1.Matritsa turi. Eng asosiy ahamiyat beriladigan xarakteristika bo‘lib, videoaloqa o‘rnatish sifatini belgilaydi. Hozirda 2 xil turdagi matritsa mavjud: CCD, CMOS. Agar siz uy sharoitida vedeoaloqani o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, sizga oddiy arzonroq CMOS matritsali web kamera ham bo‘laveradi. Agar siz professional ishlar uchun(har xil konferensiyalar) web kamerani ishlatmoqchi bo‘lsangiz, unda sizga CCD matritsali kamera kerak bo‘ladi.
2.Matritsa o‘lchami. Bu xarakteristika orqali siz qanday o‘lchamda(разрешения) videoaloqani o‘rnatishni belgilaysiz, o‘lcham deganda gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi piksellar soni tushuniladi. Qanchalik katta bo‘lsa, shuncha aniq bo‘ladi. Quyidagi asosiy qiymatlar mavjud:
640×480 piksel - 0,3Mpx - (VGA)
1280×1024 piksel — 1,3Mpx — (HD)
1920×1080 piksel — 2,0Mpx — (FullHD)
Hozirgi kunda eng hamyonbop va internet tezlikka mos kamera 1,3Mpx o‘lchamligidir.
Hozirgi kunda quyidagi asosiy firma web kameralari mavjud: Philips, A4Tech, Oklick, Ritmix, Hercules, HP, Microsoft, Axis, Canyon, Prestigio, MSI StarCam, Chicony, Logitech, Genius, Creative.
|