|
Bug’ qozonida qotirilgan zich silikat plita va g’ishtlar
|
bet | 2/3 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 80 Kb. | | #252404 |
Bog'liq AvtoklavSilikat g’isht
Silikat g’isht tayyorlash uchun eng asosiy xom ashyolar bo’lib havoyi ohak va kvarts qumi hisoblanadi. Silikat g’ishtining shakli, o’lchamlari va ishlatilishi sopol g’ishtidan farq qilmaydi.
Silkat g’ishti ishlab chiqarish uchun tez so’nuvchan ohak kukuni, qisman so’ngani yoki to’la so’ngan og’ak ishlatiladi. Ohak tarkibidagi o’ta pishgan zarralar ohakni so’nish tezligini sekinlashtiradi va silikat g’ishtida turli xil yoriqlar hosil bo’lishiga olib keladi, shuningdek ohak tarkibida magniy oksidining miqdori 5% dan oshmasligi kerak. Silikat g’isht ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan qum tarkibida kvarts SiO2 mineralining miqdori 70% dan kam bo’lmasligi, oltingugurt VI-oksidi-SO3 ning miqdori 1% dan oshmasligi, slyuda miqdori esa 0,5% dan ko’p bo’lmasligi kerak. Bu qo’shimchalar silikat g’ishti sifatini pasaytiradi, g’ishtni mustahkamligi kamaytiriladi. Qum tarkibida tekis tarqalgan loyli qo’shimchalar miqdori 0-15% dan oshmasligi kerak.
S
1-расм. Силикат ғиштни қолипловчи пресс.
ilikat g’ishti tarkibi 92-95% qumdan va 5-8% xavoyi ohakdan va 7-10% suvdan iborat bo’ladi. Silikat g’ishti ishlab chiqarishning ikki xil usuli bor: barabanli va silosli. Bu usullar ohak-qumli aralashmani tayyorlash bilan farq qiladi.
Silikat g’isht qaysi usulda ishlab chiqarishdan qat’iy nazar quyidagi oltita jarayonni bosib o’tadi: qum va ohaktoshni olish; ohaktoshni pishirish; kesak-ohakni sharli tegirmonda maydalab tuyish; ohak-qumli aralashmani tayyorlash; g’ishtni qoliplash; xom g’ishtlarni avtoklavda bug’lab pishirish.
Silikat g’isht barabanli usulda ishlab chiqilganda qum va mayin maydalangan so’nmagan ohak so’ndirish barabani tepasiga o’rnatilgan bunkerlarga kelib tushadi va bu bunkerlardan hajmi bo’yicha o’lchangan qum va massasi bo’yicha o’lchangan ohak davriy ravishda so’ndirish barabaniga solinadi, zich berkitiladi va 5-10 daqiqa davomida quruq holatda aralashtiriladi, so’ngra so’ndirish barabaniga 0,15-0,2 MPa bosim ostida suv bug’i yuboriladi. Suv bug’ining ohak-qumli aralashmaga berilishi va bapabanning aylanib turishi natijasida ohak-qumli aralashma tarkibidagi so’nmagan ohak 30-40 daqiqa davomida to’liq so’nadi.
Silikat g’isht silosli usulda ishlab chiqilganda ma’lum miqdordagi qum va so’nmagan ohak va suv bilan aralashtirib, siloslarga solinadi, 5-10 soat davomida to’la so’ndiriladi. Silosli usulda ohak-qumli aralashmani to’la so’ndirish uchun suv bug’i sarflanmaydi, ammo aralashmani to’la so’ndirish uchun ko’p vaqt talab etiladi.
Yaxshilab aralashtirilgan va so’ndirilgan ohak-qum-suvli massa presslashga yuboriladi. Silikat massani presslash mexanik presslarda amalga oshiralidi. Silikat g’ishtlarni presslash bosimi 15-20 MPa gacha boradi. Presslash natijasida zich va yetarli mustahkamlikga ega bo’lgan xom silikat g’ishtlari vagonetkalarga taxlanadi va qotirish uchun avtoklavlarga yuboriladi.
Avtoklavlarga vagonetkalar kiritilib, qopqoqlari germetik berkitigandan keyin bug’ quvurlari orqali suv bug’i yuboriladi va suv bug’i bosimining 0,8÷1,0 MPa oshishi va avtoklav ichida haroratning 175÷1850S ko’tarilishi natijasida xom silikat g’ishtlari tarkibidagi ohak va qum ximiyaviy birikib turli tarkibli gidrosilikatlarni hosil qiladi. Avtoklavdagi bosimni va haroratni kerakli darajagacha oshirish va atmosfera bosimiga tushirish 1,5÷2 soatni, izometrik ishlov berish 8÷10 soatni tashkil etadi.
Yuqorida aytib o’tilgandek suv bug’ining bosimi va harorati ta’sirida SaO va SiO2 o’zaro ximiyaviy reaktsiyaga kirishi natijasida yuqori mustahkamlikga ega bo’lgan silikat g’ishtlar hosil bo’ladi.
Oddiy silikat g’ishtning o’lchamlari 250x120x65 mm, modulli silikat g’ishtning o’lchamlari 250x120x88 mm. Silikat g’ishtning markalari 75, 100, 125, 150, 200, 250, 300 o’rtacha zichligi 1800-1900 kg/m3, suv shimuvchanligi 8-18%. Tkplotexnik xossalari sopol g’ishtniki kabi bo’ladi. Silikat g’ishtning sifati DAST 379-79 talabiga javob berishi kerak.
Silikat g’ishti sopol g’isht kabi bino ichki va tashqi devorlarini terishda, rangli silikat g’ishtlar pardozbop materiallar sifatida va boshqa konstruktiv buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Silikat g’ishtini bino poydevorlari va tsokol qismini terishda ishlatish maqsadga muvofiq emas, chunki ular sopol g’ishtga qaraganda suv ta’siriga nisbatan chidamsiz. SHuningdek silikat g’ishtini xumdonlarni va xumdon mo’rilarini terishda ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki uzoq muddatli issiq harorat ta’sirida silikat g’isht tarkibidagi kaltsiy gidrosilikatlar degidratsiyalanishi natijasida silikat g’ishtlar o’z mustahkamligini yo’qotadi, tarkibidan suvni qumli bog’lovchi tarkibidan suvni bug’lanish hisobiga
Silikat g’ishtini ishlab chiqarishga sarflanadigan yoqilg’i, elektr energiya va mehnat sarfi sopol g’ishtni ishlab chiqarishga qaraganda 2-3 marotaba kam, shuning uchun silikat g’ishtini tannarxi sopol g’ishtnikiga qaraganda 25-30% ga arzon.
|
| |