|
Buxgalteriya hisobi
|
bet | 87/98 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #255557 |
Bog'liq Buxgalteriya hisobimod da. Imzo huquqi
Pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklami qabul qШsh va berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning kredit va hisob-kitohmajburiyatlari, shuningdek, buxgalteriya hisobotlari va balanslari rahbar tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Rahbar imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslarining ikkita ro'yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro'yxatga rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, ikkinchisiga - buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, shaxslaming imzosi bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.
m о d d a. Boshlang‘ich hisob hujjatlari
Xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang'ich hisob hujjatlari va ulami o'tkazishga doir farmoyishlar asos bo‘ladi.
Boshlang'ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo‘linganidan keyin tuziladi.
Hisobot davriga tegishli bo'lgan xo'jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang'ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida ular aks ettiriladi.
Boshlang'ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
korxonaning (muassasaning) nomi;
hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan joy va sana;
xo'jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor o'lchovi (natu- ra holida va pulda ifodalangan holida);
mas’ul shaxslaming shaxsiy imzolari.
Boshlang'ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ulaming o'z vaqtida to'g'ri va amal tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ulaming belgilangan muddatlarda topshi- rilishiga javobgardirlar.
Boshlang'ich hisob hujjadariga xo'jalik operatsiyasi qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. Bank va kassalar hujjatlarida tuzatishlar va o'chirib yozishlarga yo'l qo'yilmaydi.
|
| |