|
Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakati qaysi qaydnomada yuritiladi?
|
bet | 52/98 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #255557 |
Bog'liq Buxgalteriya hisobiXaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakati qaysi qaydnomada yuritiladi?
16-qaydnomada
12- qaydnomada
10- qaydnomada
1- qaydnomada
BO’LIM MAVZULARI YUZASIDAN
AMALIY MASHG‘ULOT
1-1 о p s h i г i q.
Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulotlar omboriga 2007-yil yanvar oyida quyidagi tayyor mahsulotlar qabul qilindi:
1.3-yanvarda 1-sexda ishlab chiqarilgan 865 dona sirlangan kastrulka qabul qilindi. Ulaming 1 donasining tannarxi 1785 so‘mni tashkil qildi.
2.7-yanvarda 2-sexdan zanglamaydigan po'latdan tayyorlangan 10890 dona metall qoshiq tayyor mahsulotlar omboriga topshirildi. Ulaming 1 donasining tannarxi 188 so‘m.
3.14-yanvarda 1-sexda ishlab chiqarilgan ro‘zg‘orda ishlatishga mo’ljallangan oshxona pichoqlari yig‘indisi 540 komplekt tayyor mahsulotlar omborga topshirildi. 1 ta komplektning tannarxi 1986 so‘mni tashkil qildi.
Topshiriqni bajarish uchun qo’shimcha ma’lumotlar:
Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulotlar omboridan 2007-yil yanvar oyida quyidagi tayyor mahsulotlar xaridorlarga sotildi:
yanvarda 364-sonli yuk xati asosida 500 dona sirlangan kastryulka «Chilonzor» markaziy universal do’koniga 1865 so’mdan berildi.
yanvarda 364 - sonli yuk xati asosida 4500 dona metall qoshiq «Chilonzor» markaziy universal do’koniga 192 so’mdan berildi.
3. 21-у an varda 433-sonli yuk xati asosida 320 komplekt oshxona pichoqlari yig'indisi «Chorsu» universal do'koniga 2036 so'mdan berildi.
Quyidagilami bajarish talab etiladi:
Xo'jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
Hisobot davri. davomida omborga tayyor mahsulotning kelib tushishiga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
Xaridorlarga tayyor mahsulot yuklab jo'natilganligiga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
2-t о p s h i r i q.
«Bunyod» savdo markaziga «Malika» fabrikasidan quyidagi tovarlar olingan:
U. I. Inoyatov, 2
S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova 2
KIRISH 3
I BO‘LIM 5
KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH ASOSLARI VA MOHIYATI 5
1.2.BUXGALTERIYA HISOBINING TASHKILIY-HUQUQIY 8
ASOSLARI 8
П BO‘LIM 18
PUL MABLAG‘LARI BILAN HISOBLASHUVLAR VA KREDIT MUOMALALARINING HIS OB I 18
2.4.BANKDAGI MAXSUS SCHYOTLARDA BAJARILADIGAN PUL MUOMALALARINING HISOBI 30
2.5.MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILAR BILAN fflSOB-KITOBLARNI YURITISH 32
2.9.DA’VOLAR VA MODDIY ZARARLARNI QOPLASH BO‘YICHA mSOB-KITOBLARNING QAYD ETILISffl 37
2.10.BANKNING UZOQ VA QISQA MUDDATLI KREDITLARINING HISOBGA OLINISHI 38
Ш ВО‘ЫМ 49
ISHLAB CHIQARISH ZAXLRALARINTNG fflSOBI 49
3.1.ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI HISOBINING VAZIFALARI, ULARNI TURKUMLASH VA BAHOLASH 49
3.3.MATERIALLARNI BUXGALTERIYADA IflSOBGA OLISH 54
IVВО‘1Ш 62
ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR KISOBI 62
4.2.ASOSIY VOSITALARNING BAHOLANISHI VA HISOB VAZIFALARI 65
4.4.ASOSIY VOSITALARNI HISOBDAN CfflQARISHNING HISOBI 67
( ! ; л 71
4.6.ASOSIY VOSITALARNING TA’MIRLANISHINI HISOBGA OLISH 76
4.7,ASOSIY VOSITALARNING INYENTARIZATSIYASINI fflSOBGA OLISH 78
4.8.NOMODDIY AKTIVLARNING HISOBGA OLINISHI 79
VBO‘LIM 94
MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISH 94
5.3.MEHNAT HAQI HISOB1NI HUJJATLARDA RASMIYLASHTIRISH 97
5.5.ISHCHILARNING MEHNAT TA’TILI VAQTIGA ZAXIRA QILINADIGAN SUMMALARNI HISOBGA OLISH 101
VIBO‘LIM 110
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT 110
TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH HISOBI 110
6.1.ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBINl TASHKIL QILISH ASOSLARI VA HISOBNING VAZIFALARI 110
6.2.ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI TURKUMLASH 110
_ _ у 113
6.5.DAVR XARAJATLARINING TARKIBI VA HISOBI 116
6.8.KELGUSI DAVR XARAJATLARI fflSOBI 121
6.9.ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA 121
MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH USULLARI 121
vn BOLIM 128
QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XUSUSIYATLARI 128
7.3.O SIMCHILIK MAHSULOTLAMNING TANNARXINI HISOBLASH USULLARI 130
7.4.CHORVACHILIK XARAJATLARI, MAHSULOT 131
OLISHNING HISOBI VA TANNARXINI fflSOBLASH USULLARI 131
7.5.0‘STIRILAYOTGAN VA BO‘RDOQIGA BOQILAYOTGAN CHORVA MOLLARINING ANALITIK VA SINTETIK HISOBI 134
VIIIBOLIM 145
KICHIK KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINLNG TASHKIL ETILISHI 145
8.1.KICHIK KORXONALARNING XUSUSIYATLARI VA TURLARI 145
8.2.KICHIK KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH ASOSLARI 145
IBJ. KICHIK. "KOKXON ALARHA ASOSIY VOSI'I'ALARNING i HISOBGA OLINISHI 145
8.4.KICHIK KORXONALARDA MATERIALLAR HISOBI 145
8.5.KICHIK KORXONALARDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH HISOBI 147
8.6.KICHIK KORXONALARDA XARAJATLARNI HISOBGA OLISH 147
146 148
IXBO‘LIM 154
TAYYOR MAHSULOT VA UNI SOTISHNING fflSOBI 154
9.1.TAYYOR MAHSULOT YA UNI HISOBGA OLISH VAZIFALARI 154
9.2.TAYYOR MAHSULOTNI BAHOLASH VA UNING NOMENKLATURASI 155
9.6.MAHSULOT SOTISHM HISOBGA OLISH 162
XBO‘LEM 170
FONDLAR VA MOLIYAVTY NATIJALARM fflSOBGA OLISH 170
10.1.KORXONANING FONDLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH VAZIFALARI 170
10.3.QO‘SHILGAN VA ZAXIRA KAPITALLARTNING HISOBGA OLINISffl 172
10.6.FOYDANING TAQSIMLANISH HISOBI 179
BO'LIM MAVZULARI YUZASIDAN AMALIY MASHG'ULOT 181
XIBO‘LIM 183
BUXGALTERIYA fflSOBOTI 183
11.2. HISOBOT TUZISH BO'YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH 186
19.4.CHORAKLIK VA YILLEK MOLIYAVIY HISOBOT 190
19.6.MOLIYAVIY KOEFFITSIENTLAR VA RENTABELLIK KO RSATKICHLARINI ANIQLASH 192
ХП BO‘LIM 202
BUD JET TASHKILOTLAIUDA BUXGALTERIYA HISOBINING XUSUSIYATLARI 202
12.1.BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH 203
12,2.BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING SCHYOTLAR REJASI 209
HISOBOT 218
BO'LEM MAVZULARI YUZASEDAN AMALIY MASHG‘ULOT 226
2-m odda. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari 254
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 281
Quyidagilami bajarish talab etiladi:
Schyot-faktura / yuk xatini rasmiylashtirish.
Boshlang'ich ma’lumotlar asosida QQS ni hisoblash.
Xo'jalik muomalasiga buxgalteriya aloqasini tuzish.
BO‘LEM
FONDLAR VA MOLIYAVTY NATIJALARM
fflSOBGA OLISH
KORXONANING FONDLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH VAZIFALARI
Bozor munosabatlarining rifojlanishi korxona faoliyatini moliyaviy ta’minlashga, mablag'lar tarkibi va tuzilishida o‘zgarishlar sodir bo'li- shiga olib keladi. Bunday sharoitda korxona ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zining mablag'lariga ega bo'lishi lozim. Bular esa xususiy kapital deb yuritiladi.
Xususiy kapital xo'jalik yurituvchi korxonaning (subyekt) aktivi va majburiyatlari o‘rtasidagi farqni aks ettiradi. 0‘z navbatida xususiy kapital ikki guruhga bo'linadi.
Qo'yilgan (investitsiya) kapital.
Taqsimlanmagan foyda.
Xususiy kapital ishlab chiqarish va mulk egasiga to‘lash, qo'shimcha investitsiya va faoliyatning natijalariga bog'liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Xususiy kapital tarkibiga quyidagilar kiradi.
Ustav kapitali.
Qo'shilgan kapital.
Zaxira kapitali.
Grantlar va subsidiyalar.
Kelgusidagi xarajatlar va to'lovlar zaxirasi.
Taqsimlanmagan foyda.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital, rezervlar va taqsimlanmagan foyda bo‘yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
ustav kapitalining shakllanishi va undan foydalanishni nazorat qilish;
korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari bo'yicha axborot to‘plash;
ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish
bo‘yicha ma’lumotlar olishni ta’minlash; "
qo'shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan bog'liq muomalalami o'z vaqtida hisobda aks ettirish;
- korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o‘z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.
USTAV FONDINING TASHKIL ETILISffl VA UNI HISOBGA OLISHNING XUSUSIYATLARI
Ustav kapitali - ta’sis hujjatlarda belgilangan korxona mulkini taxhkil etishda, uning faoliyatini bir maromda yurgizishda ta’sischilaming (qatnashchilaming) pul ifodasida qo'ygan mablagiarining (ulushlari, nominal qiymatidagi aktsiyalari) yig’indisidan iborat.
Ustav kapitalining hajmi ustavdagi ro’yxatdan o'tkazilgan summadan oshib ketishi mumkin emas. Korxona Ustav kapitalining ko‘payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilar qarori bilan korxona Ustavi va boshqa ta’sis hujjatlariga o'zgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Ustav kapitalining holati va harakati passiv 8510 - «Ustav kapitali» (fondi) schyotida hisobga olinadi va quyidagi subschyotlardan iborat:
8310-«Oddiy aksiyalar».
8320-«Imtiyozli aksiyalar».
8330-«Ulushlar va omonatlar».
Ustav kapitali (fondi)ning analitik hisobi xo’jalik yurituvchi subyektning har bir ta’sischisi bo’yicha alohida yuritiladi.
8510-«Ustav kapitali» (fondi) schyoti boshqa schyotlar bilan quyi- dagicha aloqada bo'ladi.
t/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Schyotlar aloqasi
|
D
|
К
|
1
|
Ustav kapitalining tasdiqlanishi subyekt ro'yxatdan
|
|
8310
|
|
o’tkazilgandan keyin ta’sis hujjatlarida ko'rsatildi
|
4610
|
8320
8330
|
2
|
Taqsimlanmagan foydaning bir qismi ustav kapitalini
|
|
8310
|
|
ko'paytirishga o'tkazildi
|
8710
|
8320
|
3
|
Ustav kapitalining kamayishi, aksiyaning nominal
|
8310
|
|
|
qiymatining kamayishi, korxona ta’sischilariga ulushlaming qaytarilishi aks ettiriladi
|
8320
8330
|
6620
|
5
|
Ustav kapitalining to'langan kapital o'lchamiga
|
8310
|
|
|
kamayishi aks ettirildi
|
8320
8330
|
4610
|
QO‘SHILGAN VA ZAXIRA KAPITALLARTNING HISOBGA OLINISffl
Korxonada qo'shilgan kapital hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
8410-«Emission daromad»
8420-«Ustav kapitalini shakllantirish bo'yicha kursdagi farq».
Ushbu schyotlar passiv bo‘lib, ular oddiy va imtiyozli aksiyalar bo'yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan summalami va ulaming harakatini umumlashtirish uchun mo'ljallangan.
Korxonada qo'shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin:
emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida;
kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustav kapitalini shakllantirish paytida.
Misol. Nominal qiymati 600 so'm bo'lgan aksiyalar 850 so'mga sotildi.
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»-850 so'm
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo'yicha muassislar qarzlari»— 600 so'm
K-t 8410-«Emission daromad»-250 so'm.
Shuni ta’kidlab o'tish lozimki, 8410-«Emission daromad» schyoti krediti bo'yicha faqatgina aksiyalaming birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda solig'iga tortish obyekti bo'lib hisoblanmaydi.
Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aksiyalami sotishda va summalar kamomadida 8410-«Emission daromad» schyotida zarar aks ettiriladi.
Misol. 1200 so'mlik nominal qiymatli, dastlab 1240 so'mdan sotilgan aksiyalar 1260 so'mdan sotib olindi, keyin esa ikkinchi marta 1200 so'mdan sotildi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»-1200 so'm
D-t 8410-«Emission daromad»—40 so'm
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar»-20 so'm
K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar»-! 260 so'm.
Qo'shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro'yxatdan o'tkazish paytidagi va ustav kapitaliga amalda valuta va valuta boyliklariga oid badallami kiritish paytidagi valuta kurslarining farqlanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi.
Misol. Ta’sis shartnomasiga muvofiq qo'shma korxonaning ustav kapitalida chet ellik muassisning ulushi 200 dollardan iborat. Hujjatlami ro'yxatga olish paytida 1$ 300 so‘mga teng bo'lganligini hisobga olgan holda, uning ulushi 60000 so‘m, deb baholandi. Biroq pul mablag‘lari bilan badallar to'lash paytida 1$ 310 so'mga teng bo'lgan. Bu esa korxona so'm hisobida 200 dollami olib, 60000 ming so'm etnas, balki 62000 so'mga ega bo'ladi, degan ma’noni anglatadi. Bu tafovut 2000 (62000-60000)ming so'm qo'shimcha sarmoyaga kiritiladi:
D-t 5210-«Mamlakat ichkarisidagi valuta mablag'lari» - 62000 so'm.
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo'yicha muassislar qarzlari» - 60000 so'm.
K-t 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq» - 2000 so'm.
Biroq keyinchalik xorijiy valutadagi pulga oid moddalar har bir hisobot davri yakunlanadigan sanada qayta baholanadi, bu qayta baholash natijasi kelgusi davrlar daromadi yoki xarajatlariga o'tkaziladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxonada rezerv kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam bo'lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o't- kazish yo'li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko'rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend to'lash, aksiyadorlar talabiga ko'ra aksiyalami qayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali schyotlari uzoq muddatli aktivlami qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo'ljallangan.
Rezerv kapitali hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
8510-«Aktivlami qayta baholash bo'yicha tuzatishlar».
8520-«Rezerv kapitali».
8530-«Beg‘araz olingan mol-mulk».
8510-«Aktivlami qayta baholash bo'yicha tuzatishlar» schyoti qayta baholash natijasida aktivlar qiymatining oshishini hisobga oladi.
Misol. Transport vositasining boshlang'ich qiymati 500000 so'mga, eskirish qiymati 200000 so'mga teng. 3 koeffitsient bilan qayta baholash natijasida transport vositasining boshlang'ich qiymati 1500000 so'm (500000*3)gacha oshgan. Transport vositasining eskirishi esa 600000 so'm (200000*3)gacha oshgan. Transport vositasining boshlang'ich qiymati o'rtasidagi farq 1000000 so'm (1500000-500000)ga eskirish qiymati o'rtasidagi farq 400000 so'm (600000-200000)ga teng.
Ushbu muomalalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 0160-«Transport vositalari»—1000000 so‘m
K-t 8510-«Aktivlami qayta baholash bo'yicha tuzatishlar»— 1000000 so‘m
D-t 8510-«Aktivlami qayta baholash bo'yicha tuzatishlar»- 400000 so‘m
K-t 0260-«Transport vositalarining eskirishi» - 400000 so‘m.
Asosiy vositalar kabi qimmatli qog‘ozlar ham qayta baholanadi.
Misol. Korxonada balans qiymati 80000 so'mlik qimmatli qog'oz bor. Ulaming hisobot davri oxiridagi bozor qiymati 85000 so‘mga teng bo'lgan.
Agar korxona o‘z investitsiyalarini qayta baholangan qiymat bo'yicha hisobga olsa, u holda qayta baholashdan olingan daromad rezerv kapital schyotlarida aks ettiriladi:
D-t 0610-«Qimmatli qog'ozlar»—5000 so‘m.
K-t 8510-«Aktivlami qayta baholash bo'yicha tuzatishlar» - 5000 so‘m.
Agar keyingi hisobot davriga kelib bu qimmatli qog‘ozlaming bozor qiymati kamaysa, unda mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha avvalgi qayta baholash doirasida rezerv kapitalini kamaytirish hisobiga uni qoplash mumkin. Bu qimmatli qog'ozlar bo'yicha tashkil etilgan rezervdan oshuvchi narxning pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi.
Misol. Qimmadi qog'ozlaming bozor qiymati 78000 so'mga tushib ketgan, ya’ni 7000 so'mga kamaygan:
D-t 8510-«Aktivlami qayta baholash bo'yicha tuzatishlar»—5000 so'm
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar»-2000 so'm
K-t 0610-«Qimmatli qog'ozlar»—7000 so'm.
AJ rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan ajratmalar yo'li bilan shakllantiriladi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)».
K-t 8520-«Rezerv kapital».
Rezerv kapitali korxona ko'rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend to'lash, aksiyadorlar talabiga ko'ra aksiyalami qayta sotib olish uchun ishlatiladi.
Masalan, hisobot davrida foyda mavjud bo'lmaganida imtiyozli aksiyalar uchun dividendlar to‘landi:
D-t 8520-«Rezerv kapital».
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar».
Korxona tugatilayotganida turli debitorlaming qarzlari hisobdan chiqarildi:
D-t 8520-«Rezerv kapital».
K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Ta’sis hujjatlari va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlar uchun rezerv fondi boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarda ham tashkil etilishi mumkin.
Mol-mulk tekinga olinganida quyidagi provodka beriladi:
D-t 0110-0190-«Asosiy vositalar».
D-t 0410-0490-«Nomoddiy aktivlar».
D-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar».
D-t 1010-«Xomashyo va materiallar».
K-t 8530-«Beg‘araz olingan mol-mulk».
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda solig‘i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li bilan yoki o‘tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo'yicha hisobda aks ettiriladi.
|
| |