|
Buxgalteriya hisobi
|
bet | 29/98 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #255557 |
Bog'liq Buxgalteriya hisobiSanoat namunalari — ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi buyumlar va xalq iste’moli tovarlarining tashqi qiyofasini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlaridan foydalanish huquqi. Sanoat namunalariga hajmiy model (avtomobil, stanok, mebel va hokazo) yoki yassi tasvir-sanoat naqshlari (gazlama, gilam gullari, shrift shakli va hokazo) misol bo‘la oladi.
Dasturiy ta’minot — texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo'yicha texnik va foydalanish hujjatlari yig'indisi.
Gudvill — korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keladi va sotib olinayotgan korxona uchun haq hamda uning sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor) qiymati o‘rtasidagi farq.
Tashkiliy xarajatlar — yangi xo‘jalik yurituvchi subyektni barpo etish xarajatlari, ya’ni ishni boshlash xarajatlari.
Franshizalar — bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli aktivlardan, shu jumladan, savdo markalari va atamalari kabi nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqining berilishi. U bevosita belgilanishi bo‘yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish bunday huquq berilishlarining majburiy sharti hisoblanadi.
Mualliflik huquqlari — ilmiy, adabiy, musiqa yoki boshqa asarlami nashr qilish, ijro etish yoki boshqa turdagi foydalanish huquqi sanaladi.
Yer va tabiat resurslaridan foydalanish — xo'jalik yoki boshqa maqsadlarda yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni ta’minlovchi huquqni anglatadi, ammo yerdan foydalanish huquqi mazkur yer uchastkasini mulk qilib olishni bildirmaydi.
Nomoddiy aktivlami baholashda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMA ga asoslanilishi lozim. Nomoddiy aktivlami baholashda quyidagi baho (qiymat)lardan foydalaniladi:
|
| |