|
Bug’ qozonida qotirilgan zich silikat plita va g’ishtlar
|
bet | 1/3 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 80 Kb. | | #252404 |
Bog'liq Avtoklav
Reja:
1. Silikat buyumlar. Olinishi, xossalari.
2. Silikat betonlar.
Bug’ qozonida qotirilgan zich silikat plita va g’ishtlar. Avtoklav (yuqori bosimli bug’ qozoni)da qotirish usuli bilan tayyorlangan sun’iy zich silikat ashyolar qatoriga silikat g’isht, quvurlar, yirik silikat bloklari va boshqa buyumlar kiradi. Silikat plitalar va g’isht olishda bog’lovchi ashyo sifatida maydalab tuyilgan, so’ndirilmagan yoki so’ndirilgan ohak, mineral to’ldirgich sifatida sanoat chiqindilari (kul, toshqol va boshq.) ham ishlatiladi. Silikat buyumlarni olishda tayyor qorishmaga pigmentlar qo’shib turli rangdagi buyumlar olish mumkin. Silikat plita va g’ishtlar to’la hajmli, ko’p teshikli yoki qalinligining yarmigacha har xil o’yiqlardan iborat bo’lgan shakllarda chiqariladi. Bog’lovchi ohak miqtsori qorishmadagi to’ldirgichlarning turiga bog’liq. Masalan, qum bilan ohak miqdori 8—10 %, donador domna toshqoli 2—3 % olinadi. Agar tarkibida ohak miqdori ko’p bo’lgan slanets kuli yoki torf kulidan silikat buyumlar tayyorlanadigan bo’lsa, u holda qorishmaga hech qanday bog’lovchi qo’shilmaydi.
Silikat buyumlar yuqori mexanizatsiyalashgan bug’ qozonlari bilan ta’minlangan zavodlarda tayyorlanadi. Asosiy bog’lovchi ashyo sifatida olinadigan havoyi ohak 5—8 % mikdorida olinib, tarkibida zararli aralashmalar (dala shpati, slyuda, gips) bo’lmagan kvarts qumi (92—95 %) bilan yaxshilab qorishtiriladi. So’ngra kerakli miqtsorda suv qo’shib qorishma tayyorlanadi va yuqori brsim ostida zichlash yo’li bilan buyum hosil qilinadi. Qum shakli qirrali bo’lsa, buyum mustahkamligi birmuncha ortadi. Kvarts qumi bo’lmagan taqtsirda to’ldirgich sifatida ohak toshqolli bloklar tayyorlashda ishlatiladigan toshqol qumi, ko’mir kuli va tarkibida qum-tuproq bo’lgan boshqa ashyolar ham ishlatilishi mumkin.
Qorishma nam va quruq usulda tayyorlanadi. Nam usulda qum so’ndirilgan ohak maydasi yoki ohak xamiri bilan qorishtirilib, keyin qolipga joylanadi. Amalda quruq usul bilan silikat buyumlarni olish keng tarqalgan. Bunda, qum mayda qilib tuyilgan so’nmagan ohak bilan aralashtirilib, maxsus qorishtirgichda namlanadi va undagi ohak to’liq so’nishi uchun qorishma siloslarda 8—10 soatgacha saqlanadi. Qorishma suv bug’i bilan namlanganda undagi ohakning so’nish vaqti 2—4 soatga qisqaradi. Nihoyat, qorishmadagi ohaqni tez so’ndirish uchun gidratorlar deb ataluvchi maxsus aylanma barabanlar ham ishlatiladi. Bu usulda ohak 45 daqiqa davomida to’liq so’nadi. Tayyorlangan qorishmani yanada titib, qum zarracha yuzasini kattalovchi uskunadan o’tkazilib, aylanma stoldan iborat bo’lgan mexanik zichlagichda qoliplanadi (1-rasm).
Qoliplangan silikat g’ishtlar yoki buyumlar maxsus aravachalarga terilib, relslar bo’ylab bug’ qozonlariga (avtoklavga) kiritiladi. Silikat buyumlar zich (germetik) yopiladigan bug’ qozonlarida 10— 16 soat davomida qotadi. Bunday qozonlarga harorati 170—180°S bo’lgan yuqori.bosimdagi (0,8—1 MPa) suv bug’i yuboriladi. Silikat g’isht oddiy pishiq g’isht o’lchamlarida (250x 120x65 mm yoki 250x120x88 mm) chiqariladi va siqilishdagi mustahkamligi bo’yicha 7,5; 10; 15; 20 MPa, egilishdagi mustahkamligi bo’yicha esa 1,8; 2,2; 2,5; 2,8; 3,4 MPa markalarga bo’linadi. Suvga to’liq to’yingan silikat g’ishtni 15 marta muzlatib eritganda unda yemirilish belgilari bo’lmasligi kerak. Uning suv shimuvchanlik ko’rsatkichi 8—18 %.
Tarkibida 80 %gacha kvarts qumi, 10 %gacha ohak, 10—11 %gacha donador toshqol va 1,5 %gacha xlorli kaltsiy bo’lgan xom silikat g’ishtni 3—4 soat bug’ qozonida 0,8 MPa suv bug’i bosimi bilan qotirilsa, siqilishdagi mustahkamligi 30 MPa bo’lgan yuqori mustahkam silikat g’isht olish mumkin. Silikat g’ishtning mustahkamligini oshirish maqsadida qorishmaga qo’shiladi. Silikat g’isht devor terishda va binoning fasad qismini qoplashda keng ishlatiladi. Ammo yuqori haroratda bo’lgan ayrim zararli muhit ta’sirida (500°S dan yuqori) bunday qoplamalar tez buziladi. Bulardan tashqari, silikat g’isht binolarning poydevori va tsokol qismlarini terishda ishlatilmaydi. Silikat ashyolar och kulrang tusda bo’ladi, shuningdek, xom ashyo tarkibiga quruq mineral bo’yoklar (pigmentlar) qo’shib, rangdor silikat buyumlar ham tayyorlash mumkin.
Keyingi vaqtlarda bug’ qozonlarida qotirish usuli bilan yirik silikat buyumlardan bloklar, plitalar va panellar ko’plab ishlab chiqarilmokda. Bunda, silikat qorishma tarkibiga 10— 15 %gacha pishirilgan gil yoki shag’al kukuni qo’shish silikat sifatini oshirishi aniqlangan. Devor qismlarini tayyorlashda ularning og’irliklarini kamaytirish uchun qorishmaga organik ashyolar qo’shish mumkin. Silikat buyumlar va g’ishtlar ishlab chiqarish texnologiyasi bir-biridan farq qilmaydi. Silikat blok va panellar to’la hajmli yoki yumaloq kanal singari bo’shliqdardan tashkil topgan shakllarda tayyorlanadi. Ayrim silikat buyumlarning (yopma plitalar) og’irligi Zt. gacha yetadi. Bo’shliqpari o’z hajmining 20—25 %ini tashkil etgan silikat bloklarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 7,5—15 MPa.
|
| |