Bozor iqtisodiyotini rivojlantrishda davlat aralashuvining sabablari va shakllari




Download 25,39 Kb.
bet1/2
Sana12.12.2023
Hajmi25,39 Kb.
#116569
  1   2
Bog'liq
10-variant


10-variant

  1. Bozor iqtisodiyotini rivojlantrishda davlat aralashuvining sabablari va shakllari.

  2. Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari.

  3. Ishlab chiqarish ko’rami samarasi.



  1. Bozor iqtisodiyotini rivojlantrishda davlat aralashuvining sabablari va shakllari.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor munosabatlarining takomillashishi, islohotlarning tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Chunki mulkdor iqtisodiy jarayonda asosiy sub’ekt sifatida ishtirok etadi. U o‘z mulkining ko‘payishidan, ko‘proq foyda olishidan manfaatdor. Bunga o‘z-o‘zidan erishib qolmaydi. Buning uchun tadbirkorlik, izchillik, ziyraklik va aql bilan ish ko‘rishi lozim. Bu esa o‘z navbatida mulkining holatini, ishlatilishi va saqlanishishni hamda undan samarali foydalanishni tahlil qilishni taqozo qiladi. Demak, iqtisodiy tahlil, eng avvalo, mulkdor uchun o‘z mulkini oqilona boshqarish uchun kerak ekan.
Mulkdor o‘z mulkini ishlatish uchun turli korxonalarga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa boshqa kishilarni, mutaxassislarni, xodimlarni yollashiga to‘g‘ri keladi. Ular mehnat jamoasini tashkil qiladi. Korxonaning yaxshi, samarali ishlashi mehnat jamoasining farovonligini ta’minlaydi. Korxona qancha ko‘p daromad qilsa, mehnat jamoasi a’zolari, shuncha ko‘p mehnat haqi oladi. Bu esa mehnat jamoasining o‘zlari ishlayotgan korxona xo‘jalik faoliyatini muntazam tahlil qilib borishni taqozo qiladi. Demak, iqtisodiy tahlil bevosita mehnat jamoasi uchun ham o‘z faoliyatini to‘g‘ri boshqarish uchun kerak ekan.
Har bir korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasidan davlat ham manfaatdor. Chunki har bir korxona o‘z mulkidan, qilgan oboroti va olgan foydasidan soliq tulaydilar. Shu tufayli davlat nomidan soliq idoralari ham korxona faoliyatini chuqur tahlil qilib borishdan manfaatdor. Demak, iqtisodiy tahlil soliq idoralari xodimlari uchun ham soliq tushumini to‘g‘ri boshqarish uchun kerak ekan.
Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy jarayonning, ya’ni korxona yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati natijasidan kim manfaatdor bo‘lsa u mazkur sub’ekt faoliyatini o‘rganishga, tahlil qilishga qiziqadi. Shunday qilib, iqtisodiy tahlil investorlarga, hamkorlarga, birlashmalarga, uyushmalarga, sug‘urta, bank, moliya kabi idoralariga ham kerakdir.
Odatda kimga nima kerak bo‘lsa o‘sha shu ish bilan shug‘ullanadi. Ammo har bir korxonada maxsus mutasaddi shaxslar borki, ularga xo‘jalikni boshqarishda u yoki bu soha topshirilgan bo‘ladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil bilan korxonadagi deyarli hamma mutaxassislar shug‘ullanadi. Ammo hammasi ham korxona to‘g‘risida jamlangan batafsil axborotga ega bo‘lmaydi. Hamma o‘zi bajarayotgan u yoki bu soha bo‘yicha axborotga ega. Shu jihatdan hamma o‘zining sohasini muntazam tahlil qilib boradilar.
Lekin shuni e’tirof etish kerakki, xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida butun faoliyatni o‘zida jamlagan axborotlar buxgalteriyada moliyaviy hisobotlarda to‘planadi va qayta ishlanadi. Shu tufayli korxonaning kompleks iqtisodiy tahlili bilan buxgalteriya xodimlari, bevosita bosh buxgalterlar, menejerlar ham shug‘ullanadilar. Chunki unda korxonaning xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlari mavjud. Ular asosan moliyaviy hisobotlarda o‘z aksini topganlar. Iqtisodiy tahlil uchun asosiy ma’lumot manbai bo‘lib moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlarda ifoda etilgan ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Ularning kompleks tahlili bilan bosh buxgalterlar shug‘ullanadi. Ammo alohida sohalari bo‘yicha tahlil kimga kerak bo‘lsa o‘shalar shug‘ullanadilar. Tahlil tahlil qilish uchun emas, balki kerakli sohani o‘rganish uchun qilinadi. Demak kimga nima kerak bo‘lsa u shu sohani tahlil qilish bilan shug‘ullanar ekan.
Iqtisodiy tahlilni tashkil qilishda uning natijalarini rasmiylashtirish muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli tahlil natijalarini rasmiylashtirish, xulosa qilish va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish yo‘llarini ko‘rsatib berish ham hozirgi kundagi muhim muammolardan biridir.
Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish tahlilning muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Bunda barcha hisob-kitoblar asosida tahliliy jadvallar tuziladi. Mazkur jadvallar korxona xo‘jalik faoliyatini to‘liq ifoda etishi lozim. Shuningdek jadvallar bitta korxonada har safar, korxonaning bo‘linmalarida bir vaqtning o‘zida yagona kelishilgan shaklda tuzilishi lozim. Bunday yondoshuv ko‘rsatkichlarni bir-biri bilan solishtirish va umumlashtirish imkonini beradi.
Jadvallarda ko‘rsatkichlarning nomi, uning qaysi davrga to‘g‘ri kelishi, ularning farqi, o‘zgarish sur’atlari kabi ifodalar ko‘rsatiladi. Jadvallar natija o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisoblash jarayonida ham tuziladi. Bu holda jadvalning egasida ta’sir qiluvchi omillar bilan birga natija ko‘rsatkichining nomi ifodalanadi. Uning kesimida esa qaysi davr natijalari tahlil qilinayotganligi, shu davrda yuz bergan o‘zgarishlar va ularga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash uchun hisob-kitob qilinadigan usullarning aloqadorligi ko‘rsatiladi.
Hozirgi paytda hisob-kitob ishlari asosan kompyuterlarda amalga oshirilmoqda. Buning imkoniyati juda katta. Shu tufayli tahlilda amalga oshirilgan hisob-kitob natijalari jadvallar bilan birgalikda turli chizmalar va diagrammalarda ham ifoda etilmoqda. Bu esa korxona xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni juda tez ilg‘ash imkonini beradi. Mazkur usullar iqtisodiy tahlilning u yoki bu jihatini aniqlashda qo‘llaniladi. Masalan, chizmalar (grafiklar) ko‘rsatkichlarining dinamikasini ifodalashda juda qulay. Korxona xo‘jalik faoliyatidagi tarkibiy tuzilmalar, ularning o‘zgarishi diagrammalarda ifodalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Chizma va diagrammalarning qulayligi shundaki, u korxona xo‘jalik faoliyati natijasini har qanday kishi uchun ham tez va tushunarli tarzda ifoda etadi. Masalan, korxonada beshta bo‘linma bo‘lsa ularning o‘tgan yilga nisbatan birorta ko‘rsatkichning o‘sishini ustunli diagramma qilinsa eng yuqori natijaga erishganligi eng baland ustun sifatida yaqqol ko‘rinib turadi. Bu har bir bo‘linma xodimlarining aqliy-ruhiy kayfiyatiga ham ta’sir qiladi. Eng yuqori ustunga erishgan bo‘linma xodimlarida faxrlanish, mag‘rurlik hissi tug‘ilsa eng past ustunga ega bo‘lgan bo‘linma xodimlarida o‘z jamoasi uchun istirob hissi bo‘lishi mumkin. Unisi ham bunisi ham ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun kurashish tuyg‘usini o‘yg‘otishi tabiiy. Bu ichki omillar o‘ta muhim, ortiqcha mablag‘ talab qilmaydigan, ammo korxona xo‘jalik faoliyatiga ijobiy ta’sir qilib, uni yaxshilaydigan omillardir.


  1. Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari.

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli ta’sir koʻrsatadi. SHu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. Bunday xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qoʻshimcha ishchi kuchini yollash va ulardan foydalanish; 2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini koʻpaytirish; 3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin boʻlgan mehnat vositalari miqdorini koʻpaytirish va h.k.
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir. Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham oʻzgaruvchi hisoblanadi. Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi; ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi. Foyda miqdoriga ta’sir koʻrsatuvchi ikkinchi omil – korxona oʻz mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi boʻlib, bu oʻrinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi oʻrtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib koʻrsatish mumkin.
Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi. Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablagʻlarga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir. Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli toʻlovlar amalga oshiriladi. Bu toʻlovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablagʻlari uchun toʻlanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar toʻlaydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablagʻlar kiritadilar. Mablagʻlarning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamgʻarish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflardir. Ichki xarajatlar – korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar. Tashqi xarajatlar – tashqaridan jalb qilingan resurslarga toʻlovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar.
Doimiy xarajat – ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar. Oʻzgaruvchi xarajat – ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir etadigan xarajatlar. Oʻrtacha xarajatlar – mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlar. Qoʻshimcha xarajatlar – mahsulotning navbatdagi qoʻshimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
Toʻgʻri xarajatlar – mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar.

  1. Ishlab chiqarish ko’rami samarasi.


Download 25,39 Kb.
  1   2




Download 25,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozor iqtisodiyotini rivojlantrishda davlat aralashuvining sabablari va shakllari

Download 25,39 Kb.