Bitiruv malakaviy ishning o’rganilganlik darajasi




Download 1.09 Mb.
bet4/58
Sana01.07.2021
Hajmi1.09 Mb.
#15328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bitiruv malakaviy ishning o’rganilganlik darajasi: Islom Karimovning ”Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” adabiyotida O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘liq o‘z aksini topgan bo’lib, kadrlar tayyorlashning milliy modeli batafsil bayon etilgan. Ta’limda pedagogik texnologiyalarning asosiy maqsadi esa o’qitish tizimida o’quvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv materiallarini shunchaki yod olishlaridan, avtomatik tarzda takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir. Chunki ta’lim va barkamol shaxs tarbiyasi bir-biri bilan uzviy bog’liq jarayondir. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida quyidagi fikrlarini keltirish joiz: Shuni unutmasligimiz kerakki kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. Ushbu kitobda Prezidentimiz odamzod uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no mazmuni uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali taxlil etiladi. Ayni paytda istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida atroflicha fikr yuritilgan.

O’.Q.Tolipovning “Ta’lim texnologiyalarining tadbiqiy asoslari” adabiyotida pedagogik texnologiyalarning muayyan loyiha asosida tashkil etilganligi, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmuni yoritilgan.





Download 1.09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Download 1.09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishning o’rganilganlik darajasi

Download 1.09 Mb.