Buxoro davlat universiteti




Download 8,21 Mb.
bet22/26
Sana08.05.2021
Hajmi8,21 Mb.
#14396
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Кurs bilan ishlash.

Кursning asosiy mazmuni.

Кursning asosiy mazmuni bo’limlarga (mavzularga) bo’lingan. Кurs bo’limi o’quv kursining bir bo’lagi (fragmenti) bo’lib, u o’z nomiga ega va resurslar hamda kurs elementlaridan iborat. Кurs nol bo’lim va mavzular bo’yicha bo’limlardan tarkib topgan bo’ladi. Nol bo’lim, odatda, kurs doirasida umumiy bo’lgan resurslar va elementlardan (kurs tavsifi, forumlar, chatlar, yakuniy testlar, topshiriqlar va h.k.) iborat. U hamma vaqt mavzu bo’yicha bo’limlardan yuqorida joylashadi. Mavzu bo’yicha bo’lim o’quv kursining bir mavzusidan iborat. Mavzularni o’rganish ketma-ketligi o’qituvchi tomonidan belgilanadi. Joriy bo’lim rangdor yozuv bilan ajratiladi. Mavzu bo’yicha bo’lim o’z sarlavhasiga ega bo’lib, resurslar va kurs elementlaridan iborat. Кursdagi resurslar (veb-sahifalar, fayllarga yoki katologlarga yo’naltiruvchi ma’lumotlar) va elementlar (ma’ruzalar, so’rovnomalar, testlar, topshiriqlar va h.k.) soni cheklanmagan.



Кurs resurslari.

Кursning resurslari bir necha xil turda bo’lishi mumkin. Ular mavzu bo’yicha materiallarga yo’naltiruvchi ma’lumotlardan tarkib topadi. Кursning asosiy resurslari:

• URL-murojaat (Veb-sahifa)

• Paket IMS

• Papka (Fayllar katalogiga murojaat)

• Sahifa (Veb-sahifa)

• Fayl (biron-bir hujjatga murojaat)

Moodle tizimida turli formatdagi fayllar bilan ishlash mumkin: MS Office (Word, PowerPoint va boshqalar) fayllari, multimediya fayllari (video, flash va boshqalar). Кursning sahifasida tashqi veb-ilovalarga yo’naltiruvchi murojaatlar ham uchrashi mumkin. O’qituvchi o’z kursi doirasida alohida veb-sahifalar yaratishi ham mumkin. Shuningdek, kursga IMS Content Package formatdagi tashqi elektron kursni eksport qilish imkoniyati ham bor.



Кurs elementlari

Кurs elementlari –bu interaktiv modullar bo’lib, ular yordamida o’qituvchi o’z kursida o’quv jarayonini tashkillashtiradi (kurs materiallarini joylashtiradi, test o’tkazadi, tinglovchilar bilan muloqot qiladi va h.k.). Tizim tarkibida juda ko’p xilma-xil modullar mavjud bo’lib, ular ixtiyoriy turdagi kurslarni yaratishga imkon beradi.

Кurslarniing turlari quyidagilar:

• SCORM/AICC

• Wiki

• Anketa (Survey)

• Ma’lumotlar bazasi (Database)

• Glossariy (Glossary)

• Topshiriqlar (Assignments)

• Ma’ruzalar (Lesson)

• So’rov (Quiz)

• Test (Choice)

• Forum (Forum)

• Chat (Chat)

SCORM/AICC - bu kurs elmentlaridan biri bo’lib, u o’qituvchiga SCORM yoki AICC formatdagi ixtiyoriy paketni o’z kursi tarkibiga kiritishga imkoniyat beradi. Bu paketlar tarkibida veb-sahifalar, grafika, Javascript dasturlari kirishi mumkin.

Wiki - «Wiki wiki» so’zlari gavay tilida ―juda tez degan ma’noni anglatadi. Wiki to’g’ridan-to’g’ri brauzer oynasida oddiy belgilash tilida foydalanuvchilar hamkorlikda hujjatlar yozishiga imkoniyat beradi. O’qituvchilar va tinglovchilar o’z materiallarini qo’shib qo’yishi va keyinchalik tahrirlashi, wiki-hujjatning yaratilish tarixini kuzatib borishi mumkin.

Anketa - bu element ichki anketalardan (COLLES, ATTLS) iborat bo’lib, ular masofaviy kurslarda baholash va rag’batlantirish maqsadlarida ishlatiladi.

Malumotlar bazasi – ixtiyoriy mavzular bo’yicha yozuvlar banki. Yozuvlarning tuzilmasi va formatiga cheklovlar deyarli yo’q, ular tasvirlar, fayllar, sonlar, matn kabilardan iborat bo’lishi mumkin. Yozuvlar bittalab yoki ro’yxat bo’yicha ko’rib chiqilishi mumkin. Yozuvni qidirish uchun forma mavjud. O’qituvchi Malumotlar bazasi bilan ishlashga turli xil cheklovlar qo’yishi mumkin, ular: ko’rib chiqishga, yozuv qo’shishga ruxsat berilgan muddatlar, yozuvlarning mumkin bo’lgan eng katta va eng kichik soni.

Glossariy - kursda ishlatilayotgan tushunchalar va terminlarning izohli elektron lug’ati. U kurs uchun ummumiy va har bir mavzu bo’yicha alohida bo’lishi mumkin. O’qituvchi foydalanuvchilarga lug’at ustida hamkorlikda ish olib borish uchun glossariyga murojaat qilishga ruxsat berishi mumkin. Tinglovchilarning yozuvlarini kiritishdan oldin o’qituvchi ularni ko’rib chiqishi zarur. Yozuvlar bo’yicha qidiruv bajarilishi mumkin. Yozuvlar alfavit bo’yicha, toifalar bo’yicha, sana bo’yicha yoki mualliflar bo’yicha tartiblab ko’rib chiqish uchun taqdim etilishi mumkin. Foydalanuvchi tushuncha yoki termin bo’yicha o’z izohlarini kiritishi mumkin.

Topshiriqlar. Foydalanuvchiga 4 xil topshiriqlar berilishi mumkin:

 javobi bir necha fayllarda beriladigan;

 javobi matn shaklida;

 javobi fayl shaklida;

 javobi saytdan tashqari holatda.

Topshiriqlar o’qituvchi talabalarga kengaytirilgan javob tayyorlashni talab etadigan vazifalar qo’yishiga xizmat qiladi. Namunaviy topshiriqlar sifatida referat tayyorlash, loyiha tuzish, doklad tayyorlash kabilarni ko’rsatish mumkin. Topshiriqni bajarish shartlarini o’qituvchi belgilaydi. Masalan, topshiriqni bajarishga vaqt bo’yicha cheklov qo’yilishi mumkin. O’qituvchi tinglovchiga javoblarni muddatdan o’tgan bo’lsayam yuborishga ruxsat berishi mumkin. Bunday holda, o’qituvchiga javoblarni ko’rib chiqayotganda muddatidan kechikkanlari haqida axborot berib turiladi. O’qituvchi javoblarni baholab, qo’ygan baholarini va izohlarini har bir tinglovchiga alohida yoki bir necha tinglovchilarga umumiy qilib bir sahifaga yozib qo’yishi mumkin. Ma’ruzalar o’quv materialini qiziqarli va qulay shaklda taqdim etadi. Ma’ruza sahifalar majmuidan iborat. Har bir sahifa, odatda, tinglovchi javob berishi zarur bo’lgan savol bilan tugallanadi. Javobning to’g’ri yoki noto’g’riligiga qarab tinglovchi keyingi sahifaga o’tadi yoki oldingi sahifaga qaytadi. Taqdim etilayotgan material tuzilmasiga muvofiq ma’ruza bo’yicha navigatsiya oddiy yoki murakkabroq bo’lishi mumkin.

So’rov - O’qituvchi savol bilan birgalikda uning javobining bir necha variantlarini ham beradi. So’rov tinglovchilar orasida biron masala bo’yicha ovoz berishini tashkillashtirish uchun ishlatiladi. U biron muammo bo’yicha tinglovchilarning fikrini bilish uchun xizmat qiladi. So’rov o’tkazish muddatlari ilgaridan belgilab qo’yilishi mumkin. So’rov tugagandan so’ng uning natijalari ko’rish uchun ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin. So’rov, shuningdek, tinglovchilarni biron bir parametr asosida guruhlarga taqsimlash uchun ham ishlatishi mumkin.

Testlar savollarning har xil turlaridan foydalangan holda tuziladi. Savollarning turlari quyidagicha bo’lishi mumkin:

• To’g’ri/Noto’g’ri

• ichma-ich javoblar

• Hisoblab topiladigan javob

• Qisqa javob

• Кo’p variantli tanlov

• Moslikni tekshirish

• Sonli



To’g’ri/Noto’g’ri – tinglovchi ―To’g’ri‖ yoki ―Noto’g’ri‖ variantlardan birini tanlab javob beradi. Ichma-ich javoblar – Bu usulda berilgan testda javoblar savol matni ichiga kiritilgan bo’ladi. Bunday savolga javob qisqa javob, sonli javob yoni ko’p variantli tanlov shaklida berilishi mumkin. Hisoblab topiladigan javob. Berilgan formula bo’yicha qiymat hisoblab javob beriladigan testlar. Formula har safargi testda faqat sonli qiymatlari o’zgartiriladigan shablondir. Qisqa javob. Test javobi bitta so’z yoki qisqa jumladan iborat bo’ladi. To’g’ri javobning turli vaznli bir necha variantlari berilishi mumkin. Кo’p variantli tanlov. Tinglovchi javobning taqdim etilgan variantlaridan birini tanlaydi. Bunday testlar ikki xilda: to’g’ri javob bitta yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Moslikni tekshirish. Savollar ro’yxati va javoblar ro’yxati birgalikda berilib, tinglovchi har bir savolga mos javobni ko’rsatishi kerak. Sonli javob. Bu xildagi testlar qisqa javobli testlarga o’xshash bo’lib, farqi shundaki sonli javobda taqribiy hisoblashlardagi xatoliklar inobatga olinadi. Tinglovchi javob bo’lishi mumkin bo’lgan qiymatlarni o’z ichiga oluvchi uzluksiz diapazonni ko’rsatishi mumkin.

Test topshiriqlarining ko’pchiligi avtomatik tarzda baholanadi. O’qituvchi test topshiriqlarini bajarishga turli xil cheklovlar qo’yishi mumkin. Masalan, test sinovining boshlanish va tugash vaqti, test topshirishga ikki urinish orasidagi vaqt, parol ilgaridan belgilab qo’yilishi mumkin. O’qituvchi test topshirishga urinishlarning mumkin bo’lgan sonini ko’rsatishi, test javobi uchun bir yoki birdaniga barcha testlarga umumlashtirib izohlar berishi mumkin. Test topshirishninng joriy urinishida avvalgi urinishlarda berilgan javob varianti hisobga olinishi ham mumkin. O’qituvchi tinglovchilarning javob berishi va unga

sarflanayotgan vaqt haqida batafsil ma’lumot olishiga imkoniyat bor.

Forumlar turli xil tuzilmaga ega bo’lib, ular xabarlarni baholashga imkoniyat yaratadi. Forum xabarlarining ko’rinishi to’rt xil formatda bo’lishi va ular tarkibida ichki biriktirilgan fayllar ham bo’lishi mumkin. Forumga yangi a’zo bo’lgan qatnashchi o’z elektron pochtasiga barcha xabarlarning nusxasini oladi. Agar zaruriyat bo’lsa, o’qituvchi barcha tinglovchilarni majburiy tarzda forumga a’zo sifatida yozib qo’yishi mumkin.

Chat kurs tinglovchilari real vaqt rejimida on-line muloqot orqali muhokamalar o’tkashishiga xizmat qiladi. Bu usul tinglovchilar o’quv materialini qanday o’zlashtirgani haqida axborot yig’ishga juda qulay. Muloqotni ko’rib borish va boshqarishning bir necha xil imkoniyatlari mavjud.



Download 8,21 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 8,21 Mb.