Buxgalteriya hisobi




Download 2,16 Mb.
bet30/98
Sana28.05.2024
Hajmi2,16 Mb.
#255557
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

Dastlabki qiymat — aktivni xarid qilish uchun to‘langan pul mablag‘lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati nomoddiy aktivni xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishga sarflangan barcha xarajatlami, ya’ni: xarid narxi, yuridik yig’imlar va boshqa xarajatlami o‘z ichiga oladi. Tashkilot tekinga olgan nomoddiy aktivlaming dastlabki qiymati ekspert yo‘li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo'yicha tan olinadi. Tekinga olingan nomoddiy aktiv kirim qilingan sanada amal qilgan narx asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo‘li bilan tasdiqlanishi kerak.
Sotish qiymati nomoddiy aktivlami bitim paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir.
Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlami chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo'ladigan aktivlaming taxmin qilinayotgan qiymatidir.
Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jam- g'arilgan amortizatsiyani chiqarib tashlangan holda nomoddiy aktiv­laming dastlabki yoki joriy qiymati sanaladi.
0‘rnini qoplash qiymati - korxona aktivdan keyinchalik foyda- lanish hisobiga qoplash mo'ljallanayotgan summa, shu jumladan, tugatilish qiymati.
Nomoddiy aktiv pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan bozor narxi bo‘yicha ko'rsatilishi mumkin.
Nomoddiy aktiv xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan hollarda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarx bo'yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktiv qiymatini belgilash mumkin bo'lgan hollarda ,u aktiv sifatida alohida modda bilan aks ettirilmaydi.
Korxona tomonidan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi, chunki u korxonani sotib olish paytida xarid qilish narxi bilan mazkur subyektni tashkil qiluvchi aktivlaming haqiqiy narxi o'rtasidagi tafovut sifatida yuzaga keladi.
Ba’zi vaqtlarda nomoddiy aktivlami qayta baholashga ehtiyoj tug'iladi. Nomoddiy aktivni qayta baholashda uning butun zanjiri qayta baholanishi kerak. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktiv balans qiymati ko'paygan holda ushbu ko‘payish avvalgi bahodan oshadigan summada «Zaxira sarmoya» schyotining kreditida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivning balans qiymati kamaygan bo‘lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada xarajat sifatida tan olinadi.
Nomoddiy aktivlar obyektlarining analitik hisobi OS-6 shaklidagi inventar kartochkalarida yuritiladi. Unda obyektning ro'yxat qilish raqami, dastlabki qiymati, texnik iqtisodiy tavsifi, samarali foydalanish muddati va boshqalar aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlaming mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlami aktiv 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobi» schyotida uning turlariga ochilgan subschyotlari bo'yicha (0410-0490) ulaming eskirishi 0500-«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» schyotida (0510-0530) subschyotlari bo'yicha hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlami buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi schyotlar ochilgan:
0410-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalar».
0420-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari».
0430-«Dasturiy ta’minot».
0440-«Yer va tabiat resursiaridan foydalanish huquqi».
0450-«Tashkiliy xarajatlar».
0460-«Franshizalar».
0470-«Mualliflik huquqlari».
0480-«Gudvill».
0490-«Boshqa nomoddiy aktivlar».
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMA ga asosan, nomoddiy aktivning amortizatsiya qiymati uning foydali xizmat muddatidan oshmagan holda, foydali xizmat muddatini belgilash mumkin bo‘lmagan paytda 5 yilni hisobga olib (lekin korxonaning faoliyat muddatidan oshmagan holda) muntazam asosda taqsimlanishi kerak.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab o'tkazilgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlaming ayrim obyektlari bo'yicha ajratmalar tegishli summalami jamg‘arish yo‘li bilan yoki obyektlaming dastlabki qiymatini kamaytirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Quyidagi nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanmaydi:

  • haqiqiy emas (ishlamaydigan) deb topilgan va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydigan nomoddiy aktivlar;

  • korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin huquq egasi tomonidan litsenziya shartnomasi yoki boshqacha shartnoma (tanho bo‘lmagan litsenziya) bo'yicha berilgan va balansdan tashqari schyotda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqi asosida korxona foydalanayotgan nomoddiy aktivlar;

  • korxonaga tegishli tovar belgisiga va xizmat ko'rsatish belgisiga egalik huquqi, shuningdek, vaqt o'tishi bilan ulaming iste’mol xususiyati o'zgarmaydigan tovar chiqarilgan joy nomiga egalik huquqi;

  • gudvill. ’

Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda nomoddiy aktivni
foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil usullami qoilash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunga, to‘g‘ri chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli va hosil qilingan birliklar summasi amortizatsiyani hisoblab yozish usuli kiradi.

Download 2,16 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




Download 2,16 Mb.