• 3.Yo’l harakati qoidalari Tayanch iboralar: Xavsizlik, mehnat, yo’l
  • Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunning qo‘llanish sohasi
  • Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
  • Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish
  • Reja: 1.
  • 1. Xavfsizlik qoidalari Mehnatni muhofaza qilishda qonuniy talablar




    Download 1.31 Mb.
    Sana11.11.2023
    Hajmi1.31 Mb.
    #97409
    Bog'liq
    Yuza
    Bob. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni dasturlash, prognozlashtir, 012, Nukleotidlar ketma-ketliklari boyicha malumotlar bazalari, Kadr ortida matnni o‘qish usullari, Shablon funksiyalarda funksiyalarni qayta yuklash mexanizmi-fayllar.org, 1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja, Amaliy 5, M.I Pythonda obyektga yo’naltirilgan dasturlash 6, 8-mavzu6-22, 5-mavzu 6-22 FULL


    Qashqadaryo axborot texnologiyalari texnikumi KI-01-22-guruh talabasi





    Mavzu:Xavfsizlik,mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati qoidalari.
    Reja:
    1.Xavfsizlik qoidalari
    2.Mehnatni muhofaza qilishda qonuniy talablar
    3.Yo’l harakati qoidalari
    Tayanch iboralar: Xavsizlik, mehnat, yo’l
    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatni muhofaza qilinishi huquqiga egadirlar.
    Mehnatni muhofaza qilish
    Mehnatni muhofaza qilish — bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
    Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunning qo‘llanish sohasi
    Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘ladi.
    Ushbu Qonun mulk va xo‘jalik yuritish shakli turlicha bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar* bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning a’zolari, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar; sud hukmi bilan jazoni o‘tayotgan shaxslar, axloq tuzatish-mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi.
    * Matnda bundan keyin “korxonalar” deb yuritiladi.
    .
    Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
    Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xo‘jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo‘mitasi bilan kelishib o‘zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.
    Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
    Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo‘ysunadi.
    Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo‘linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.
    Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
    Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to‘xtatilgan taqdirdagina tugatiladi.
    Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish
    Korxonalarning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug‘urta qilinishlari shart.

    Mavzu: Windows server 2016 OS bilan ishlash.




    Reja:
    1.
    Download 1.31 Mb.




    Download 1.31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Xavfsizlik qoidalari Mehnatni muhofaza qilishda qonuniy talablar

    Download 1.31 Mb.