Buxoro davlat universiteti




Download 1.58 Mb.
bet17/27
Sana15.06.2021
Hajmi1.58 Mb.
#15043
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
auto do goto signed unsigned

break double if sizeof void

case else int static volatile

char enum long struct while

const extern register switch

continue float return typedef

default for short union

Faqat C# ga qarashli:

asm explicit operator this virtual

bool false private throw wchar_t

catch friend protected true

class inline public try

const_cast mutable reinterpret_cast typeid

delete namespace static_cast typename

dynamic_cast new template using

C# dagi yettita boshqaruv strukturasini aytib o'tdik. Ular bittagina boshlanish nuqtasiga va bittagina chiqish nuqtasiga egadirlar. Demak biz bu dastur bo'laklarini ketma-ket ulab ketishimiz mumkin. Boshqaruv strukturalarining bu kabi ulanishini devorning g'ishtlarini ustma-ust qalashga ham taqqoslasak bo'ladi. Yoki biz bu bloklarni bir-birining ichiga joylashtirishimiz mumkin. Bu kabi qo'llashish ikkinchi uslub bo'ladi. Mana shu ikki yo'l bilan bog'langan yettita blok yordamida biz istalgan dasturimizni yoza olamiz.



If strukturasi. Biz shartga ko'ra bir necha harakat yo'lidan bittasini tanlaymiz. Misol uchun

agar bolaning yoshi 7 ga teng yoki katta bo'lsa u maktabga borishi mumkin bo'lsin.

Buni C# da if ni qo'llab yozaylik.

if (yosh >= 7)

maktab();

Bu yerda shart bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. Agar yosh o'zgaruvchisi 7 ga teng yoki undan katta bo'lsa shart bajariladi va maktab() funksiyasi chaqiriladi. Bu holat true (to'g'ri) deyiladi. Agar yosh 7 dan kichik bo'lsa, maktab() tashlab o'tiladi. Ya’ni false (noto'g'ri) holat yuzaga keladi. Biz shart qismini mantiqiy operatorlarga asoslanganligini ko'rib chiqqan edik. Aslida esa shartdagi ifodaning ko'rinishi muhim emas – agar ifodani nolga keltirish mumkin bo'lsa false bo'ladi, noldan farqli javob bo'lsa, musbatmi, manfiymi, true holat paydo bo'ladi va shart bajariladi.

Bunga qo'shimcha qilib o'tish kerakki, C# da maxsus bool tipi mavjud. Bu tipdagi o'zgaruvchilarning yordamida bul (mantiqiy) arifmetikasini amalga oshirish mumkin. bool o'zgaruvchilar faqat true yoki false qiymatlarini olishlari mumkin.

if/else STRUKTURASI if ni qo'llaganimizda ifoda faqat shart haqiqat bo'lgandagina bajariladi, aks holda tashlanib o'tiladi. if/else yordamida esa shart bajarilmaganda (false natija chiqqanda) else orqali boshqa bir yo'ldan borishni belgilash mumkin. Misolimizni takomillashtirsak. Bola 7 yosh yoki undan katta bo'lsa maktabga, 7 dan kichkina bo'lsa bog'chaga borsin.



if (yosh >= 7)

maktab(); //nuqta-vergul majburiydir

else

bogcha();

Yuqorida if ga tegishli bo'lgan blok bitta ifodadan (maktab()) iborat. Shu sababli nuqta-vergul qo'yilishi shart. Buni aytib o'tishimizning sababi, masala Pascalda hech narsa qo'yilmasligi shart.

C# da bitta ifosa turgan joyga ifodalar guruhini {} qavslarda olingan holda qo'ysa bo'ladi. Masalan:

if (yosh >= 7){

console.writeline("Maktabga!\n");

maktab();

}

else{

console.writeline( "Bog'chaga!\n" );

bogcha();

}

Aslida har doim {} qavslarni qo'yish yaxshi odat hisoblanadi,keyinchalik bir ifoda turgan joyga qo'shimcha qilinganda qavslardan biri unutilib qolmaydi. Strukrurali dasturlashning yana bir harakterli joyi shundaki tabulyatsiya, bo'sh joy va yangi satrlar ko'p qo'llaniladi. Bu programmani o'qishni osonlashtirish uchun qilinadi. C# uchun bo'sh joyning hech ahamiyati yo'q, lekin dasturni tahrir qilayatgan odamga buyruqlar guruhini, bloklarni tabulyatsiya yordamida ajratib bersak, unga katta yordam bo'ladi. Yuqoridagini quyidagicha ham yozish mumkin:





Download 1.58 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Download 1.58 Mb.