• Ayollar milliy kо‘ylagi detallari
  • Ayollar milliy kо‘ylagini bichish va tikish
  • Ayollar milliy kо‘ylagi detallari




    Download 0.65 Mb.
    bet2/6
    Sana03.02.2024
    Hajmi0.65 Mb.
    #151007
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Ayollar milliy kо‘ylagini andozalarini tayyorlash
    18-noyabr Bayroq bayonnomasi 202[1], Informatika fanidan 6-sinflar uchun test savollari, 411243, DTIY majmua 1-KURS (3), elekt, NNN, 0v-IDZ14.1, 1-amaliy Antivirus dasturiy vositalari, Kiyimdagi nuqsonlar turlari, 1 (7), 1 (6), excel-dasturining-iqtisodiyotga-doir-funksiyalari-va-ular-ustida-iqtisodiy-masalalarni-yechish, Falsafa 2-seminar ISLOM MAX, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi
    Ayollar milliy kо‘ylagi detallari. Har qanday kiyim detallardan iborat bо‘lgani kabi, ayollar milliy kо‘ylagini loyihalash uchun avvalom bor uning detallarini о‘rganish talab qilinadi. Quyida xotin-qizlar milliy kо‘ylagini tayyorlash uchun zarur bо‘lgan detallar keltirilgan (6-jadval).

    6-jadval
    Ayollar milliy kо‘ylagi detallari





    1.



    Old koketka avrasi

    1 detal





    2.

    Old koketka astari



    1 detal




    3.

    Ort koketka avrasi

    1 detal





    4.

    Ort koketka astari

    1 detal




    5.

    Ort koketka kо‘rinmasi

    1 detal






    6.

    Old koketka kо‘rinmasi

    1 detal







    7.

    Yeng

    2 detal



    8.

    Old etak

    1 detal





    9.

    Ort etak

    1 detal





    Ushbu jadvaldan kо‘rinib turganidek, old koketka tayyorlashda koketka avrasi, astari, koketkaning kо‘rinmasi, ort koketka uchun ort koketka avrasi, astari hamda koketka kо‘rinmasi bichib olinishi, milliy kо‘ylak old va ort etaklari 1 detaldan, kо‘ylak yengi esa 2 dona qilib olinishi kerak.



    ayollar milliy kо‘ylaklarini tayyorlash uchun gazlama tanlash

    Xotin qizlar milliy kо‘ylaklari uchun gazlama tanlashda shaxsning yoshi albatta e’tiborga olinishi kerak. Ayollar milliy kо‘ylaklari asosan gulli gazlamalardan tayyorlanib, u havo о‘tkazuvchan, gigiyenik talabga javob beradigan bо‘lishi kerak. Milliy kо‘ylaklar gullar, shakllar aks ettirilgan matolardan tikilishi mumkin. 15-20 yoshgacha bо‘lgan qizlar uchun asosan guldor, qizil, sariq rangdagi gazlamalar tanlanadi. 30-50 yoshdagi ayollar uchun о‘ta qizil ranglar xush kо‘rinmaydi. 50-80 yoshdagi ayollar uchun odmiyona, kо‘k, kulrang, oq-qora rang aralash gazlamalar tanlanadi.


    Ayollar milliy kо‘ylagini tikishda, albatta qaysi faslda kiyilishiga qarab gazlama tanlanadi. Yozning issiq oylarida namni о‘ziga tortuvchi, havo о‘tkazuvchanligi yaxshi gazlamalar (shtapel, chit, batis, lavsan) tanlanadi.
    Turli fasondagi ayollar milliy kо‘ylagini tikish uchun avvalo gazlamalar xarid qilinadi. Buning uchun har qanday razmerdagi milliy kо‘ylak uchun ketadigan gazlamalar sarfini bilishimiz zarur.
    Gazlamalarni xarid qilishda gazlamaning eniga e’tibor berish lozim. Turli razmerdagi kо‘ylaklar uchun ketadigan gazlama sarfini aniqlash uchun kiyim uzunligiga yeng uzunligi о‘lchami qо‘shilishi kerak. YA’ni
    S  (K AVeng uzunligi);
    S-gazlama sarfi;
    K -kiyim uzunligi;
    AVeng uzunligi -yeng uzunligi
    Quyida kiyim uzunligi-110 sm, kalta yeng uzunligi-32sm va uzun yeng uzunligi 65 sm bо‘lgan barcha razmerdagi ayollar milliy kо‘ylaklari uchun ketadigan gazlamalar sarfi keltirilgan (7-jadval).

    7-jadval
    Ayollar milliy kо‘ylaklari uchun ketadigan gazlamalar sarfi





    Razmer

    Gazlama eni

    Gazlama bо‘yi

    Yengi kalta kо‘ylaklar uchun
    (K 110sm; AVeng uzunligi 32sm )

    44

    1 m 30 sm

    1 m 60 sm

    46

    1 m 40 sm

    1 m 60 sm

    48

    1 m 60 sm

    1 m 60 sm

    50

    1 m 80 sm

    1 m 80 sm

    44

    70 sm

    2 m 60 sm

    46

    80 sm

    2 m 80 sm

    48

    90 sm

    2 m 80 sm

    50

    95 sm

    2 m 80 sm

    Yengi uzun kо‘ylaklar uchun
    (K 110sm; AVeng uzunligi65sm )

    Razmer

    Gazlama eni

    Gazlama bо‘yi

    44

    1 m 30 sm

    1 m 80 sm

    46

    1 m 40 sm

    1 m 90 sm

    48

    1 m 60 sm

    2 m 10 sm

    50

    1 m 80 sm

    2 m 20 sm

    52

    1 m 80 sm

    2 m 30 sm

    44

    70 sm

    2 m 90 sm

    46

    80 sm

    3 m

    48

    90 sm

    3 m 10 sm

    50

    95 sm

    3 m 20 sm

    52

    95 sm

    3 m 20 sm

    Ayollar milliy kо‘ylagini bichish va tikish

    Gazlamani bichish uchun о‘lcham asosida andoza tayyorlab olinishi kerak. Buning uchun u bichuv stoliga tо‘shalib, uning tuklari yо‘nalishi, gullar yо‘nalishi e’tiborga olinishi, gazlamadagi nuqsonlar qirqib tashlanishi kerak. Andozalarni joylashtirishda gazlamadagi gullar yо‘nalishi bir tomonga qaragan bо‘lsa, andozalar ham shu yо‘nalishda bо‘lishi lozim.


    Quyida gullari bir xil yо‘nalishda bо‘lgan gazlamalarga milliy kо‘ylak detallarining joylashtirilish tartibi kо‘rsatilgan. .
    a).
    b)

    49- rasm. Ayollar milliy kо‘ylagining detallarinin joylashtirilishi


    a) mato gullari bir xil yо‘nalishda; b) gulli gazlamalarga andozalarning qarama-qarshi joylashtirilishi

    Chizmada kо‘rinib turganidek, a) holatda xotin-qizlar milliy kо‘ylagining barcha detallari bir xil yо‘nalishda joylashtiriladi. Gulli gazlamalarda esa uning sarf miqdorini tejash maqsadida andozalar qarama-qarshi joylashtiriladi, b) holatda gulli gazlamalarga andozalarning qarama-qarshi joylashtirilish holati aks ettirilgan.


    Gazlamaning etak qismi uning bо‘ylama ipi yо‘nalishida olinadi. Milliy kо‘ylak old va ort koketka astarlari chit, satin gazlamalardan bichiladi. Old va ort koketkaning yoqa о‘miz shakli qattiq va bejirim turishi uchun dublerin yoki flezelindan foydalaniladi.
    Ayollar milliy kо‘ylagini tayyorlashda texnika va mehnat xavfsizligi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi lozim.
    Ayollar milliy kо‘ylagini tayyorlashda 3 ta о‘lchamdan foydalaniladi. Gavdadan о‘lcham olishda uzunlik о‘lchamlari tо‘liq va aylana о‘lchamlarining yarmi yoziladi.
    1. B -Bо‘yin aylanasining yarmi.
    Bо‘yinni aylantirib, uning tagidagi chuqurchagacha smli lenta yordamida о‘lchab olinadi (о‘lcham olishda smli lenta tagidan bir barmoq kirib turishi kerak).
    2. K -Kо‘krak aylanasining yarmi.
    Qо‘ltiqlar ostidan, kuraklar ustidan, kо‘krakning bо‘rtib chiqib turgan qismidan aylantirib о‘lchanadi. (О‘lcham olishda smli lenta tagidan 2 barmoq kirib turishi kerak).
    3. K-Kiyim uzunligi.
    Yelkaning yuqori nuqtasidan, kо‘kraklar ustidan о‘tkazib, tanlangan model uzunligigacha bо‘lgan о‘lcham olinadi.
    Quyida bо‘yin aylanasining yarmi-18 sm, kо‘krak aylanasining yarmi-48 sm va kо‘ylak uzunligi-130sm ga teng bо‘lgan ayollar milliy kо‘ylagi andozasini tayyorlash texnologiyasi keltirilgan.
    1.Bо‘yin aylanasining yarmi- BBо‘yin-B 18 sm
    2.Kо‘krak aylanasining yarmi-KKо‘krak– K 48 sm (RRazmer)
    3.Kо‘ylak uzunligi-Kuzun-K 130 sm
    Ushbu о‘lchamdagi milliy ayollar kо‘ylagining ort, old koketkalari, yeng va etak qismi detallarining umumiy holatda joylashishi 50-rasmda keltirilgan.




    50-rasm. О‘lchamlari keltirilgan ayollar milliy kо‘ylagining ort, old koketkalari, yeng va etak qismi detallarining umumiy holatda joylashishi
    Ayollar milliy kо‘ylagi ort koketkasini tayyorlashda operatsiyalar ketma-ketligi quyida berilgan tartibda amalga oshiriladi.
    Ayollar milliy kо‘ylagining ort koketkasini chizmasi.


    Download 0.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ayollar milliy kо‘ylagi detallari

    Download 0.65 Mb.