|
Bulutli texnologiyalarining yaratilishi va evalyutsiya jarayoni. Bulutli texnologiyaning asosiy model tavsiflari
|
bet | 1/24 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #242480 |
Bog'liq 27 Bulutli texnologiyalar va ularning didaktik imkoniyatlari
Mavzu: Bulutli texnologiyalar va ularning didaktik imkoniyatlari.
Reja:
Bulutli texnologiyalarining yaratilishi va evalyutsiya jarayoni. Bulutli texnologiyaning asosiy model tavsiflari.
Bulutli texnologiyalar hamda telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining o’zaro integratsiyalari tahlili.
Tayanch iboralar: bulutli texnologiya, model, telekommunikatsiya, tarmoq.
Axborot texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda dasturiy ta’minotni o’rni juda ham katta ahamiyatga ega. Dastur to’la qonligicha ishlashi uchun shaxsiy kompyuter minimal tizim talabiga javob berishi kerak. Internet modernizatsiyalashtirildi va server uskunalar ishlab chiqildi. Shu bilan birga shunday g’oya yuzaga keldiki, dasturdan foydalanishda hisoblash tizimlarini birlashtirish va undan yagona manba sifatida foydalanish. 2008-yildan boshlab
(Cloud technology) Bulutli texnologiyar so’zi dunyo miqiyosida keng tarqaldi.
Bir qarashda “Bulutli texnologiyalar” tushunarsiz ko’rinsada: bu model o’zida biror bir tizmdagi (serverlar, ilovalar, saqlash tizmlari va xizmatlar) dan tez, qulay, samarali foydalanish imkonini beradi. Faqatgina provayder orqali tarmoqqa ulanganda, ortiqcha urinishlarsiz, tez va aniq taqdim etiladi.
Bulutli texnologiyalardan foydalanish ATda bir qancha ustunliklarni yaratib beradi:
- Tashkilot boshqaruvida hisoblash resurslarini yanada samarali ishlatish mumkin.
- AT infratuzilmani boshqarishni takomillashtirish (shu jumladan, geografik jihatdan) ish boshqaruvida doimiy soddalashtirish va qulaylashtirish;
- tizim konsepsiyasini zahira tarzda saqlash va virtual mashinani migratsiyalash.
- AT infratuzilmani chiqimni kamaytirish, hisoblash resurslari, elektr quvvatlarini tejash.
1.1.Bulutli texnologiyalar modellari va vujudga kelish jarayoni.
Bulutli texnologiyalar - bu model iste’molchiga ATni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli hisoblashlarning yuzaga kelishida “virtualizatsiya” texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi. Birinchi bo’lib 1960-yilda virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan ammo qimmat meynfreym kompyuter texnologiyalarini arzon x86 protsesorli kompyuter serverlariga o’tgandan so’ng virtualizatsiya termini ancha vaqtgacha esdan chiqarildi. 2000yildan boshlanib holat o’zgara boshladi, shu yillarga qadar WMware x86 razryadli virtualizatsiyada monopoliyani qo’lga kiritdi. 2005-yilda WMware kompaniyasi virtual mashinalarni DTdan foydalangan xolda bepul tadbiq qildi. 2006-yilda Microsoft kompaniyasi “Microsoft virtual PC” Windows versiyasini ishga tushirildi. 2006-yilda Amazon kompaniyasi o’z qurilmalarida virtual serverlarni kengaytirish orqali “Amazon Elastic Compute Cloud” yuzaga keldi buning yana asosiy sabablaridan biri virtual serverlarni boshqa qurilmalarga (iste’molchilarga) ijaraga berish orqali bulutli texnologiyalarni kelib chiqishiga turtki bo’ldi.
Bulut - AT- infratuzilma tashkilotlarining innavatsion modeli (konsepsiya) xisoblanib, u alohida ajratilgan va taqsimlangan konfiguratsiyalangan apparat va tarmoq resurslaridan, dasturiy ta’minotdan tashkil topgan va ular masofadagi provayderlarni ma’lumotlar markazida yotadi.
|
| |