|
Brauzerlar va ularning turlari
|
bet | 1/3 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 48,89 Kb. | | #158618 |
Bog'liq BRAUZERLAR VA ULARNING TURLARI
BRAUZERLAR VA ULARNING TURLARI
Reja:
1. Web dizayn va Brauzerlar.
2. Microsoft Internet Explorer brauzeri haqida ma`lumot.
1. Web dizayn va Brauzerlar.
Web dizayn (inglizchadan web design) — vebsaytlar, veb-ilovalar uchun veb-foydalanuvchi interfeyslari loyihalanadigan dizayn turi. U nisbatan yosh kasb boʻlib, Oʻzbekistonda hali keng tarqalmagan. Internetda katta miqdordagi foydalanuvchi oqimiga erishish uchun boʻlgan raqobat veb-dizaynerlarga boʻlgan talabning ortishiga sabab boʻlmoqda.
Veb-dizayn veb-saytlarni ishlab chiqarish va ularga xizmat koʻrsatishda koʻplab turli koʻnikmalar va fanlarni oʻz ichiga oladi. Veb-dizayn turli sohalarni oʻz ichiga oladi: foydalanuvchi interfeysi dizayni (UI dizayni); standartlashtirilgan kod va xususiy dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olgan mualliflik; foydalanuvchi tajribasi dizayni (UX dizayni); va qidiruv tizimini optimallashtirish.
Asosan, dizaynerlar veb-dizaynning koʻplab sohalarini biriktirgan jamoalarda ishlashadi. Yaʼni jamoada har bir soha odami ishlaydi, fikr almashadi.
Insonlar uchun qulay va foydali vebsayt dizaynini yaratish uchun malakali veb-dizayner eng soʻngi texnologik (grafika yoʻnalishi yoki dasturlash boʻyicha) yangiliklardan boxabar boʻlishi darkor. Aksariyat hollarda malakali dizaynerlar dizayn studiyalarida faoliyat olib borishadi.
Internet tarmog‘ida foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish uchun WEB serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan bo‘ladi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog‘liq.
WEB-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari nuqtai nazaridan mijoz-server texnologiyalari ishlatiladi. Bunda serverda, odatda, WEB-serverda aks ettiriladigan barcha ma’lumotlarni saqlaydigan MB va ilovaning server qismi o‘rnatiladi, foydalanuvchining ishchi stansiyasida esa axborotni ko‘rish uchun ancha oddiy vosita o‘rnatiladi. Bu tizimda WEB ilovaning server qismi «qalin» server ko‘rinishida taqdm etildi, mijoz mashinasida esa "yupqa" mijoz o‘rnatilgan bo‘ladi.
Hozirgi kunda oddiy WEB-serverni yaratish texnologiyasini ancha oddiy vazifa deb hisoblasa bo‘ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat. Tarmoqdagi u yoki bu serverning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aynan sahifalar qanday bezatilganiga bog‘liq. Axborot sahifalarga qanday bo‘linganligi va matndagi murojaatlar qanday belgilanganligi ham muhim rol o‘ynaydi. WEB-serverni yaratishning ushbu muhim jihatlari hozir katta qiziqish uyg‘otmaydi, avval WEB-serverni o‘zining asosini nima tashkil etishi va foydalanuvchilarning kompyuterlarida qanday savollar yechilishi kerakligi bilan tanishish talab etiladi. Axborotni taqdim etishning qulayligi avvalambor foydalanuvchilarning ishchi stansiyalarida o‘rnatilgan vositalarga bog‘liq bo‘lganligi sababli WEB serverni yaratishda ishlatiladigan texnologiyalarni o‘rganishni aynan ulardan boshlaymiz.
|
| |