|
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsad va vazifalari
|
bet | 4/63 | Sana | 13.06.2021 | Hajmi | 4,25 Mb. | | #14998 |
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsad va vazifalari. Moodle masofaviy ta’lim tizimining strukturaviy tuzilishini o’rganish va Moodle tizimi yordamida “Matematik modellashtirish” fani bo’yicha onlayn o’quv kursini yaratishdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi masalalarni yechish kerak:
Moodle masofaviy ta’lim tizimining strukturaviy tuzilishini o’rganish;
Moodle tizimida ishlash imkoniyatlarini o’rganish;
“Matematik modellashtirish” fani bo’yicha elektron o’quv kursini yaratish;
Bitiruv malakaviy ishimizning o’rganilganlik darajasi. “Matematik modellashtirish” fanining elektron kursini tayyorlashdan oldin mavzular tarkibi va moodle tizimi chuqur o’rganib chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishimizning predmeti. “Matematik modellashtirish” fani, LMS Moodle dasturi bu o’rganilayotgan va tadqiq qilinayotgan asosiy predmet hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning obyekti sifatida “Matematik modellashtirish” fani olindi.
Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy farazi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning yangi usul va vositalarini yaratish, o’quv jarayonini samaradorligini oshirish.
Bitiruv malakaviy ishimizning yangiligi.Bugungi kunga qadar “Matematik modellashtirish” faniga doir adabiyotlar, ma`ruza matnlari mavjud. Bu fandan elektron o`quv kurs Moodle tizimiga shakllantirish va o’quv jarayoniga qo’llash bitiruv malakaviy ishimning yangiligi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati shundan iboratki, bu elektron kursdan amaliyotda qo’llanilsa, “Matematik modellashtirish” fanining LMS Moodledagi kursi masofaviy ta’lim sifatida foydalanilsa, ta’lim oluvchilar mustaqil, erkin va ixtiyoriy bilim оlish imkоniyatiga ega bo’ladi, bu esa o’zining yuqori samarasini beradi deb o’ylayman.
Bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asosini uning tarkibiy qismi, undagi o’quv va didaktik vositalarning jamlanganligidir. Bu dars jarayonini interfaol tashkil etishda ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning metodlari. “Matematik modellashtirish” fanidan elektron kurs yaratildi va undan masofali ta’lim sifatida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi quyidagicha. Kirish, 2 ta bob, har bir bobning qisqacha xulosasi, adabiyotlar ro’yxati, xotimadan iborat bo’lib jami 65 betga bayon qilingan. I- bobda Masofaviy ta’lim va uni tashkil qilish usullari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. II- bobda “Matematik modellashtirish” fanidan LMS Moodleda elektron kurs yaratish texnologiyasi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Kirish qismi 6 betdan iborat , tushuntirish qismi 59 betdan iborat. Bitiruv malakaviy ishida 7 ta adabiyotdan foydalanildi.
|
| |