• Fayziyev Sh.
  • ISBN 978-9943-00-653-9 t © «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2008, 2011. KIRISH
  • I BO‘LIM KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH ASOSLARI VA MOHIYATI
  • Buxgalteriya hisobi




    Download 2.16 Mb.
    bet1/93
    Sana20.02.2024
    Hajmi2.16 Mb.
    #159709
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
    Bog'liq
    O\'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov
    lanshaft taksatsiya, 1OBLOJKA, Ma\'lumotlarni kodlash, Diffuziya va osmos hodisasi, Ekologiyaq, Sachratqi o\'simligining dorivorlik xusiyatlari va xalq tabobatid, Men Hayitmurodov Doniyor 2003 – yil 29 –iyun, Avtomobil import boji.doc, ECTS Kредит-Mодуль Тизими, Nigora yangi shaxsiy ish reja 2021-2022. 0.5 stavkadoc (10), Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi va sanoatning barcha tarmoqlari, BERKA, 3-topshiriq, 7-mavzu Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarda birinchi yordam, 08-12-2022 15-26-33






    0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA MAXSUS
    TA’LIM VAZIRLIGI

    O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    U. I. Inoyatov,
    S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova
    BUXGALTERIYA HISOBI
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
    Qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashr
    «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
    AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
    BOSH TAHRIRIYATI
    TOSHKENT - 2011

    УДК 657.1(075) ББК65.052я722 1-58
    Taqrizchilar:
    Fayziyev Sh. - iqtisod fanlari doktori, professor
    Xomitov K. Z. - iqtisod fanlari nomzodi
    Mazkur «Buxgalteriya hisobi» o‘quv qo'llanmasi korxona (tashkilot)larda buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi, ulaming faoliyatida hisob ishlarining yuritilishi bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalar asosida tuzilgan bo‘lib, amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlarga muvofiq hamda Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda tayyorlandi.
    Ushbu qo‘llanmadan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda «Bux­galteriya hisobi»ni o'rganishga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi foyda- lanishlari mumkin.
    ISBN 978-9943-00-653-9
    't
    © «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2008, 2011.
    KIRISH
    0‘zbekistonning mustaqil yuksalishi mobaynida qilingan ishlami sarhisob qiladigan boisak, ulkan yutuqlar qo'lga kiritilganligining guvohi bo'lamiz. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi» sohasida ham keyingi yillarda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekis- ton Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi hamda 0‘zbekiston Respub­likasi buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan buxgalteriya hisobinining tamoyillarini rivojlantirish maqsadida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi, ular bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan milliy standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yaratilishi, hisob milliy satandartlarining buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga tenglashtirilishi, vatani- mizning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvida katta ahamiyat kasb etadi.
    Respublikamiz oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida berilayotgan iqtisodiy bilimlar ichida muhim o‘rinlardan birini buxgalteriya hisobi egallaydi. Chunki, buxgalteriyani - biznesning tili deydilar. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari xo'jalik mexanizmining tarkibiy qismi bo'lib, marketingdek, menejmentdek ishbilarmonlik va tadbir- korlik faoliyatlarini iqtisodiy axborotlar bilan ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi.
    Shulami hisobga olgan holda ushbu darslik Toshkent Moliya va iqtisodiyot kolleji o‘qituvchilari Ulug‘bek Inoyatov, Surayyo Yusupo- va, Feruza Salimbekovalar tomonidan 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Olrta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Olrta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti tomonidan budjet tashkilotlari, kichik korxonalar, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari hisobchi xodimlari hamda kasb-hunar kollejlari talabalari foydalanishlari uchun qayta nashrga tayyorlandi.
    0‘quv qo‘llanmada hisobning mohiyati va tashkil etilishi, pul mablag‘lari bilan hisoblashuvlar va kredit muomalalarining hisobi, moddiy zaxiralar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi, mehnat va ish haqini hisobga olish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi hisobi, kichik korxonalar hamda fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, tayyor mahsulot va uni sotishning hisobi, fondlar va moliyaviy natijalami hisobga olish, buxgalteriya hisoboti, budjet muassasalarida buxgal­teriya hisobining xususiyatlari mavzulari talabalar uchun oddiy va tushunarli qilib ko‘rsatib berilgan.
    Darslik haqida fikr-mulohazalar bildirgan va taklif kiritgan barcha kitobxonlarga mualliflar oldindan o‘z minnatdorchiliklarini bildiradi.
    Bizning manzil: Toshkent shahar, Sergeli 3, 49-uy.
    I BO‘LIM
    KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI
    TASHKIL ETISH ASOSLARI VA MOHIYATI


    1. KORXONALAR BUXGALTERIYA HISOBIGA QO‘YILGAN VAZIFALAK VA ULARNING AHAMIYATI

    Korxonalar - jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar bajarish uchun belgilangan qonun asosida tashkil qilingan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lib hisoblanadi. «0‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi qonunda korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari belgilab berilgan. Ulaming asosiylari davlat, fermer, xususiy, oilaviy, mahalla, to‘liq shirkat, yopiq turdagi hissadorlik jamiyati, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati, ijara, fermer (dehqon) xo‘jaliklari va boshqalar hisoblanadi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi. Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
    Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan eng asosiy talab - bu, uning kam xarajatli va sodda bo‘lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o‘ziga xos tarmoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o'rganish lozim.
    Har bir korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘layotgan xo'jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish va uning natijalarini son ko'rsatkichlarida ifodalash, keyin ulami yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta’minlash lozim. Shu bilan birgalikda korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashi va ulaming bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak.
    Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo‘yicha umumiy rahbarlik vazifasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqarma dastlabki hisob masalalari bo'yicha xalq xo'jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya hisobi bo'yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo'yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy bo'lgan hisob va hisobot masalalari bo'yicha yo'riqnoma, uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqadi.
    Buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil qilish bo'yicha metodologik rahbarlik ham Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi tomonidan olib boriladi.
    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va hisobotining tipik shakllarini, ulardan foydalanishga oid yo'riqnomalami tasdiqlaydi, buxgalteriya hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflami joriy qiladi.
    Buxgalteriya hisobi — bu, kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalaming xo'jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdirABuxgalteriya hisobining maqsadi foyda- lanuvchilami to'liq, ishonarli, o'z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgal­teriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta’minlashdan iborat. ^


    Download 2.16 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




    Download 2.16 Mb.