|
Burg'ulash va portlatish ishlarida ishlatiladigan atamalar Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 130,72 Kb. | | #112753 |
Bog'liq Burg’ulash va portlatish ishlarida qo’llaniladigan atamalar Bosh
Burg'ulash va portlatish ishlarida ishlatiladigan atamalar
Reja:
1. Burg’ulash va portlatish ishlarida qo’llaniladigan atamalar
2. Boshlang’ich impuls va uning turlari.
3. Yonuvchi plig (osh).
BURG’ULASH VA PORTLATISH ISHLARIDA QO’LLANILADIGAN ATAMALAR
Portlatuvchi – rasmiylashtirish va berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan “Portlatuvchining yagona daftari”ga ega bo‘lgan malakali ishchi (usta-portlatuvchi).
PM - portlovchi modda
PV – portlatuvchi vositalar (ashyolar) - portlovchi moddalar, tezlatish vositasi, nimportlatish va portlatish apparatlari.
“Sanoatgeokontexnazorat” DI - O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi - respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoatda ishlarni bexatar olib borish, er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Detonator (portlatgich) – kapsyul-detonatorlar, pirotexnik rele, elektrodetonator kabilarning umumiy nomi.
DSH – detonatsiyalovchi shnur (portlatuv piltasi).
KD - kapsyul-detonator (piston-detonator).
Texnik nazorat shaxsi – PM bilan ishlash yoki portlatish ishlariga bevosita rahbarlik qiluvchi mansabdor shaxs (kon ustasi, usta, ish yurituvchi va boshqalar).
NTT – noelektrik tezlatish tizimi.
Noelektrik detonator – tarkibida zarb-to‘lqin naychasi, ulaydigan element va susaytiruvchi kapsyul-detonator bo‘lgan fursatli tezlatish qurilmasi.
Tashkilot - ishlar xavfsizligi bo‘yicha ekspert – portlatish ishi xavfsizligi masalalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot.
|
| |