiga erishish biznes iqlimini yaxshilash natijasida chet el investitsiyasini kiritish - shaxsiy, jamiyatni va davlatni axborot xavfsizligini ta’minlash va demokratik rivojlanishini sharti bo’lgan erkin va teng xuquqlilik ravishda informatsiyani olish, tarqatish va foydalanishning samarali tizimini yaratish hisoblanadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar


    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 14-dekabrdagi №PF-5285- sonli Farmoni
    2. Iminov A.A., Djamatov M.X. “Boshqaruvda axborot texnologiyalari” ma’ruzalar matni. Toshkent-2017.
    3. Aripov M., Begalov B., Begimqulov U., Mamarajabov M. “Axborot texnologiyalari” О‘quv qо‘llanma. T.: “NOSHIR”-2009.
    4. О‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish tо‘g‘risida”gi qonuni. 5. О‘zbekiston Respublikasining “Elektorn hukumat tо‘g‘risida”gi qonuni.
    5.Afitov, E.A. Planning at the enterprise: Textbook / E.A. Afitov. - M.: Infra-M, 2018.
    6. О‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo tо‘g‘risida”gi qonuni.
    7. Aripov A.N., Iminov T.K. «О‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi menejmenti masalalari» Monografiya -T.: Fan va texnologiya,2020
    8. Yershova T.B. Organizatsionniye aspekti sozdaniya yedinogo informatsionnogo prostranstva predpriyatiya // Transportnoye delo Rossii. 2019
    Foydalanilgan Saytlar
    1. www.meti.go.jp – Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi;
    2. www.mof.go.jp – Мoliya vazirligi;
    3. www.keidanren.or.jp – Хususiy tadbirkorlik tashkiloti;
    4. www.stat.uz
    5. www.Hozir.org
    6. www.Fayillar.org
    7. www.Arxiv.uz
    8. https://www.pepsico.com/about/corporate-governance
    9. https://www.coca-colacompany.com/investors/audit-committee-charter
    10. http://ycharts.com/companies/KO/profit_margin
    11. http://softdrinkcolawar.blogspot.com.au/2012/12/coca-cola-product-strategy.html
    12. http://killercoke.org/resolution_usascal.php
    13. www.keidanren.or.jp – Xususiy tadbirkorlik tashkiloti;
    14. http://www.doyukai.or.jp- Iqtisodiy hamfikrlar;
    15. http://www.rotobo.or.jp-Rossiya va Yevropa mamlakatlari bilan savdo.
    Download 32,75 Kb.




    Download 32,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruv tizimidagi axborot va kommunikatsiya aloqalarining moxiyati

    Download 32,75 Kb.