|
m о d d a. Buxgalteriya hisobi registrlari
|
bet | 88/98 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #255557 |
Bog'liq Buxgalteriya hisobim о d d a. Buxgalteriya hisobi registrlari
Buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvo- fiq yuritiladigan jumallar, qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir.
Registrlar texnika vositalaridan foydalanishda olingan mashinogram- ma ko‘rinishidagi yozuvlar yo‘li bilan, shuningdek, magnit tasmalari, disklar, disketlar va boshqa mashinalarda bajarilishi mumkin. Registrlami shakllantirish tartibi buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlaming kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
m о d d a. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish
Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda aniqligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi. Inventarizatsiya obyektlari, uni o'tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo'yicha buxgalteriya hisobi standartiga muvofiq belgilanadi.
m о d d a. Aktivlar va majburiyatlarni baholash
Oborot aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo'yicha- balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo'yicha - (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo'yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi.
Asosiy mablag'lar va nomoddiy aktivlar ulaming to'liq boshlang'ich qiymati bo'yicha hisobga olinadi. Asosiy mablaglar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ulaming qiymati to'liq to'langunga yoki obyekt safdan chiqib ketgunga qadar bo'lgan eskirishim (amortizatsiyani) hisoblash yo'li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Yeming qiymati amortizatsiya qilinmaydi.
Moliyaviy qo'yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Majburiyatlar taraflaming kelishuviga ko'ra pul bilan aks ettiriladi.
Sud qarori bo'yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi.
Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi bo'yicha aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi milliy valuta - so'mda kiritiladi.
|
| |