BTM YO’NALISHI 204-GURUH TALABASI
QAHHOROVA ZANJABILANING
ONA TILI-
O’QISH SAVODXONLIGI VA UNI
O’QITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
MAVZU: ONA TILI TA’LIMIGA
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
REJA:
2.
INTEGRATIV
YONDASHUV
3.KOMPETENSIY
AVIY
YONDASHUV.
1.
BIXEVIORISTIK
YONDASHUV.
Bixevioristik yondashuv
ning kelib chiqishi aslida
bixeviorizm
inglizcha
behaviour,
ya’ni (ma’nosi “xulq-atvor”)
XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ingliz psixologiyasida paydo bo’lgan oqimning nomi bilan bog’liq.
Bu yo’nalishning asoschilari Dj. Uotson, E.Torndayk va b. Uotson 1913-yilda nashr ettirgan “Psixologiya
bixeviorist nuqtayi nazaridan” maqolasida psixologiya predmetini qayta ko’rib chiqish zarurligini
ko’rsatib,
psixologiya ongni emas
, balki xulq-atvorni
191
o’rganish kerakligi haqida fikr bildiradi. Shundan keyin, ya’ni 1913- yildan boshlab psixologiya fani rivojlanishida
yangi davr boshlandi. Uotson psixologiyani obyektiv fanga aylantirish zarurligini aytadi va ongni o’rganmasdan,
faqat xulq-atvorni o’rganish zarur, deb hisoblaydi.
Bixeviorizmning negizida psixologik tadqiqot predmeti sifatida psixika va ongni inkor etish yotadi. Bixevioristik
ta’limot tarafdorlari xulq-atvorgina tadqiqot predmeti bo’la oladi, psixologiyada xulq-atvor va muhitning o’zaro
nisbati qonuniyatlari tadqiq etilishi zarur deb hisoblashadi.
Bixevioristlarning fikricha
,
odam qanday psixikaga
egaligidan qat’i nazar, u qo’zg’atuvchilarga javob beradigan o’ziga xos mashinadir. Ya’ni inson xulq-atvori tashqi
tasir hamda tashqi ta’sir bilan reaksiyaga kirishuv asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Psixologiyadagi bu yo’nalish Yevropa mamlakatlarida XX asr boshlariga kelib ta’lim sohasiga ko’chdi va taxminan
chorak asrdan ko’proq vaqt bixevioristik yondashuvdan to’la foydalanildi. (Yevropa mamlakatlari keyinchalik
bixevioristik yondashuvdan faqat boshlang’ich ta’limdagina qisman foydalanadigan bo’lishdi.)
Bizda esa jadidlar qatag’onidan keyin ta’lim tizimi to’liq bixevioristik yondashuvga tayanadigan bo’ldi. Bixevioristik
ta’limot asosida mashqlar qonuni yotadi. Ona tili ta’limida uzoq yillar hukumronlik qilgan an’anaviy (retseptiv) ta’lim
shu yondashuvga asoslandi. Bixevioristik yondashuv inson xulq-atvorining shakllanishi hamda rivojlanishini faqat va
faqat “o’rgatish”ga bog’liq, deb hisoblaydi. Bunday holatda ong, ijodiy tafakkur va inson ruhiyatining ijtimoiylik tabiati
inobatga olinmaydi. (Aslida, inson va uning taraqqiyoti borasida ongni inkor etish hamisha mohiyatga birtomonlama
yondashvdir.)
Demak, bixevioristik yondashuv mohiyatiga ko’ra, ona tili mashg’ulotlarida o’quvchi hamisha passiv o’rganuvchiga
aylanishi kerak va ta’lim oluvchilarning ijtimoiy holati, ruhiyati, iqtidori, tarbiyasi qanday bo’lishidan qat’i nazar,
ularga
bir xilda o’rgatilsa, mashq qildirisa, albatta, ko’zlangan maqsadga erishiladi. O’zbek pedagogikasi 1940-yillardan
boshlab toki mustaqillik davriga qadar bixevioristik (an’anaviy, retseptiv) yondashuvdan foydalandi, ammo bu
yondashuv hamisha ham kutilgan natijani beravermasligi uzoq yillik tajribalar, kuzatishlar natijasida ayon bo’ldi.
Bixevioristik yondashuv, ko’p
hollarda
, zamonaviy ta’lim namoyandalari (masalan, Lirner, Skatkin) tomonidan tanqid
qilingan. Zero, “Bilimning ko’pligi aqlni
oshirmaydi,”deb yozganida Demokrit haq edi.
Bixevioristik yondashuvning natijasi jamiyatga
bilimdon
, ijrochi shaxsni yetishtirib beradi. Xo’sh,
bilimdon, ijrochi
shaxs kim? Bilimdon ijrochi shaxs go’yoki qo’lida qirqta eshikni ochishga mo’ljallangan qirq dona kaliti bor kishiga
o’xshaydi. Bu o’z yo’lida soz. Ammo qirq dona kalit egasi bo’lgan bilimdon ijrochi shaxs qirq birinchi
eshikka duch
kelsa, ilojsiz qolishi tabiiy hol.
Bixevioristik yondashuvdan ta’limning boshlang’ich bosqichida ko’proq foydalaniladi. Mazkur yondashuv o’quvchiga
o’qituvchi tomonidan tayyor bilimlarni singdirishni, ya’ni o’qitishni nazarda tutadi. (Zero, bugungi ta’lim maqsadi
o’quvchini o’qitishni emas, uning o’qishini va uqishini ta’minlashni nazarda tutadi.)