Business law-uz




Download 1,8 Mb.
bet2/28
Sana08.02.2024
Hajmi1,8 Mb.
#153111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
BUSINESS LAW-UZ

Вопрос №4

Valyuta, qimmatli qog’oz, fond birja, trast kompaniya, bank, kredit uyushma, lizinglar qaysi biznes turiga misol bo’ladi?

a)

vositachilik

b)

moliyaviy

c)

ishlab chiqarish

d)

savdo




Вопрос №5

Qaysi davlat organi qonunlar qabul qilish huquqiga ega?

a)

Prezident

b)

Vazirlar Mahkamasi

c)

Hokim

d)

Oliy Majlis




Вопрос №6

Magazin, supermarket, tovar xom ashyo birjasi kabilar qaysi biznes turiga mansub?

a)

ishlab chiqarish

b)

vositachilik

c)

savdo

d)

moliyaviy




Вопрос №7

Qonunchilikka asosan tadbirkorlik sub’ektlarini qayta tashkil etishning qanday turlarida taqsimlash balansi talab etiladi?

a)

qo’shish va o’zgartirish

b)

o’zgartirish va qo’shib olish

c)

bo’lish va ajratib chiqarish

d)

qo’shib yuborish va qo’shib olish




Вопрос №8

Qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchisi bo’lmish market meyker qanday shaxs hisoblanadi?

a)

investitsiya vositachisi

b)

depo hisob varag’iga ega bo’lgan shaxs

c)

oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs

d)

qimmatli qog’oz chiqaruvchi shaxs, tashkilot




Вопрос №9

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonun qachon qabul qilingan?

a)

1998 yil aprelda

b)

2002 yil dekabrda

c)

2021 yil yanvarda

d)

1994 yil mayda




Вопрос №10

..... sub’ektlari tomonidan qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Jumlani to’g’ri to’ldiring!

a)

ijro hokimiyati

b)

Bosh prokuratura

c)

qonunchilik tashabbusi

d)

qonun chiqaruvchi hokimiyat




Вопрос №11

Tadbirkorlik sub’ektlarini qayta tashkil etishda qanday qaror bo’lishi lozim?

a)

Umumiy yig’ilish

b)

Ta’sischilar

c)

Kuzatuv kengashi

d)

Xodimlar bo’limi




Вопрос №12

Senatda jami senatorlar soni qancha?

a)

150

b)

250

c)

86

d)

100




Вопрос №13

Mavjud qonunchilik asoslariga ko’ra bankrotlik ya’ni iqtisodiy nochorlik tushunchasiga ta’rif bering.

a)

iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini to’la hajmda bajarishga qodir emasligi

b)

iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga qodir emasligi

c)

iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini to’la hajmda bajarishga qodir emasligi

d)

iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, kreditorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini to’la hajmda bajarishga qodir emasligi




Вопрос №14

Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy maqomi, ularning tashkil etilishi, faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibini belgilovchi huquq normalari yig’indisi... bu...

a)

Iqtisodiyot qonunlari

b)

Tadbirkorlik (biznes) huquqi

c)

Tadbirkorlik faoliyati

d)

Savdo huquqi




Вопрос №15

Tadbirkorlik faoliyatida asosiy mezonlar qaysilar?

a)

to’g’ri biznes, qonuniylik, o’zbilarmonlik, o’z mulki, daromad (foyda) olish, tashabbuskorlik

b)

tadbirkorlik va ishbilarmonlik, O’zbekiston fuqarolari, yuridik shaxslar, o’z mulkiy javobgarligi, qonuniylik, tavakkalchilik

c)

tadbirkorlik sub’ektlari, xorijiy fuqarolar, jismoniy shaxslar, o’z mulkiy javobgarligi, foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik

d)

qonuniylik, tavakkalchilik, o’z mulkiy javobgarligi, daromad (foyda) olish, tashabbuskorlik




Вопрос №16

---- qiymatga ega bo’lmaydi, boshqa shaxsga o’tkazilmaydi hamda garovga berilmaydi, jamiyat ustav fondining miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.----jamiyatning ustav fondida davlat ulushi mavjud bo’lmagan yoki bu ulush jamiyat ustav fondining yigirma besh foizdan oshmaydigan jamiyatlarda joriy etilishi mumkin. Undan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bu qaysi javobda keltirilgan?

a)

oddiy aktsiya

b)

oltin aktsiya

c)

imtiyozli aktsiya

d)

tillo aktsiya




Вопрос №17

Xo’jalik (tadbirkorlik) shartnomasiga nisbatan qo’yiladigan talablar qaysi javobda to’liq ko’rsatilgan?

a)

Xo’jalik (tadbirkorlik) shartnomasi shartnoma predmetini, etkazib beriladigan tovarning miqdori, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko’ra o’zaro kelishuvga erishish lozim bo’lgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.

b)

Xo’jalik (tadbirkorlik) shartnomasi shartnoma predmetini, etkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko’ra o’zaro kelishuvga erishish lozim bo’lgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.

c)

Xo’jalik (tadbirkorlik) shartnomasi shartnoma predmetini, etkazib beriladigan ishning va xizmatning sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko’ra o’zaro kelishuvga erishish lozim bo’lgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.

d)

Xo’jalik (tadbirkorlik) shartnomasi shartnoma predmetini, etkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko’ra o’zaro kelishuvga erishish lozim bo’lgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.




Вопрос №18

Tadbirkorlik huquqining asosiy tamoyillaridan biri qaysi javobda noto’g’ri ko’rsatilgan?

a)

Tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tamoyili

b)

Narxlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirish tamoyili

c)

Tadbirkorlik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni qo’llash asosida davlatning ta’sir etish tamoyili

d)

tadbirkorlarga har doim imtiyoz va preferentsiyalar berish tamoyili




Вопрос №19

Mavjud qonunchilik asoslariga ko’ra bankrotlik alomatlari shaharni tashkil etuvchi korxonalar uchun qanday belgilanadi?

a)

agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to’lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan - uch oy ichida bajarilmagan bo’lsa, va qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch ming baravarini tashkil etsa.

b)

agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to’lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan - olti oy ichida bajarilmagan bo’lsa, va qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini tashkil etsa.

c)

qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligi: agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to’lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran o’n ikki oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo’lsa, agar qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh yuz baravarini tashkil etsa.

d)

qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligi: agar tegishli majburiyatlar va to’lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo’lsa, agar shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini tashkil etsa.





Download 1,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 1,8 Mb.