Integrativ yondashuv. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan “ta’lim tizimining
kadrlar
salohiyatini tubdan yaxshilash
, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish”gа
yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasining harakatlar dasturi asosida kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini
qayta tashkil qilish zarurati yuzaga keldi.
Pedagogik kadrlarning yuksak professionalizmi ko’p jihatdan ta’lim muassasalarida shakllantirilgan salohiyat, uning
ta’limiy ehtiyojlarini qondirish va kasbiy tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Demak, bugungi kun mutaxassisi intellektual
(har taraflama) salohyatga ega bo’lishi zarur. Bu esa ta’limda integrativ yondashuvni taqozo etadi.
Integrativ yondashuv turli fanlardan olingan bilimlar, ko’nikma, malaka va tajribani hisobga olish,
tayanish
,
integratsiya qilish, ona tilida kommunikativ, kasbiy kommunikativ, ijtimoiy kompetentlikni baravar rivojlantirishni
nazarda tutadi.
Integratsiya
– lotincha so’z, “qo’shilish”, “kengayish”, “yaxlitlik” ma’nolarini ifodalaydi. Ta’limda integrativ yondashuv
deganda fanlararo va ularning ta’limlariaro aloqadorlik,
yaqinlik
, ya‟ni yaxlitlanish jarayonlari nazarda tutiladi. Ona
tili barcha fanlarni o’rganish va o’rgatish vositasi ekanligi shu fikrga aniqlik kiritadi.
Ya’ni ona tili o’qituvchisi har bir dars mashg’ulotida o’zi o’qitayotganfan, o’quv predmeti maktabda
o’rgatilayotgan barcha fanlarni ta’lim oluvchiga yetkazish, singdirish vositasi, ya’ni ona tili ta’lim tili va vositasi
ekanligini inobatga olmog’i shart.
Integratsion ta’lim (ta’lim tizimida fanlararo aloqadorlikni nazarda tutishi) o’zbek pedagogikasi uchun
qadimdan ma’lum; bunda, mohiyatan, haqli ravishda, olamning bir butunligi haqidagi falsafiy qarashga tayaniladi.
Jahon fanida ham dars jarayonini integratsiya asosida tashkil etish ta’lim oluvchining intellektual salohyatini
kengaytirishga xizmat qila olishi aksioma darajasiga ko’tarilgan. Zero, sharq jahonga qomusiy olimlarni yetkazib
bergan paytlarda (garchi, ta’lim olish uchun hozirgidek o’ta qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo’lmasa-da) fanlar,
asosan, mantiq, falsafa tarkibida bir- biridan ajratilmagan holda o’qitilardi. Bu an’ana sharq ta’limida sovet tuzumi
davrigacha ham davom etganligini dalillovchi jihatlar anchagina.
Chunonchi,
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan
chayon” asarida shunday o’rin bor.
Respublikamizda xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi
tasdiqlandi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan
kompleks chora – tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi,
umumiy o‘rta ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim
standartlari hamda fan o‘quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha
xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarni o‘zlashtirilgan
axborotlarni o‘quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida
qo‘llay olishga tayyorlashi bilan xarakterlanadi.
Maktab ta’limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirib fanlardan elektron
ta’lim resurslarini takomillashtirish, o‘quvchilarning elektron manbalar bilan faol
muloqatini ta’minlash, mustaqil ta’limni amalga oshirish va o‘z-o‘zini baholash, zaruriy
ma’lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda undan
foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘qitishning asosiy mohiyati kasbga
yo‘naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar tomonidan
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek,
kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga
yo‘naltirish sanaladi. O‘quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, mazkur jarayonda duch
keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha
raqobatbardosh bo‘lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi: tayanch
kompetensiyalar; umumiy (predmetli) kompetensiyalar; xususiy kompetensiyalar.
O‘quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin yaratadigan kompetensiyalar
tayanch kompetensiya, faqat o‘quv fani orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar
xususiy kompetensiyalar deyiladi.
Kompetensiya so‘ziga turlicha ta’riflar, yondashuvlar mavjud. Xususan,
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” da kompetensiya so‘zi quyidagicha izohlanadi:
kompetensiya (lot. Compete – erishyapman, munosibman, loyiqman) – muayyan davlat
organi (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav
yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; u yoki bu
sohadagi bilimlar, tajriba.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi // Adolat, 2016-yil. – 8-dekabr
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.-T.: O‘zbekiston, 2017 y.
3. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini bir-galikda
barpo etamiz. Toshkent – «O‘zbekiston». 2016. 13-14
4. “Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” 2019-yil 8-oktabr.
PF-5847
5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ–637-son
23.09.2020. Ta'lim to'g'risida – LEX.UZ
6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. https://lex.uz/docs/-48401
7. Адольф В.А. Теоретические основы формирования профессиональной
компетентности учителя: автореф. дисс. д-ра пед. наук. – М. – 1998. – 48 с.
8. Андреев А.Л. Компетентностная парадигма в образовании: опыт
философско-методологического анализа педагогика // Педагогика. – М. – 2005. –
№ 4. – С.19-26.
9. Маҳмудов А.Х. Узлуксиз таълим жараёнига компетентлик ёндошувини жорий
қилишнинг дидактик асослари // Узлуксиз таълим. – 2012. – № 4. 8-12 бетлар.
10. Турғунов С.Т., Даниёров Б.Х. Ўқитувчиларнинг касбий компетентлилигини
ривожлантириш жараёнлариги тизимли ёндашув // Халқ таълими. – 2011. – № 5. 71-
76 бетлар.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
|