Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da oliy ta’lim oldidagi bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, o’qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o’zlashtirish, ilmiy texnologiyalari asosida talabalarni yetuk kadr qilib tayyorlash dolzarb vazifalar sarasiga kiradi. Ushbu vazifalarni bajarish mavjud ilmiy jarayonlarni takomillashtirishni, uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan zamonaviy texnologiyalarini o’zlashtirishga, oliy ta’lim va ilmiy ishlab chiqarishda tayyorgarligi yuqori bo’lgan kadrlarni tayyorlashga yo’naltirishni taqozo etadi [3].
Ilm-fan taraqqiy etayotgan zamonaviy jamiyatda rivojlangan axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan sohalarida erishilgan yutuqlarning tez yangilanib borishi nazariy fizika fanining nazariy asoslarini komp’yuterli modelini ishlab chiqish texnologiyalarini qo’llash vazifasini qo’yadi.
Mamlakatimiz ilmiy ishlab chiqarish va ilmiy tekshirish institutiga kirib kelayotgan zamonaviy qurilmalardan foydalanish, matematik modellar yaratish, ilmiy farazlarning virtual va mul’timedialaridan foydalanish kabi vazifalarni qo’ymoqda. Ilmiy tekshirish instituti texnologiyalarning insoniyat hayotidagi ahamiyati beqiyosdir.
Hozirgacha bo’lgan davrdagi fizika fani bo’yicha yaratilgan ilmiy ishlanmalarni tahlil qilgan holda o’quvchilar uchun qulay bo’lgan, ham nazariy bilim beradigan, ham amaliy ko’nikmalarni hosil qiladigan, fizik hodisalar, jarayonlar haqida tasavvurlarni boyitadigan, o’z-o’zini sinab ko’rish imkoniga ega bo’lgan modellarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
|